Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
753
w
www.oriens.uz
November
2021
o’zgarib, yangilanib kelmoqda. Bu esa modani qanchalik jadal rivojlanayotganini
ko’rsatib beradi.
Dizayn - design – Italyancha so’z bo’lib “disegno”, g’oya yoki biron bir
narsaning shakli, yo’nalishi va qulayligini o’ylab topishni bildiradi. Ko’pchilik
dizayn
deganda bezashni, to’ldirishni tushunadi. Aslida dizayn nafaqat to’ldirish,
kerak bo’lsa ba’zi bir elementlarni olib tashlashni ham bildiradi. Birinchi bora dizayn
so’zi XVI asrda paydo bo’lgan. Har bir xalqning kiyimida uning tarixi, taraqqiyot
bosqichlari, rivojlanishi, madaniyati va ma’naviyati aks etadi. Insoniyat tarixining ilk
davrida tabiiy ehtiyoj tufayli odamni issiqdan, sovuqdan, yomg’ir va qordan himoya
qilgan libos hozirgi
davrda uning ham moddiy, ham ma’naviy ehtiyojiga aylangan.
Bugungi kunda odamlar hayotini libos va modasiz tasavvur etish mumkin emas.
Insoniyat tarixidagi eng tezkor ilmiy- texnikaviy taraqqiyot davrida dunyodagi va
jamiyatdagi voqea-hodisalarning inson aqli, ongi va ruhiyatiga ta’siri cheksizdir.
Bugungi kunda O’zbekistonda jamiyat hayotining barcha jabhalarida modernizatsiya
yo’llari amalga oshirilayotgan bir
paytda faol muhokama qilinib, dizaynni
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Dizayn ko’plab ilg’or ishlanmalarning
muhim tarkibiy qismi bo’lib, umumiy iste’molchiga qaratilgan. Dizayn mahsulotlari
odamni hamma joyda o’rab oladi: ob’ektlar, interyer dizayni, kiyim-kechak, reklama
mahsulotlari, maishiy texnika va avtomobillar [1].
Style (uslub) – kiyim va aksessuarlar birikmasi orqali ma’lum bir atrof-muhit
(ish muhit) va ijtimoiy maqomiga mos muayyan tasvir yaratish. Keyinchalik
kengroq
ma’noda - muayyan davrda san’atda tasviriy texnikaning g’oyaviy va badiiy
ifodalanishi. Uslub - qandaydir vaqt oralig’ida umumiy vosita va usullar bilan badiiy
ifodalanishdir. Libos dizaynida uslub liboslarni guruhlash va turlarga bo’lishda qo’l
keladi. Uslublar turliga makro va mikro uslublar mavjud. Makro uslublarga:
Klassika
Romantika
Sport
Avangard
Etno (folklyor)
Bulardan tashqari mikro yani kichik uslublar mavjud ular makro uslublar
tarkibiga kiradi. Hozirgi kunda juda ko’p uslublar dunyo yuzini ko’rmoqda.
Hatto
uslublar aralashmasi moda muxlislari tomonidan yaxshi qabul qilinmoqda. Mazkuz
maqolani tahlil qilishda dizayn tushunchasi, dizayndagi
uslublar va aynan biz
to’xtalib o’tgan uslub va uning asoschisi haqida ma’lumotlar berildi. Uslublarning