Klassifikatsiyasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix24.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#161167
1   2   3   4   5
innovatsion-faoliyat-turlari-yo-nalishlari-va-klassifikatsiyasi (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№1 2022 

L.Vodachek va O.Vodachkova innovatsiyalarni “korxona faoliyatining tizim 
sifatida maqsadli oʻzgarishi” deb taʼriflaydilar. [8] “Innovatsiya” tushunchasining 
yuqoridagi taʼriflari oʻzgarishlarni mikroiqtisodiy xususiyatini aks ettiradi va bu 
yerda ular tashkilot faoliyatini modernizatsiyalash omili sifatida koʻrib chiqilgan.
B.Santoning fikriga koʻra, innovatsiya- bu yuqori sifatli texnologiyalar yaratiladigan 
texnik, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon. L.A.Bayev va E.V.Shugurov fikriga koʻra, 
“innovatsiya” tushunchasini aniqlashda quyidagi yondashuvlar mavjud: 
obyektga koʻra yondashuv; 
jarayonli yondashuv; 
obyekt-naflilik yondashuvi; 
jarayon-naflilik yondashuvi; 
jarayonli-moliyaviy yondashuv. 
Obyektga koʻra
yondashuvga asosan, ilmiy-texnik taraqqiyotning natijasi - 
yangi texnika va texnologiya – innovatsiyalar boʻlib xizmat qiladi. Obyekt mezoni 
quyidagilarni alohida ajratib koʻrsatish imkonini beradi: 
bazis 
innovatsiyalar 

yirik 
ixtirolarni 
amalga 
oshirishdan 
iborat, 
texnologiyalarning yangi avlodini yaratishga sabab boʻlgan innovatsiyalar
takomillashtiruvchi innovatsiyalar, yaʼni ilmiy-texnologik siklning barqaror 
rivojlanishi bosqichida koʻp uchraydigan kichik ixtirolarni amalga oshiruvchi 
innovatsiyalar; 
soxta 
innovatsiyalar 
(ratsionalizatorlik 
innovatsiyalar) 
texnika 
va 
texnologiyalarning eskirgan avlodlarini qisman takomillashtirishga yoʻnaltirilgan 
boʻlib, odatda texnik taraqqiyot sekinlashishiga olib keladilar, chunki ular jamiyatga 
hech qanday samara bermaydi yoki salbiy taʼsir koʻrsatadi. 
Obyekt-naflilik
yondashuviga koʻra, innovatsiya yangi ilmiy-texnik yutuqlarni 
joriy etish asosida ishlab chiqarilgan yangi isteʼmol qiymati sifatida taʼriflanadi. Bu 
yerda innovatsiyaning naflilik vazifasi ustunlik qiladi - jamiyatning yuqori naflilikka 
ega boʻlgan ehtiyojlarini qondirish qobiliyati. 
Jarayon-naflilik
yondashuvi doirasida obyekt-naflilik yondashuvdan farqli 
oʻlaroq, “innovatsiya” kategoriyasiga yangi amaliy vositani barpo etish, tarqatish va 
qoʻllashning yaxlit jarayoni sifatida qaraladi. 
Jarayon-moliyaviy
yondashuv nuqtai nazaridan, innovatsiya - bu yangiliklarga 
sarmoya kiritish, yangi asbob-uskunalar, texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlarni 
rivojlantirish 
uchun 
moliyaviy 
resurslarni 
investitsiyalash 
jarayoni. 
I.Abdurahmonovning fikriga koʻra, “Ilm mablagʻga aylansa, ana shu innovatsiya” 
deb taʼriflaydi.[9] 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin