Klassik iqtisodchilar, Rikardo, Maltus Xyum



Yüklə 2,68 Mb.
səhifə1/5
tarix21.10.2023
ölçüsü2,68 Mb.
#158349
  1   2   3   4   5
Презентация (10)

Klassik iqtisodchilar, Rikardo, Maltus Xyum

22.10 guruh talabasi

Zikirova Mashkuraxon

Reja:

Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo’lishi (Angliyada) XVII asrga to’g’ri keladi. XVI asrning o’rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlarni rivojlantirish uchun, ya’ni iqtisodiyotni obyektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda yashab ijod qilgan U.Petti, A.Smit, D.Rikardo, F.Kene va klassik siyosiy iqtisod maktabining boshqa vakillari iqtisodiyotni ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qildilar. Klassik iqtisodiy maktabning rivojlanishida Adam Smit va uning ”Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’grisida tadqiqot” asari muhim o’rin tutadi. Xalqlar boyligi asoslarining birinchi jumlalaridanoq Smit Xalqlar boyligining tabiati konsepsiyasini tushuntirib o’tgan. Bu ishi bilan u o’z qarashlarini merkantalistlar va fiziokratlarnikidan farqlanishini isbotlab berdi. Xalqlar boyligi asarining ko’p qismlarida Smit boylik savdoda yaratiladi, degan fikrlari uchun merkantalistlarga qarshi bo’lgan.

David Rikardo

Klassik iqtisodiy maktabning yana bir mashhur namoyondasi David Rikardo (1772–1823)dir. Rikardo iqtisodiy ta‘limotlarda o’zining sof nazariyasi bilan iqtisodiyot rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. U sanoat davriga xos ilmlarni hajm va uslubda abstrakt tahlil orqali ko’rib chiqdi. Rikardoning usuli yuzaki va sof nazariy bo’lsa ham, amaliy iqtisod, siyosiy iqtisodiyot uning kuchli tomonlari bo’lgan. Jumladan, uning don masalasi bo’yicha olib borgan tadqiqotlari uning Angliyadagi ijodi – bug’doy importi va undan olinadigan daromadni taqsimlashga o’z ta'sirini ko’rsatmagan bo’lsada, keyinchalik bu nazariya unga amaliy masalalarni aniq tahlil qilish uchun zamin bo’ldi.


Yüklə 2,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin