1766 yilda u o’z yurtiga qaytib keldi va «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» nomli asosiy asarini yozishga kirishdi. Bu asar 1776 yil martda chop etildi. Ingliz iqtisodchisining bu asari zamonaviy iqtisod fanining boshlanishi hisoblanadi.
1766 yilda u o’z yurtiga qaytib keldi va «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» nomli asosiy asarini yozishga kirishdi. Bu asar 1776 yil martda chop etildi. Ingliz iqtisodchisining bu asari zamonaviy iqtisod fanining boshlanishi hisoblanadi.
«Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» 1-qismida: qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi
2-qismida: kapital jamg’arilishi va uning funktsional shakllari
3-qismida: kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari ko’rsatib berildi
4-qismida: merkantilizm va fiziokratlar ta’limotiga bo’lgan o’zining munosabatlari aks etildi
5-qismida: davlat moliyasi savollari ko’rib chiqildi
A.Smitning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyalari
Boylikni ko’paytirish omillari: mehnat taqsimoti, pul, kapital
Iqtisodiy erkinlik printsipi
“Ko’rinmas qo’l”
A.Smit boylikni chinakam yaratuvchi bu – “har bir xalqning yillik mehnati” deb ko’rsatib o’tadi. Mehnat taqsimoti milliy mahsulot yaratish jarayonida odamlar o’rtasida hamkorlikni amalga oshirishning juda qulay shakli hisoblanadi. Ixtisoslashuv tufayli mehnat jarayonini amalga oshirishda kishilarning chaqqonligi ortadi; ular vaqtni tejaydilar, chunki doimo bir ish turidan boshqasiga o’tishga hojat bo’lmaydi; ular o’z faoliyatlarini takomillashtirish, ixtiro qilish uchun katta imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
Bozor to’g’risida A.Smit ta’limotidagi asosiy g’oya iqtisodiy liberalizm g’oyasi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirish g’oyasi, erkin raqobat asosida tashkil topadigan baho yordamida iqtisodiyotning o’zini-o’zi boshqarish g’oyasi hisoblanadi.
A.Smit aytib o’tgan «ko’rinmas qo’l» bozor mexanizmidir.