Klasterlarni shakllantirish: tajribalar, natijalar va innovatsion yondashuvlar


IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA TURISTIK LOGISTIKA



Yüklə 289,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix05.01.2023
ölçüsü289,14 Kb.
#78529
növüСборник
1   2   3   4   5   6
admin, 4981-Текст статьи-13596-1-2-20220226

 
IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA TURISTIK LOGISTIKA 
Bababekova D. Sh. 
Toshkent Moliya instituti dotsenti 
Aminova N. B. 
Toshkent Moliya instituti magistri 
Turizm doimiy ravishda rivojlanib boruvchi tarmoq bo'lib, har bir turistik kompaniya o'z 
oldiga iqtisodiy foyda va raqobatbardosh ustunliklarga ega bo’lishni hamda turistik bozorda 
iste'molchilar talab qiladigan logistika xizmatlari sifatini muvofiqlashtirishga erishishni maqsad 
qilib qo'ygan. Shu sababli, hozirgi paytda ushbu sohada yuzaga keladigan muammolarni hal 
qilish va bozorda katta ulushni egallash orqali yuqori foydaga ega bo’lish uchun turli xil 
usullarini izlash ishlari olib borilmoqda.
Bugungi dunyo hamjamiyati hayotimizning barcha sohalariga axborot texnologiyalarining 
kirib borishi tufayli global o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Shu jumladan, O’zbekistonning 
aksariyat korxonalari, xoh u ishlab chiqarish sohasi bo’lsin, xoh turizm sohasi, o'zlarining biznes 
jarayonlarini birinchi navbatda innovatsion logistika kontsepsiyalariga asoslanib qurishning 
yuqori samarali usullarini talab qilmoqda. Buning asosiy sababi logistik xarajatlar korxona 
xarajatlarini 70-80%ini tashkil etilishi bo’lib hisoblanadi. Innovatsion logistika faqatgina ijobiy 
sinergetik ta'sirni kafolatlabgina qolmay, balki bozor munosabatlari va mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirishning qat'iy talablariga javob beradigan eng yangi raqamli texnologiyalardan 
foydalanishga harakat qilmoqda. 
Axborot texnologiyalari - bu kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari orqali ma'lumotlarni 
yig'ish, tartibga solish, qayta ishlash va ta'minlash usullari to'plamidir. Evolyutsion va 
innovatsion rivojlanishning ancha uzoq yo'lini bosib o'tgan zamonaviy axborot jamiyati uchun 
xarakterli jihati shundaki, jamiyatning har bir a'zosiga tarmoq va shaxsiy kompyuterlardan 
foydalanish orqali butun dunyo bo'ylab axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini 


271 

Yüklə 289,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin