Klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish siyosati: xitoy tajribasi


“Uzbekistan-China: development of



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix24.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#134885
1   2   3   4   5   6   7   8
klasterlarni-shakllantirish-va-rivojlantirish-siyosati-xitoy-tajribasi

“Uzbekistan-China: development of 
cultural, historical, scientific and 
economic relations” 
 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 26 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
 
494 
w
www.oriens.uz
November 
2022
 
Adabiyotlarda keltirilishicha, jahon amaliyotida klaster siyosati olib boriladigan ikkita model 
mavjuddir. Birinchisi liberal model bo‘lib (AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada), unda 
klaster bozorning tarkibiy qismi hisoblanadi va federal hokimiyatning roli uning tabiiy rivojlanishi 
uchun to‘siqlarni olib tashlashdan iborat hisoblanadi. Ikkinchi model esa “derijyor” model 
(Yaponiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Shvetsiya, Fransiya, Finlandiya, Sloveniya) bo‘lib, 
unda davlat klasterlarni yaratish va rivojlantirishda faol ishtirok etadi [5]. 
Klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha jahon mamlakatlari tajribasiga qisqacha 
nazar solsak, ko‘rishimiz mumkinki, klasterlashtirish siyosati mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish 
darajasi va tipi, imkoniyatlari va klasterlashtirishdan ko‘zlangan maqsadlardan kelib chiqib turlicha 
xususiyatlarga egadir. Xususan, Yevropa Ittifoqida klaster siyosatining maqsadimintaqa bo’ylab 
klasterlarni rivojlantirish hamda ularning innovatsion sig’imkorligi, raqobatbardoshligini oshirish 
hisobalanadi va klasterlashtirish rivojlanayotgan sanoatlar va mintaqa doirasidagi hamkorlik
klasterlarni xalqaro doiraga olib chiqish, klasterlarni mukammallashtirish jarayonlarini qamrab 
oladi [6]. Mintaqadagi raqobatbardosh bir qancha agrosanoat klasterlari mavjud mintaqaKataloniya 
bo‘lib, Kataloniyada klasterlarni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash tashabbuslari 1992-yildan 
boshlangan va klaster siyosatining maqsadi biznes raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi. 
Kataloniya klasterlarining muvaffaqiyatiga davlat va xususiy sektor hamkorligi, ya’ni tashabbuslar 
davlat tomonidan ilgari surilganligi va xususiy yetakchilik mavjud sohalarda amalga oshirilganligi 
sabab bo’lib, Kataloniya klaster siyosati 4 ta muhim ustunlarga tayanadi [7]: 
• Xalqaro hamkorlik (xalqaro loyihalarda ishtirok etish, xalqaro maydonda klasterlararo 
hamkorlikni rivojlantirish); 
• Klaster dasturlarini doimiy takomillashtirib borish (innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, 
doimiy yangilanishlar orqali tajribani oshirib borish, davlat va xususiy sektor hamkorligini 
ta’minlash va sh.k.); 
• Baholash va faoliyatni yoritish (baholash me’zonini o‘rnatish, klaster doirasidagi 
tadbirlarni yoritish, “World class clusters” dasturi veb-sahifasini olib borish); 
• Strategik o‘zgarishlar va klasterlararo hamkorlik (raqabatbardoshlikning asosi sifatida 
tarmoqlararo va klasterlararo stragetik o‘zgarishlarni amalga oshirish; grantlar ajratish). 
AQSHda iqtisodiy klasterlar bir necha o‘n yilliklardan buyon rivojlanib kelayotganiga 
qaramasdan, ta’kidlash lozimki mamlakatda bugungi kunda ham klasterlarning barcha 
xususiyatlarini aniqlovchi yagona model, yagona klaster siyosati mavjud emas [8]. Mamlakatda 
klasterlarning tabiiy ravishda shakllanib, rivojlanishiga bir qancha omillar sabab bo‘lib, klasterlarni 
shakllantirish va qo’llab-quvvatlash siyosati quyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘lgandir [9]: federal 
hukumat tomonidan importga qo‘yiladigan qattiq cheklovlar; texno parklarni yaratish; hukumatda 
ishlab chiqarish sektorining qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash; korxonalarning kapitalida davlat 
ulushining mavjudligi; texnikaga ixtisoslashgan maktab va kollejlarning shakllantirilishi; amaliy 
tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash va boshqalar. 
Rossiyada esa klasterlarni shakllantirish 2000-yillardan boshlangan va bugungi kunda 
klasterlarni 
takomillashtirish 
siyosati 
Rossiya 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishning 
asosiy 
mexanizmlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda [10].Mamlakat hukumati tomonidan iqtisodiy 
klasterlarni shakllantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan, Rossiyada 
klaster rivojlanishi bilan bog‘liq bir qancha muammolar mavjud. Ba’zi olimlar klaster rivojida 
klaster tashkiliy tuzilmasining o‘ta murakkabligi, mahalliy iqtisodiyot tarmoqlari bilan hamkorlik 
qilish, ularni boshqarishda muammolar mavjudigi ta’kidlasalar [11], ba’zilari, mazkur dasturlarga 
umumiy axborot maydoni etishmasligi, klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha 
mamlakatning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmagani [12] va klasterlar mamlakatning butun 
hududini to‘liq qamrab olmaganini ta’kidlaydilar [13]. 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin