Klemmali birikmalarning boltlarini hisoblash.
Reja:
1. Bolt sterjeniga faqat cho’zuvchi tashqi kuch ta`sir etadi.
2. Klemmali birikmalarning boltlarini hisoblash.
3. Rez`bali detallar uchun ishlatiladigan materiallar va ular uchun ruxsat etilgan kuchlanishlar.
Bolt sterjeniga faqat cho’zuvchi tashqi kuch ta`sir etadi.
Bunga sirib tortilmagan, ya`ni zo’riqtirilmagan holatda osib qo’yilgan ilgak misol bo’la oladi (1-shakl). Uning rez`bali qismi tashqi P kuch ta`siridan cho’zilishga hisobiy diametri bo’yicha tekshiriladi:
(1)
ning topilgan qiymati tegishli GOSTda berilgan ma`lumotga moslashtirilib, boltning qolgan o’lchamlari aniqlanadi.
Bolt sirib tortilgan. Bunga germetik bo’lishi talab etiladigan qopqoqlarni sirib mahkamlash uchun ishlatiladigan boltlar kiradi (2-shakl). Bunday boltning sterjeniga sirib tortish natijasida hosil bo’ladigan cho’zuvchi kuch hamda rez`balardagi burovchi moment Mp ta`sir etadi. V kuch ta`siridan hosil bo’lgan kuchlanish:
.
Shakl-1. Yuk ko’tarish uchun muljallangan ilgak
Burovchi Mp moment ta`siridan hosil bo’lgan kuchlanish:
2 – shakl
Bolt sterjenining mustahkamligi va ni e`tiborga oluvchi quyidagi ekvivalent kuchlanish bilan baholanadi:
(2)
Bajarilgan hisoblar standartda berilgan o’lchamlar qilib tayyorlangan rez`balar uchun = ekanligini ko’rsatdi. Bas, shunday ekan, boltning mustahkamligini baholash uchun va ni alohida – alohida, aniqlab, ni topishdan ko’ra, soddalashtirilgan quyidagi formuladan foydalanish ma`qul:
,
bu yerda 1,3 burovchi moment ta`sirida hosil bo’lgan kuchlanishni hisobga oluvchi son.
Amalda qilingan ishlar va bajarilgan hisoblar boltlarning 10 mm dan kichik diametrli sterjenlari kichik miqdordagi cho’zuvchi kuch ta`siridan ham uzilib ketishini ko’rsatadi. Masalan, sterjenining diametri 6 mm bo’lgan boltni sirib tortishda klyuchga 45kG kuch qo’yilsa bas, u uzilib ketadi. Shuning uchun , sirib tortishda o’q bo’ylab ta`sir etadigan cho’zuvchi V kuchga katta ahamiyat beriladi.
Sirib tortish lozim bo’lgan hollarda bolt diametrining 12 mm dan kichik bo’lmasligiga harakat qilish kerak. Bordiyu ayrim sabablarga ko’ra bu tavsiyani bajarish maqsadga muvofiq bo’lmasa, sirib tortishda paydo bo’ladigan kuchlarni maxsus dinomometrik klyuch vositasida nazorat qilib turish lozim. Bunday hollarda cho’zuvchi kuchning ruxsat etilgan qiymatini shunday tanlash kerakki, uning ta`sirida bolt sterjenida hosil bo’ladigan kuchlanish 0,4 dan ortiq bo’lmasin. Bundan tashqari, zarur bo’lib qolgan taqdirda, V ning taxminiy qiymatini
V = /0,15d
deb qabul qilish mumkin, bu yerda –klyuchga qo’yilgan moment; d - bolt sterjenining diametri.
Odatda boltni klyuch bilan sirib tortish uchun bitta ishchining o’rtacha kuchi 30kG, klyuch yelkasining uzunligi 15d deb qabul qilinadi. Demak, =30*15d=450d bo’ladi. Bu shartlar bilan bajarilgan hisoblashning ko’rsatishicha, qo’l bilan sirib tortilgan12 mm li bolt sterjenida 2350 kG/ , 20 mm li bolt sterjenida esa 815 kG/ kuchlanish hosil bo’ladi. Shuning uchun diametri 12 mm dan kichik bo’lgan boltlarni sirib tortishda juda ehtiyot bo’lish kerak.
Dostları ilə paylaş: |