Klinik atamalar „Tibbiy atamalar izohli lugʻati“ — 2022-yil A. Q. Shadmanov tahriri ostida „Kamalak-PRESS“ MChJ nashriyotida nashrga tayyorlangan va matbaa bo‘limida chop etilgan tibbiyotga aloqador atamalarga bagʻishlangan lugʻat kitob.
Tibbiy atamalar lug‘ati hozirgi zamon tibbiyotida qo‘llaniladigan 10 000 atrofidagi klinik terminlar va tibbiy tushunchalarni o‘z ichiga qamrab olgan. U umumiy amaliyot vrachlari, farmatsevtlar, tarjimonlar, tibbiyot muassasalari xodimlari hamda tibbiyot institutlari va kollej o‘qituvchilari hamda talabalari uchun terminlar mohiyatini kirill va lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi orqali o‘zlashtirishda maxsus lugʻat qoʻllanma vazifasini oʻtaydi.
So’nggi yillarda o’zbek tiliga bo’lgan e‘tibor tobora kuchayib bormoqda, bu esa o’zbek tilida sohalarga oid atamalar ya‘ni terminlar bilan ishlashga ehtiyojni yuzaga keltirdi. Terminning ma‘nosi, mohiyati, uning nomidan kelib chiqadi. Demak, Terminus lotincha – chegara, chek bundan ko’rinib turibdiki termin chekli, chegaralangan yani, termin muayyan sohaga oid, aniqrog’i-bir ma‘noli so’zdir. Ma‘lumki, har qanday so’z tug‗ilishida bir ma‘noli bo’ladi, lekin kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida u ko’p ma‘noli so’zga aylanib boradi. Lingvistik terminologiyaga bag’ishlangan ilmiy ishlarda har qanday termin so’zdir, lekin har qanday so’z termin bo’lolmaydi, degan fikr ilgari suriladi. Termin cheklanganligi, ya‘ni bir ma‘noni ifodalaganligi tufayli maxsus kontekstda hamma vaqt o’z ma‘nosini saqlaydi. U emotsionallik va ekspressivlik xususiyatlariga ega emas. Ohang yordamida terminning ma‘nosi o’zgarmaydi.