199
Kielce: Laboratorium Wiedzy Artur Borcuch
Copyright © 2023 All rights reserved International Journal for Gospodarka i
Innowacje This work licensed under a Creative Commons Attribution 4.0
GOSPODARKA I INNOWACJE
Volume: 32 | 2023
MAHMUD KOSHG’ARIYNING “DEVONU LUG’OTIT-TURK” ASARIDA
QO’LLANILGAN ETNOGRAFIK ATAMA VA IBORALAR XUSUSIDA
Azimjon Davlatov
Magistrant, Namangan davlat universiteti, O’zbekiston
A R T I C L E I N F O.
Аннотация
Kalit so’zar:
Mahmud Koshg’ariy,
O’rta Osiyo, O’rta Osiyo xalqlari,
etnografik
atamalar,
urf-odat,
marosim, sovchilik,
xalq tabobati,
muomala madaniyati, etiket.
Mazkur maqolada XI asrning buyuk qomusiy olimi Mahmud
Koshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asarida qo’llanilgan
etnografik atama va iboralar tahlil qilingan. Maqolada muallif
tomonidan asosiy e’tibor etnografik
atama va iboralarning
genezisi, evolyutsiyasi, ularning qo’llanilish usullari hamda
atamalar klassifikatsiyasiga qaratilgan.
http://www.gospodarkainnowacje.pl/
©
2023 LWAB.
So’nggi yillarda o’zbek tiliga bo’lgan e’tibor tobora kuchayib bormoqda, bu esa o’zbek tilida sohalarga
oid atamalar ya’ni terminlar bilan ishlashga ehtiyojni yuzaga keltirdi. O’z
navbatida, terminning
ma’nosi va mohiyati uning nomidan kelib chiqadi. Demak, “Terminus” lotincha – “chegara”, “chek”
so’zlaridan olingan bo’lib, “chekli”, “chegaralangan” ya’ni, muayyan sohaga oid, aniqrog’i –bir
ma’noli” degan ma’noni anglatadi [1. B. 44].
Ma’lumki, har qanday so’z tug’ilishida bir ma’noli bo’ladi, lekin kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida
u ko’p ma’noli so’zga aylanib boradi. Lingvistik terminologiyaga bag’ishlangan
ilmiy ishlarda har
qanday termin so’zdir, lekin har qanday so’z termin bo’lolmaydi, degan fikr ilgari suriladi. Termin
cheklanganligi, ya’ni bir ma’noni ifodalaganligi tufayli maxsus kontekstda hamma vaqt o’z ma’nosini
saqlaydi. U emotsionallik va ekspressivlik xususiyatlariga ega emas. Ohang yordamida terminning
ma’nosi o’zgarmaydi [2. P. 264].
O’z
navbatida atamalar tuzilishi, mazmuni, kelib chiqishi va qo’llanilishiga ko’ra, iqtisodiy, siyosiy,
diniy, madaniy, tarixiy, falsafiy va etnografik atamalarga bo’linadi.
Atamashunoslik fani qadimdan rivojlangan bo’lib, mazkur fan asosan,
qadimgi Rim va Gretsiyada
taraqqiy etgan edi. Keyinchalik, aniqrog’i, ilk va rivojlangan o’rta asrlar davrida Sharq xalqlarida ham
turli fanlarga oid atamalar amaliyotda keng qo’llanila boshlandi. Mazkur jarayonda Muso al Xorazmiy
(aniq fanlar), Abu Ali Ibn Sino (tibbiyot), Abu Rayhon Beruniy (tabiiy va ijtimoiy fanlar) hamda
Mahmud Koshg’ariy (tarixiy va etnografik)lar muhim rol o’ynadi.
Jumladan, Markaziy Osiyoda rivojlangan o’rta asrlarning yirik allomalaridan biri bo’lgan Mahmud
Koshg’ariy o’z davrining buyuk arboblaridan bo’lib,
etnografiya, lingvistika, xususan, turkiy tillarni
o’rganish sohasida mashhur bo’ldi va tarixda o’chmas iz qoldirdi.
Allomaning eng mashhur asari hisoblangan “Devonu lug’otit-turk”da ham bir qator atama va iboralar
qo’llanilgan bo’lib, ularning aksariyati hozirgi kunda ham ba’zi bir o’zgarishlarga
uchragan holda
amaliyotda qo’llanilib kelinmoqda. Mazkur maqolada XI asrning buyuk ma’naviy merosi hisoblangan