Gospodarka I innowacje



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix13.09.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#143216
1   2   3   4   5
199-203 MAHMUD KOSHG’ARIYNING “DEVONU LUG’OTIT-TURK” ASARIDA

Economy and Innovation 
ISSN: 2545-0573 
 
For more information contact:
 
editor@gospodarkainnowacje.pl 
https://gospodarkainnowacje.pl


200 
International Journal of Economy and Innovation | Volume 32 | Gospodarka i Innowacje 
Kielce: Laboratorium Wiedzy Artur Borcuch 
Copyright © 2023 All rights reserved International Journal for Gospodarka i 
Innowacje This work licensed under a Creative Commons Attribution 4.0
“Devonu lug’otit-turk”da qo’llanilgan ba’zi bir atama va iboralarga izoh berilgan.
Jumladan, Mahmud Koshg’ariy o’zining “Devonu lug’otit turk” asarida tabiblar qo’llagan dori va giyoh 
nomlariga e’tibor qaratib, turkiy xalqlap yashaydigan hududlarda o’sadigan o’simliklardan 
tayyorlangan dori-darmonlarning turlarini ifodalagan [3. B. 85]. Masalan, 
egit
(za’farondan olingan 
dori), 
ibruk
(sutdan tayyorlangan dori), 
urumday
(zaharni kesish uchun ishlatiladigan tosh), 
ko’zluk, 
ko’zilduruk
(ko’z shamollashida ishlatiladigan dori), 
egir
(qorin og’rig’ida qo’llaniluvchi giyoh), 
churni
(oshqozonni tozalovchi dori) va boshqalar. 
Mahmud Koshg’ariy o’z navbatida asarda milliy bayramlar masalasiga ham to’xtalib, unga shunday 
ta’rif bergan edi: “Bazram – odamlar orasida shodlik va kulgu. Gullar ochilgan joylarga 
bazram yer, 
ya’ni yoqimli yer demakdir. O’g’uzlar hayit kunini bazram deydilar, ya’ni shodlik va yoqimli kun” [4. 
B. 447]. Haqiqatdan ham bayramlar shunday ruhiy kayfiyatni vujudga keltiradiki, unda odamlar boshqa 
kunlardagiga nisbatan xursand va shod bo’ladilar. Shunday nuqtai nazardan qaraganda, bayram ma’lum 
bir vaqtdagi ideal hayot hisoblanadi [5. C. 178]. 
Mahmud Koshg’ariy o’zining “Devonu lug’otit turk” asarida milliy urf-odatlardan biri bo’lgan 
sovchilik haqida qiziq ma’lumot beradi. Ma’lumki, sovchilar to’g’risidagi ma’lumotlarni VII–VIII 
asrlardagi O’rxun-Enasoy bitiklarida ham uchratish mumkin. Buyuk davlat arbobi, hukmdor 
Tunyuquqning bitiktoshida “
sab” 
– “so’z” va “gap” ma’nosida ishlatilgan bo’lsa, “Irq bitigi (fol 
kitobi)”da esa “sab” – “so’z”, “sabchi” – “xabarchi”, “so’z keltiruvchi” ma’nosida qo’llanilgan. O’rta 
asrlarning mashhur tilshunos olimi Mahmud Qoshg’ariy ushbu atamani “sovchi-kelin va kuyov 
o’rtasida bir-biriga xabar eltuvchi” deb izohlagan [6. 122]. “
Sabchi”
degan so’zning ma’nosi “xabarlar 
yetkazib beruvchi odam”. Olimning “Devoni-lug’atit turk” kitobida “
sovchi”
so’ziga ta’rif berib, uni 
“kuyov va kelin o’rtasida xabar yetkazuvchi odam” [7. 170], “Xudoning xabar yetkazuvchi insoni” 
ma’nolarida ishlatgan. Demak yangi oilaning paydo bo’lishida sovchilik udumi uzoq o’tmishda 
shakllanganligiga amin bo’lamiz.
Xalq o’yinlari haqidagi yozma ma’lumotlarni XI asrda yashagan taniqli turkiyshunos olim Mahmud 
Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asari [8. B. 63]dan ham olish mumkin. Mazkur asarda 
keltirilgan ma’lumotlar xalq o’yinlarining yuzaga kelish tarixi va evolyusiyasini o’rganish imkonini 
beradi. 
Jumladan, turkiy qavmlar orasida to’p bilan o’ynaladigan qadimiy o’yinlardan biri – 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin