201
International Journal of Economy and Innovation | Volume 32 |
Gospodarka i Innowacje
Kielce: Laboratorium Wiedzy Artur Borcuch
Copyright © 2023 All rights reserved International Journal for Gospodarka i
Innowacje This work licensed under a Creative Commons Attribution 4.0
xususiyatlarini qaror toptirish maqsadida o’tkazilgan. Keyinchalik ana shu muhim hayotiy ahamiyatga
ega bo’lgan harbiy o’yin mashqidan “oltin qoboq” tipidagi tomoshaviy o’yinlar kelib chiqqan.
Tadqiqoytchi A. Sarimsokovning qayd etishicha, Mahmud Qoshg’ariyning e’tiboridan yil taqvimi bilan
bog’liq tasavvurlari, urf-odat va marosimlar ham chetda qolmagan [12. C. 9]. Jumladan,
mazkur
allomaning “
Devonu lug’atit turk”
asarida o’rta asrlarda yashagan turkiy xalqlarning tili, ijtimoiy-
siyosiy hayoti,
etnik tarkibi, geografik joylashuvi hamda ularning urf-odatlari, dunyoqarashi,
madaniyati va eng muhimi taqvimiy qarashlari borasida katta ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlar
mavjud.
Qolaversa, tadqiqotchi B. Xalmuratovning ma’lumot
berishicha, Mahmud Koshg’ariyning “Devonu
lug’otit turk” asarida X–XI asrlarda O’g’uzlar davlatida “qo’vuch-qo’vuch” degan odat mavjud
bo’lganligini qayd etilgan. Mazkur odat odamlar orasidagi yovuz ruhlarni haydash uchun bajarilgan.
Bunda odamlar biror-bir kishiga yomon ruh ilashgan bo’lsa, qo’llarida sovuq suv olib,
uning yuziga
sepganlar. Ushbu tushuncha “qoch-qoch” deb ham atalib, asosan, turli xil ruhlarni qo’rqitish ma’nosida
qo’llanilgan [13. B. 13].
O’zbeklar an’anaviy salomlashishining lisoniy tavsifida oila a’zolari va yaqinlarini sog’ligini so’rash
ham yetakchilik qilishi allomaning e’tiboridan chetda qolmagan. Alloma ularga nisbatan “esonmi”
(esanmi), “omonmi” iboralari ham ko’proq qo’llagan. Mazkur holat qadimgi turkiylarga xos murojaat
shakli bo’lib, “Devonu lug’otit turk” asarida “esan” atamasi “eson, sog’” ma’nolarini anglatib,
“esanmisan” iborasi “sog’misan”, “salomatmisan” ma’nolarida qo’llanilgan [14. B. 106].
Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida keltirilgan oila,
qarindoshlik va jamoaviy
munosabatlardagi muloqot madaniyatida qo’llanilgan murojaat shakllari berilgan [15. B. 12].
Dostları ilə paylaş: