Gospodarka I innowacje



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix13.09.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#143216
1   2   3   4   5
199-203 MAHMUD KOSHG’ARIYNING “DEVONU LUG’OTIT-TURK” ASARIDA

Asarda kelishi 
Asarda joylashgan o’rni 
Ma’nosi 
Aba 
1 jild, 123 bet 
ota yoki ona 
Ana 
1 jild, 119 bet, 
ona, 
Acha 
1 jild, 114bet 
katta opa, 
Ata 
1 jild, 114 bet 
ota 
Egetlik 
1 jild, 267 bet 
yanga, to’y kechasi kelinga hamroh ayol 
Echa 
1 jild, 114 bet 
katta opa, 
Eka 
1 jild, 116 bet 
katta opa 
Og’a 
1 jild, 116 bet, 
tajribali, aqlli ko’p yashagan odam, 
Boldiz 
1 jild, 426 bet. 
xotinning singlisi 
Baldir ug’ul 
1 jild, 425 bet, 
o’gay o’g’il 
Baldir qiz 
1 jild, 425 bet 
o’gay qiz 
Dada 
3 jild, 239 bet. 
dada, ota 
Ichi 
1 jild, 114 bet 
yoshi katta aka 
Eke 
1 jild, 116 bet 
Opa 
Dede 
3 jild, 239 bet. 
dada, ota 
Jurj – 
3 jild, 13 bet 
xotining o’g’il ukasi 
Kis – 
1 jild, 318 bet 
Xotun 
Namija – 
1 jild, 417 bet. 
ooja, qaynsinglisining eri 
Tafaj – 
3 jild,. 256 bet 
amaki 
Ini 
1 jild, 418 bet. 
kichik birodar, uka 
Uma 
1 jild, 118 bet 
ona (tubutlar tilida) 
Uma 
1 jild, 118 bet 
qo’noq, mehmon. 
Uri – 
1 jild, 115 bet 
o’g’il bola 
Xiz – 
3 jild, 238 bet 
qiz bola 


202 
International Journal of Economy and Innovation | Volume 32 | Gospodarka i Innowacje 
Kielce: Laboratorium Wiedzy Artur Borcuch 
Copyright © 2023 All rights reserved International Journal for Gospodarka i 
Innowacje This work licensed under a Creative Commons Attribution 4.0
Chiqan 
1 jild, 382 bet 
xolaning o’g’li, jiyan 
Qoldash 
1 jild,, 429 bet 
bu so’z ko’proq kattalarning bollariga qo’llanilgan 
Qunat 
1 jild, 338 bet 
bir-birlariga yordam beruvchi insonlar, qo’shnilar, 
“ul mening qunatim” ul kishi mening qo’shnim, 
qanotim, yondoshim 
Kirdash 
1 jild, 429 bet 
bir hovlida turuvchi qo’shni 
Qazin – 
1 jild, 338 bet 
qayin, qayin ona, qayin ota 
Qaznag’un 
1 jild, 481 bet 
kuyovning qarindoshlari 
Ushbu jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib shuni qayd etish mumkinki, zamonaviy o’zbek 
muloqot madaniyatida qo’llanilayotgan nomlar o’zining etimologiyasiga ko’ra qadimgi turkiylardan 
vorisiylik asosida ajdodlardan-avlodlarga o’tib kelgan [16. B. 12]. 
Buxoro vohasi o’zbeklarilarida kurashchi-polvonlarning g’olib chiqqanlariga nisbatan 
“yiqitmoq”
so’zi 
o’rnida ba’zida 
“uchirmoq”
atamasini qo’llashlari kuzatiladi. Masalan, Mahmud Qoshg’ariyning 
“Devoni lug’otit turk” asarida ushbu atama 
“uchirdi” 
shaklida kelib, aynan “yiqitmoq” ma’nosida 
kelgan [17. 186]. Voha o’zbeklari muloqot jarayonida erta tongdan kayfiyati bo’lmagan suhbatdoshga 
nisbatan
“Ertalabdan bulutku”, “Ertalabki bulutday” 
kabi iboralar
 
qo’llaniladi [18. 121]. Buni 
“Devonu lug’atit turk” asari orqali shunday izohlash mumkinki, qadimgi turkiylarga xos maqollarning 
biri “
Tongda bulut o’rtansa, uyga yov kirganday bo’lur”
qabilida keltiriladi [19. 252].
Bu bilan tongdagi quyoshni to’sgan bulut xush ko’rilmaganligi va mazkur holat yaxshilik alomati 
emasligiga ishora qilingan. Bugungi kunda suhbatdoshga nisbatan bunday qiyoslash qadimgi 
turkiylarga xos qarashlar bilan bog’liqligini ko’rish mumkin. Shuningdek, ko’plab ota-ona va yaqin 
qarindoshlar yaxshi munosabatga undovchi maqollar ham keltiriladi. Jumladan, 
“Bar baqir, juq oltun
(Bor mis (qadrsiz) yo’q oltin)”, ya’ni qo’lda bor narsa misdek qadrsiz, qo’lda bo’lmagan narsa oltindek 
qadrli. Ushbu maqol yaqinlar o’rtasida xo’rlanib yurgan, keyinchalik yo’qligida qadri bilinishi 
ma’nosida qo’llanilgan [20. B. 341–342].
Mazkur asarda muloqot madaniyatida xushmuomali va tavoze’li insonlarga nisbatan “Qutqi er” iborasi 
qo’llanganligini ko’rish mumkin [21. B. 403]. Ushbu manbada keltirilgan muloqot madaniyatiga oid 
ma’lumotlar dala tadqiqotlari materiallari bilan qiyosiy taqqoslanib o’rganilganda, so’zlashuv 
etiketlariga doir ko’plab manbaviy asoslar aniqlandi va ulardan dissertatsiyani yozish jarayonida keng 
foydalanildi. 
Xulosa sifatida shuni qayd etish kerakki, “Devonu lug’otit-turk”da qo’llanilgan atama va iboralarning 
aksariyati hozirgi kunda ham ba’zi bir o’zgarishlarga uchragan holda amaliyotda qo’llanilib 
kelinmoqda. Ushbu atama va iboralar o’z navbatida milliy tilimizning sofligini ta’minlashda muhim 
roly o’ynashi bilan ahamiyatlidir.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin