LUG‘ATLARDAGI DINIY ATAMA VA IBORALARNING MORFOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Farmonova Mashhura Bo‘riqulovna
TerDU lingvistika: o‘zbek tili 2-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada til xususiyatlaridan biri morfologik
xususiyatni aniqlashda diniy atama va iboralarga murojaat qilingan. O‘z navbatida
morfologik xususiyatlarni “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, J. Omonturdiyev va A.
Omonturdiyevlarning “O‘zbek tili diniy-ma’rifiy atamalarining izohli lug‘ati” hamda
Muxtorxon eshon Umarxo‘jayevning “Diniy atama va iboralar. Ommabop qisqacha
izohli lug‘ati” nomli kitoblari asosida tahlilga tortilgan. Shuningdek, ba’zi diniy
atamalarning o‘ziga xos morfologik xususiyatlari, etimologiyasi, hozirgi kundagi
ahamiyati, birlik va ko’plik shaklda qanday ma’noni ifodalashi aks etgan.
Kalit so’zlar:
diniy atama va iboralar, diniy atama sifatidagi atoqli va turdosh
otlar, sifat, son, fe’l so‘z turkumlari, birlik shakl, diniy atama va iboralarning ko‘plik
shakli, -lar affiksi.
Diniy atama va iboralarning morfologik tuzilishiga xos jihatlar xususida
muayyan fikrga kelish uchun ularni o‘zbek tili so‘z turkumlar va grammatik
kategoriyalari misolida tahlil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Quyida shu tahlilni
amalga oshirishga urinib ko‘ramiz.
Diniy lug‘atlarda berilgan so‘zlarda ot so‘z turkumi faol hisoblanadi. Ushbu
so‘z turkumiga kiradigan so‘zlar semantikasi diniy atama va iboralarda rang-
barangdir. Bu rang-barangliklar haqida ishimizning leksik birliklar tahlili qismida
to‘xtalganmiz. Shunga qaramasdan ot so‘z turkumi doirasidagi elementlarning
semantik-
grammatik tahlili ularning alohida olingan lug‘atlarning qiyosiy-
morfologik xususiyatlari haqidagi qarashlarning asosli bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Diniy atama va iboralar lug‘atlari berilgan kitoblarda ot so‘z turkumiga
mansub bo‘lgan so‘zlarni dastlab ikki guruhga – atoqli va turdosh otlarga bo‘lib
o‘rganish mumkin. Turdosh otlar ushbu lug‘atlar tarkibida juda ko‘p miqdorda
bo‘lsa-da, atoqli otlar ham o‘z o‘rnida sharhlab ketilgan. Diniy lug‘atlarda faol
qo‘llanadigan va xoslangan payg‘ambarlar, farishtalar, valiylar, anbiyolar,
avliyolar, sahobalarning ismlari, Muhammad alayhissalom hayoti va faoliyati bilan
bog‘liq joylarni nomlari keltirilgan. Masalan, Muxtorxon eshon Umarxo‘jayevning
“Diniy atama va iboralarning qisqacha ommabop izohli lug‘ati” nomli kitobida juda
ko’p o‘rinda atoqli ot nomi berilgan. Ularga misol tariqasida bir nechtalarini
keltiramiz (Allohning 99 ismi va payg‘ambarimiz (s.a.v) Qur’onda keltirilgan 25 ta
ismlaridan tashqari):
Ash’ariy–
Abul Hasan ibn Ismoil
– ilohiyotchi olim. Mashhur
sahoba Abu Muso Ash’ariy (r.a) ning avlodi hisoblanadi. Ilmi kalomning
asoschilaridan biri.
A’rof
– Qur’onda ta’riflangan Jannat bilan do‘zax o‘rtasidagi
balandlik joy
– devor nomi. Qur’oni karimning yettinchi surasi nomi. Makkada nozil
bo‘lgan, 206 oyatdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |