G‘azo
atamasining ko‘pligi
g‘azovot
– diniy islom yo‘lida olib borilgan
musulmonlar jangi, urush, g‘azoda o‘lgan shahid, dushmanni o‘ldirganlar g‘oziy
deyiladi.
Hazrat
atamasining
ko‘pligi
hazorat
– ko‘proq payg‘ambar, avliyo, valiyulloh
kabi din peshvolari, ilohiy shaxslar nomiga qo‘shib aytiladi.
Yana bir misol: arabcha
arsa
yoki
aras
so‘ziga ko‘plik, mavhumlik
qo‘shimchasi (-
t, -ot
) ni qo‘shish orqali hosil qilingan
arosat aslida
real ma’noda
maydonlar, sahiy, kengliklar demakdir. Biroq diniy ta’limotga jannat bilan
jahannam o‘rtasida yastanib yotgan, qiyomatda barcha insonlar to‘planadigan,
tarozida gunoh va savoblari teng kelib, na jannat, na do‘zoxga borolmaydigan
bandalarning abadiy qolib ketadigan joyi
– cheksiz ilohiy maydon.
Arosat
leksemasining mana shu keying ma’nosi istilohiy ma’nodir. Arosatning bugungi
nutqimizdagi ishlari yurishmay, na u yoqlik, nab u yoqlik bo‘la olmay, o‘rtada
sarson bo‘lib qolmoq ma’nosi ko‘chim bo‘lib, diniy-istilohiy ma’no emas.
Qadimgi turk, arab tillarida qo‘llanib kelingan
–t –ot
kabi qo‘shimchalar
hozirgi o‘zbek tilidagi
–lar
affiksi bilan ma’nodoshlik hosil qilishini yuqoridagi
misollar orqali bilib olsa bo‘ladi. Bundan tashqari, -
yat, -(n) in, -(r)
ir kabi
qo‘shimchalar ham ko‘plikni hosil qilish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: