Atlardagi diniy atama va iboralarning morfologik xususiyatlari



Yüklə 444,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix20.11.2023
ölçüsü444,36 Kb.
#163333
1   2   3   4   5   6   7   8
Farmonova Mashhura Bo‘riqulovna

Do‘zaxiy
(fors+arab) 
– umrini 
gunoh, faxsh amallar bilan o‘tkazgan, shar’iy ahkom va arkonlarni toptagan, Alloh 
va payg‘ambarlarni rad etgan, imonga kelmay dunyodan o‘tganlar
3
Shaytoni La’in 
ana shundaylardan edi. 
Duogo‘y, jannatiy, xudojo‘y, najotkor, noshar’iy, 
nomahram, nopok, otashgoh, riyokor, azaliy, muhasibiy, xattobiy, islomiy, diniy
kabi bir nechta sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni uchratishimiz va tahlil qilishimiz 
mumkin. Dinga oid bo‘lgan lug‘atlarda ularning miqdori juda ko‘pchilikni tashkil 
1
Muxtorxon Eshon Umarxo‘jayev. Diniy atama va iboralar. Qisqacha ommabop izohli lug‘at. – Toshkent: G‘ofur 
G‘ulom nashriyoti, 2016. 43-61-70-betlar.
2
Omonturdiyev J, Omonturdiyev A. Ma’rifiy-irfoniy istilohlar izohli lug‘ati. – Toshkent: “Mumtoz so‘z”, 2014, 30-
b.
3
J. Omonturdiyev va A. Omonturdiyevlarning O’zbek tili diniy-ma’rifiy atamalarining izohli lug‘ati. –T., 2012. 33-
b.


etadi. Ammo ba’zi bir so‘zlarning ma’nosini diniy lug‘atlarsiz ham tushunib 
olishingiz mumkin. Masalan, 
g‘assol to‘qqiz yoshli bolani o‘ligini ertalabdan toki 
peshin namoziga qadar yuvdi. Mayitning og‘zidan qoni to‘xtamas edi. Qachonki, 
bolaning bobosi haqiqatni aytmaguncha va bolaning onasi boladan kechirim 
so‘ramagunicha bu holat davom etdi. Va nihoyat, peshin namozidan keyin bolani 
qabrga qo‘yishdi. Bobosining aytishiga qaraganda, ona bolasini har doim 
“og‘zingdan qoning kelsin” deb so‘kar edi… Onalar bolalarni qarg‘ashda tilingizga 
ehtiyot bo‘ling
4
!
Yuqoridagi 
g‘assol 
so‘zini izohli lug‘atlarda ko‘rmasdan ham matn 
tarkibida mayit yuvuvchi shaxs ekanligini tushunish mumkin, lekin ustozlarimiz, J. 
Omonturdiyev va A. Omonturdiyevlarning “O’zbek tili diniy-ma’rifiy atamalarining 
izohli lug‘ati” da 
g‘assol – arabcha, g‘asala fe’lining “yuvdi” ma’nosi bilan 
yasalgan ot bo‘lib, o‘zbek tilida shar’iy qoida va tartiblarga rioya qilgan holda o‘lik 
yuvadigan, g‘usl qildiradigan (cho‘miltiradigan) poklab kafanga o‘rab beradigan 
kishi
deya juda chiroyli tarzda berilgan. Albatta, diniy atama va iboralar lug‘atini 
tuzmoqchi bo‘lgan kishi arab tili fonetikasi, grammatikasi, etimologiyasi haqida 
ham xabardor bo‘lishi lozim. Ana shundagina atamalarning morfologik xususiyati 
va qaysi so‘z turkumiga oid ekanligini aniqlashimiz oson kechadi. 
Diniy lug‘atlarni tahlil qilishimiz natijasida son so‘z turkumiga oid unchalik 
ko‘p so‘zni uchratmadik. Olmosh so‘z turkumiga oid so‘zlar esa faqat diniy 
so‘zning izohi berilgan o‘rinlardagina duch keldik. Son so‘z turkumi bilan bog‘liq 
so‘zlar: 

Yüklə 444,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin