Atlardagi diniy atama va iboralarning morfologik xususiyatlari



Yüklə 444,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix20.11.2023
ölçüsü444,36 Kb.
#163333
1   2   3   4   5   6   7   8
Farmonova Mashhura Bo‘riqulovna

Bibi Seshanba
– bid’at marosimlardan biri. 
Bibliya 
– (yun. “kitob”, “o‘ram”) yahudiylik va xristianlikdinlari ta’limotiga ko‘ra, Xudo 
tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o‘zida jamlagan 
muqaddas kitoblar majmuasidir. 
Jabroil
– islomda to‘rt murakkab farishtalardan 
biri. Alloh amrlarini payg‘ambarlarga yetkazib, vahiy keltiruvchi (xabar beruvchi), 
samoviy ofatlarni yer yuzida ijro qiluvchi farishta. 
Zulfiqor, Zulfaqor 
– (arab. - 
teshib o‘tuvchi, o‘tkir, xarob qiluvchi) Muhammad (s.a.v) ning Badr jangidan qo‘lga 
kiritgan mashhur ikki uchli shamshirlar
1
va h.k.
O‘zbek tilidagi sifat so‘z turkumlar doirasida qo‘llangan so‘zlarni diniy atama 
va iboralar orasidan izlab ko‘rganimizda bir nechta o‘xshashliklarga duch keldik. 
Sifat yasovchi 
–iy, -viy
kabi qo‘shimchalar ko‘proq diniy oqim nomlarini yasash 
uchun xizmat qilayotganini ko‘rish mumkin. 
Zaydiylar 
– imomlikka (Rasululloh 
vafotlaridan keyin xalifalikka), islom dunyosiga rahbarlikka faqat Hazrati Ali 
munosib va haqli deguvchilar. 
Zayd 
so‘zining ma’nosi esa
 boshqalarning orqasida 
namoz o‘qish mumkin emas, - 
deya e’tiqod qiluvchilardir. O‘z-o‘zidan ko‘rinib 
turibdiki, qo‘shimcha qo‘shilganda sifat so‘z turkumidagi so‘zning ma’nosida 
o‘zgarish bilinadi. Yana bir nechta misollar orqali tahlil qilamiz: 
ba’daviy
– sahroyi 
ko‘chmanchi, omi, ilmsiz arablar toifasiga nisbatan ishlatiladigan atama, 
ba’d 
– 
forscha 
– yomon, axloqsiz kishilarga nisbatdir. 
Dahriy
– 1. Qadimiy, abadiy. 2. 
Olamning abadiy va azaliy deb biladigan va uning Alloh tarafidan yaratilganligiga 
ishonmaydigan kishi, dinsiz, xudosiz. 3. Allohning borligiga ishonmaslik
2
. Dahr 
so‘zining asl ma’nosi esa, arabcha zamon, asr; qismat, taqdir. Ko‘chma ma’noda 
olam, dunyo, jahon. Do‘zax – Jahannam so‘zi bilan ma’nodoshlik hosil qilib ot so‘z 
turkumini tashkil etsa, -
iy sifat yasovch qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida sifat so‘z 
turkumiga o‘tishlik holatini kuzatish mumkin bo‘ladi. 

Yüklə 444,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin