Lim tizimida innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanish



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix26.11.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#70602
  1   2
0472f341-b96b-4e99-9755-1393a5df4ded



TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN DARS 
JARAYONIDA FOYDALANISH 
Qurmanova Qundiz Ergaliyevna 
kurmanova.kundyz@ bk.ru 
Qoraqalpoǵiston Respublikasi, Qo’ng’irot tumani, 41-maktab 
Shrazov Adilbay Shamsitdinovich 
Qoraqalpog’iston Respublikasi XTXQTMO Xududiy markazi 
Annotatsiya
Innovatsion 
faoliyat-pedagogning 
o’z 
kasbini 
takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini 
nazarda tutadi. Ta’limdagi innovatsiyalar va innovatsion faoliyat haqida barqaror, 
hammaga ma’qul bo’lgan ilmiy tasavvurlar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida 
barqaror va hammaga ma’qul bo’lgan ilmiy tasavvurlar tasniflar shu paytgacha 
mukammal tarkib topgan emasligini ham e’tirof etish lozim. 
Kalit so’zlar: texnologiya, innovatsion, konsepsiya, manbalar, tashkiliy, 
metodik, psixologik, pedagogik jamoalar, parametrlari, innovasiyon o’qitish. 
USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL 
SYSTEM IN THE LESSON PROCESS 
Kurmanova Qundiz Ergaliyevna 
kurmanova.kundyz @ bk.ru 
Republic of Karakalpakstan, Kungrad district, school №41 
Shrazov Adilbay Shamsitdinovich 
Regional Center of ATRPES the Republic of Karakalpakstan 
Abstract: Innovative activity is a creative approach of a teacher to the 
acquisition of existing forms and means of professional development. It should also 
be acknowledged that the classifications of sustainable, universally accepted 
scientific ideas about innovation and innovative activity in education and sustainable 
and popular scientific ideas about innovative pedagogical activity have not yet been 
perfectly composed. 
Keywords: technology, innovation, concept, resources, organizational, 
methodological, psychological, pedagogical teams, parameters, innovative teaching. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida 
2018-yilga 
faol 
tadbirkorlik, 
innovatsion 
g‘oyalar va 
texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili deb nom berishni taklif etdi. Davlatimiz 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 5 / 2020
ISSN 2181-063X
152
http://oac.dsmi-qf.uz


rahbari innovatsiyaning ahamiyati tog‘risida quyidagilarni ta’kidladi: «Innovatsiya bu 
kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan 
bo’lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz 
kerak». 2018-yilda respublikamizda innovatsiyalarni rivojlantirishning asosiy 
vazifalari qatorida quyidagilar belgilandi: «Kelgusi yilda ilmiy tadqiqot va 
innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni 
safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g‘oya va 
ishlanmalarni har tomonlama qo’llab quvvatlash vazifasi e’tiborimiz markazida 
bo’ladi» [1] 
Demak, bugungi kunda har bir soha va tizim faoliyatini innovatsion g‘oyalar va 
texnologiyalar asosida olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan mavzuga 
kirishishdan oldin «innovatsiya» so’zining ma’nosiga biroz to’xtalishni lozim topdik. 
Innovatsiya tushunchasi (lotincha novus yangi) tadqiqotlarda va ilmiy ishlarda XIX 
asrlarda qo’llanila boshlagan. Avval u alohida elementlarni bir sohadan boshqa 
sohaga kiritishni ifodalagan. Texnikaviy yangiliklar kiritish qonuniyatlarini o’rganib 
firmalar foyda olish uchun «innovatsion siyosatni» butun bir tizim sifatida 
o’zlashtirishdi. Mazkur faoliyat jamiyat hayotining ixtiyoriy bo’g‘inini yangilash 
bo’yicha umumiy belgilarga, qonuniyatlar, yangilik kiritish mexanizmiga ega. 
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda o’qituvchi va talaba faoliyatiga 
yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan 
foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir 
o’quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan 
foydalanganda bilim olish o’quvchi uchun qiziqarli mashg‘ulotga aylanadi. Interfaol 
usullar qo’llanilganda o’quvchilar o’qituvchilar yordami va hamkorligida mustaqil 
ishlash ko’nikma va malakalariga ega bo’ladilar. O’quvchilar yangi bilimlarni ilmiy 
izlanish, tadqiqotchilik, tajriba sinovlar o’tkazish asosida o’zlashtiradilar. Ilm orqali 
bilim olish tamoyiliga amal qilinadi. Ta’lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga 
bo’lingan holda ishlaydilar. O’quv topshiriqlari alohida bir o’quvchiga emas, balki 
kichik guruhning barcha a’zolariga beriladi. O’qitish jarayonini tashkil etishning 
asosiy shakli darsdir. Hozirgi paytda darsning xilma xil noan’anaviy shakllari joriy 
etilmoqda. Bunday darslar o‘quvchining ijodiy qobiliyatini o’stirish, aqliy 
salohiyatini kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va har bir yangilikni tez 
va to’la qabul qila olish ko’nikma va malakalarining shakllanishiga xizmat qiladi. 
Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo’llash o‘quvchilarda ilmiy izlanishga 
qiziqishni uyg‘otadi, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada 
egallangan bilim, ko’nikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi, o’zlashtirish 
sifati oshadi. Buning uchun o’qituvchi mahoratli bo’lishi va mavzularning 
mazmuniga qarab darsni to’g‘ri rejalashtirishi, mashg‘ulot davomida barcha 
o‘quvchilarni faol va ongli ishlashlariga erishmog‘i lozim. Zero, o‘qituvchi ta’lim 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 5 / 2020
ISSN 2181-063X
153
http://oac.dsmi-qf.uz


islohotining bosh ijrochisidir. Bunda har bir o‘qituvchini qisqa vaqt ichida juda katta 
miqdordagi axborot to’plamini o’zlashtirish, qayta ishlash va amalda qo’llay olishga 
o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Uni hal qilishda o‘qituvchiga o‘qitishning 
an’anaviy usullari bilan birga zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan 
kompyuterlardan foydalanish yordam beradi.
Pedagogik innovatsiya bu pedagogik g‘aoliyatdagi yangilik, o'qitish va tarbiya 
mazmuni va texnologiyasidagi o'zgarishlar, ularning samaradorligini oshirishga 
qaratilgan.Innovatsiya - innovatsiya natijasi sifatida tushuniladi va innovatsion 
jarayon uchta asosiy bosqichning rivojlanishi sifatida qaraladi: g'oyani yaratish 
(ma'lum bir holatda, ilmiy kashg‘iyot), amaliy jihatlarda g'oyalarni rivojlantirish va 
yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish. [2]
Pedagogik innovatsiyalab samaradorligining o’lchovi sifatida optimallik 
o’qituvchi va o’quvchilarning kafolatlangan natijaga erishishi uchun kuch-quvvat 
sarflashlarini taqozo etadi. Turli o’qituvchilar va o’quvchilar o’zlarining shaxsiy 
pedagogik hamda o’quv faoliyatlari jarayonida turlicha darajadagi samaradorlikka 
erishadilar. Xuddi mana shuning o’zi pedagogik innovatsiyalarning optimallik 
darajasini belgilaydi. Innovatsion usullarning eng muhim belgisi sifatida 
natijalanganlik o’qituvchi faoliyatida ijobiy yutuqlarga erishilgandagina namoyon 
bo’ladi. O’lchovlardagi texnologiklik, kuzatuvchanlik, natijalarning qayd etilganligi 
o’qitishning yangi usullari, metodlarini baholash orqali namoyon bo’ladi. Mazkur 
o’lchovning ahamiyatli jihati shaxs, uning idroki va tushunchalarini 
shakllantirishning bir butunligida namoyon bo’ladi. Shu munosabat bilan innovatsion 
jarayonni ilmiy g'oyani amaliy foydalanish bosqichiga olib chiqish va shu bilan 
bog'liq ijtimoiy pedagogik muhitdagi o'zgarishlarni amalga oshirish jarayoni deb 
hisoblash mumkin. G'oyalarning innovatsiyaga aylanishini ta'minlaydigan va bu 
jarayonni boshqarish tizimini shakllantiradigan faoliyat bu innovatsion faoliyatdir. 
Innovatsiya jarayoni rivojlanish bosqichlarining yana bir o'ziga xos xususiyati 
mavjud. Pedagogik tajribada pedagogik innovatsiyalarni ijodiy qo’llash alohida 
o’qituvchilar ish faoliyatining boshlang‘ich bosqichida namoyon bo’ladi. Mazkur 
innovatsiyalar tajribasi sinovdan o’tkazilib, ob’ektiv baholangandan so’ng ommaviy 
tarzda qo’llash uchun taqdim etiladi. Keng ommalashgan, ijobiy natijalarga erishish 
imkonini beradigan innovatsion usullardan foydalangan holda o’qituvchilarning 
kreativ funksiyalarini rivojlantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.Pedagogik 
innovatsiyalarni baholash mezonlarini bilish o’qituvchining pedagogik ijodning 
rangbarang shakllarini o’zlashtirishi uchun qulay sharoit yaratadi. Pedagogik 
madaniyatning oddiy esda qolgan bilimlarni takrorlash shaklidan boshlab, ilmiy 
pedagogik jamoatchilikka ma’lum bo’lgan g‘oyalar, konsepsiyalar, texnologiyalarni 
o’z shaxsiy faoliyatiga singdirishdan ularni evristik, kreativ ishlab chiqish va 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 5 / 2020
ISSN 2181-063X
154
http://oac.dsmi-qf.uz


amaliyotga joriy etishga qadar bo’lajak pedagoglarning kundalik harakati mazmunini 
tashkil etishi lozim. 
Pedagogik innovatsiyalarning mazmuni, uni qo’llash metodlarini bo’lajak 
o’qituvchilar tajribasiga singdirish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim muassasasi 
hayotiga pedagogik innovatsiyalarni keng ko’lamda olib kirish uchun unda yangilik 
muhitini yaratish, muayyan axloqiy psixologik holatni shakllantirish, tashkiliy, 
metodik, psixologik xarakterdagi choratadbirlarni kullash talab etiladi. Shu maksadda 
bulajak ukituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish, ularni pedagogik 
innovatsiyalar bilan izchil kurollantirib borish, innovatsion usullarni tahlil va tatbiq 
qilishga o’rgatish vazifasini kuyish lozim[2]. Pedagogika fanida ta'lim tizimidagi 
yangilik masalalari muttasil mutaxassislar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Biroq, 
ijtimoiy-pedagogik yangiliklar mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlantirish omili sifatida, 
bir tomondan, nisbatan yaqinda tez rivojlanayotgan ijtimoiy pedagogika fan va 
amaliy faoliyat sohasi sifatida nisbatan yaqinda paydo bo'lganligi sababli, boshqa 
tomondan, 
ta'limni 
markazsizlashtirish 
va 
mintaqalashtirishning 
ijtimoiy 
tendensiyasining nisbiy yangiligi bilan bog'liq. Bundan tashqari, xususiy, to'g'ri 
pedagogik (masalan, uslubiy) yangiliklarning samaradorligi, agar ular ijtimoiy-
pedagogik rejada qo'llab-quvvatlanmasa, qo'llab-quvvatlanmasa, ancha past bo'ladi. 
Shunday qilib, xususiy innovatsiyalar va ijtimoiy-pedagogik yangiliklarni qo'llab-
quvvatlovchi ijtimoiy-pedagogik kontekstni yaratish ham, ma'lum hajm, miqyos va 
daraja umuman mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlanishini sezilarli darajada 
kuchaytirishi mumkin. [3] 
Xususan, turli xil innovatsion jarayonlarning hayotiy davrlarini o'rgangan 
pedagogik innovatsiyalar sohasi mutaxassisi V.I.Zagvyazinskiy ta’kidlashicha 
yangilikni rivojlantirish natijasida ijobiy natijalarga erishgan holda, o'qituvchilar uni 
asossiz ravishda uni universallashtirishga, uni pedagogik amaliyotning barcha 
sohalariga 
tatbiq 
etishga 
intilayotganliklarini 
ta'kidlaydilar. 
Ko'pincha 
muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi va umidsizlikka olib keladi, yangilikka 
soviydi.Boshqa bir tuzilmani (hozir aytilganiga juda yaqin) aniqlash mumkin. Bu 
moddiy ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalar nazariyasidan olingan innovatsiya 
genezisining tuzilishi. Ammo o'quvchi yetarlicha rivojlangan tasavvurga ega bo'lsa, 
maktabdagi innovatsion jarayonlarga o'tish juda qulay: g'oyaning paydo bo'lishi - 
rivojlanishi - dizayn (qog'ozda nima bor) - ishlab chiqarish (ya'ni amaliy ishda 
o'zlashtirish) - boshqa odamlar tomonidan foydalanish. [4] 
Yuqoridagilardan tashqari har qanday innovatsion jarayonda yangiliklarni 
yaratish va yangiliklardan g‘oydalanish (o'zlashtirish) kabi tuzilmalarni ko'rish oson; 
bir-biri bilan bog'liq bo'lgan mikroinnovatsion jarayonlardan iborat bo'lgan butun 
maktabning rivojlanishi asosida yotadigan murakkab innovatsion jarayon.
Xulosa 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 5 / 2020
ISSN 2181-063X
155
http://oac.dsmi-qf.uz


O’qituvchilarda ijodkorlikni shakllantirishning muhim pedagogik sharti uni 
mustaqil bilim olish va ijodiy fikirlashga yónaltirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda, 
o‘qituvchilar orasida ijodiy muhit, muayyan ma‘naviy-ruhiy holat, tashkiliy, metodik, 
psixologik chora-tadbirlar qo‘llashga ham alohida e`tibor qaratish lozim.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin