Peshob klinik taxlili
Pesltob
(urina)
-
tarkibida
organizmdagi
moddalar
almashinuvining oxirgi maxsulotlarini ajratuvchi, biologik suyuqlik.
Peshob buyrak koptokchalarida qon plazmasining filtratsiyasidan va
plazmadagi ko'plab erigan moddalaming, kanalchalarda suvning qayta
qo‘rilishidan xosil bo'ladi.
Peshob xosil bo‘Iish mexanizmi
I bosqich - qon plazmasining nefronning kapillyar koptokchalarida
so‘rilishi va utrafiltrat xosil bo‘lishi.
II bosqich - nefron kanallarida suv, ionlar, glyukoza va boshqa
moddalar reabsorbsiyasi, siydik kislota, N+-ionlari va x.k sekretsiyasi.
Peshobni tekshirish shifokorga tashxis qo‘yish va kasallik
kechishini kuzatish uchun kerak. Buyrak va siydik y o ilarid a kechuvchi
turli xil patologik jarayonlar siydik xossalarida namoyon boMadi.
Bundan tashqari, organizm jaroxatlanganda, almashinuvning turli qoldiq
mvxsulotlari qonga tushadi, buyraklar bilan ajralib, peshob orqali
chiqariladi. Ulaming aniqlanilishi muxim diagnostik axamiyatga ega.
Peshobni tekshirish fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibini aniqlash
va peshob cho‘kmasini mikroskopik o ‘rganishdan iborat.
Tekshirish uchun tashqi jinsiy a'zolari tozalangandan so‘ng,
ertalabki (konsentratsiyalangan) peshobning xamma porsiyasi olinadi.
Peshob toza, yog‘sizlantirilgan, quruq idishga yig‘iladi, sovuq joy da
saqlanishi kerak. Mikroskopik tekshiruv, siydik olinganidan keyin 2 soat
ichida o ‘tkazilishi kerak.
Peshobning fizik xususiyatlari
M iqdori
Oddiy, aralash ovqatlanishdagi, katta odamda, peshobning sutkalik
miqdori - sutkalik diurez (diuresis) 800 - 1500 ml atrofida tebranib
turadi. Bolalarda 2-3ml/tv ga soatiga to ‘g‘ri keladi. Sutkalik diurezni
aniqlash uchun, sutka davomida qabul qilinayotgan suyuqlik miqdori va
peshob miqdori taqqoslanadi. Normada qabul qilinayotgan suyuqlik
xajmidan 60-80% i chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: