• kamerani to‘ldirishdan oldin probirkadagi aralashma bir necha
martta aralashtiriladi, keyin yumaloq shisha tayoqcha oxiri bilan,
probirkani egiltirib, qon tomchisi olinadi
va kameraning silliqlangan
oynasi chetiga qo‘yiladi. Agar kamerani to‘liq to‘lishi uchun bir tomchi
qon kamlik qilsa, boshqa tomchi bilan to‘ldiriladi;
• kamera to'ldirilgandan so‘ng shaklli elementlar cho‘kishi uchun
1-2 minut ga qoldiriladi, keyin mikroskop ostiga qo‘yiladi;
• shaklli elementlar mikroskopni kichik kattalashtirgichida
xisoblanadi
• eritrotsitlar 80 ta kichik
kvadratlarda xisoblanadi, bu diagonal
joylashgan 5 ta katta kvadratga to‘g‘ri keladi.
• Qoida bo‘yicha, kichik kvadrat ichidagi, uning yuqori va chap
chegaralarida yotuvchi eritrotsitlar xisoblashga yaroqli xisoblanadi.
Eritrotsitlar sonini 80
ta kichik kvadratlarda sanab, formula
bo'yicha 1 mm3 qondagi va 1 litr qondagi eritrotsitlar xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: