Agranulotsitlarning
yadrosi
bo‘laklarga
bo‘linmagan
va
sitoplazmasi bazofil (xavorang), sitoplazmada donadorlik yo‘q. Ularga
kiradi:
• limfotsitlar;
• monotsitlar.
Leykotsitar formulani aniqlash
Leykotsitar formula bo‘yalgan surtmalarda xisoblaniladi. Aniq
xisoblash uchun kamida 200 ta leykotsitni xisoblab qo‘rish zarur.
Surtma tayyorlash texnikasi
■ qon surtmasi yog‘sizlantirilgan buyum oynasida tayyorlanadi;
■ barmoqning igna sanchilgan joyi
quruq paxta sharigi bilan
artiladi va buyum oynasining chetidan 1,5-2 sm qon tomchisi suriladi;
■ chetlari kesilgan, silliqlangan buyum oynasini qon tomchisidan
45° burchak ostida o‘matiladi va qon silliqlangan buyum oynasiga bir
tekis tarqalishi uchun, tomchiga ozgina ta'sir etiladi;
■ so‘ngra,
qonni bir tekis taqsimlab, bosmasdan silliqlangan
buyum oynasi, buyum oynasi bo‘ylab o‘tkaziladi; surtma yupqa va tekis
bo‘lishi zarur;
■ surtma xavoda quritiladi va 3-5 min metil spirtida yoki 5-10
min May - Gryunvald eozinmetil ko‘ki eritmasida fiksatsiyalanadi;
■ keyin surtma Romanovskiy - Gimza usuli bilan 30 - 40 min
davomida bo‘yaladi, bo‘yoqning ortiqchasi oqar suvda yuvib tashlanadi
va surtma quritiladi.
Romanovskiy - Gimza bo‘yog‘i (zavodda tayyorlangan) quyidagi
tarkibga ega: azur II - 3 g; suvda eruvchan sariq eozin - 0,8 g; glitserin
- 250 ml; metil spirti - 250 ml (asosiy eritma).
Ishni boshlashdan oldin undan extempore, 1-2 tomchi asosiy
eritma 1 ml distillangan
suv bilan aralashtirilib, ishchi eritma
tayyorlanadi.
Pappengeym
bo‘yicha
kombinirlangan
bo‘yashdan
xam
foydalanish mumkin: fiksatsiyalanmagan surtmaga pipetka yordamida,
May - Gryunvaldning tayyor bo‘yoq-fiksatori qo‘shiladi. 3 minutdan
keyin qoplovchi surtma bo‘yoqqa teng
miqdorda distillangan suv
qo‘shiladi va bo‘yashni yana 1 min davom ettiriladi. Keyin bo‘yoq
yuvib tashlanadi va surtma xavoda quritiladi. Quritilgan surtmani
Romanovskiy bo‘yog‘ini yangi tayyorlangan suvli eritmasi bilan 8-15
22
min davomida qayta bo‘yaladi. Bu usul suyak ko‘migi punktatlari
surtmalarini bo‘yash uchun eng yaxshi usul xisoblanadi;
Sanash tartibi
■ Surtmaning to‘rtta chetki soxalariga immersion yog‘ tomiziladi.
Shu soxalardan birini ko‘ruv maydoniga to‘g‘rilanadi;
■ Surtmani mikroskop okulyari ostida xarakatlanish,
egri-bugri
chiziq bilan amalga oshiriladi. Bu leykotsitlarning xar bir turini aniq
xisoblash uchun kerak. Chunki surtmada ular notekis tarqalgan bo‘ladi:
eng og‘irlari - bazofillar, eozinofillar va monotsitlar - chetlariga yaqin,
yengilrog‘lari esa -
limfotsitlar - markazga yaqin;
■ Avval leykotsitlarning aloxida turlarini farqlashni o‘rganish
kerak, donador va donasiz leykotsitlar yadrosi shakliga, donador
leykotsitlar protoplazmasidagi yadrolaming xajmi va bo‘yalishiga,
eritrotsitlarda yadro yo‘qligiga ishonch xosil qilish kerak;
■ Qog‘ozga leykotsitlarning asosiy shakllari bilan ustun chiziladi;
xar bir qo‘ruv maydonida aniqlangan kajdbiy
leykotsitni kervkli ustunga
nuqta yoki chiziqcha bilan belgilanadi;
■ Xisoblash uchun o‘n bir klavishli xisoblagichdan foydalanish
qulayroq;
■ Xisoblash aniqroq boiishi uchun 200 ta leykotsit sanaladi - 50
katakdan yuqori va pastki qirralari bo‘ylab, surtmaning boshida va
oxirida.
■ Qondagi leykotsit ma'lum turini foiz tarkibini aniqlash uchun,
xar bir ustundagi xujayra miqdorini 2 ga bo‘lish zarur, chunki 200 ta
xujayra xisoblangan.
Dostları ilə paylaş: