• xomiladorlar toksikozida.
Gipostenuriya (hyposthenuria)
-nisbiy zichlik 1,010 dan kam:
• buyrak kanalchalarining o ‘tkir zararlanishi;
• qandsiz diabet;
• surunkali buyrak yetishmovchiligi;
• yomon sifatli gipertenziya.
Izostenuriya (isosthenuria) -
peshob va qon plazmasi osmotik
bosimi teng bo‘lgan xolat (nisbiy zichlik 1,010-1,011, peshob osmotik
konsentratsiyasi 280-320 mosm/ldan oshmaydi), -
buyraklar
konsentratsion funksiyasi butunlay yo‘qolganidan dalolat beradi.
Siydikning nisbiy zichligini aniqlash
Siydik nisbiy zichligi urometr yordamida oMchanadi (1,000 - 1,050
shkalali areometr;):
• siydik 50 yoki 100 ml ingichka probirkaga quyiladi, ko‘pik xosil
bo‘lmasligi kerak (ko‘pik xosil bo‘lsa, filtrlangan qog‘oz yordamida olib
tashlanadi);
• silindrga astalik bilan urometr tushiriladi va tebranishdan
to ‘xtaganidan so‘ng, pastki menisk bo‘yicha nisbiy zichlik aniqlaniladi
(urometr silindrda erkin suzishi va devoriga tegmasligi kerak).
Peshob rangi
Normada peshob rangi uning konsentratsiyasiga bog‘liq va och-
sariqdan yantar-sariqqacha tebranib turadi.
Normal
peshobning
bo'yalishi uning tarkibidagi uroxrom A va V, urobilinoidlar, uroetrin va
boshqa qon pigmentlaridan xosil bo‘luvchi moddalarga bog‘liq.
Peshob rangi ba'zi dori preparatlari va oziq-ovqat maxsulotlari
(qizilcha, sabzi va x.k.) qabul qilganda xam o ‘zgarishi mumkin.
Ba'zan peshob rangi normal boMsada, cho‘kmalar tarkibidagi
tuzlar, shaklli elementlar, shilliqqa qarab turli xil rangga bo‘yalishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: