11-modda. Klinik sinovda ixtiyoriy qatnashayotgan mijozning huquqlari
Farmakologik vositaning klinik sinovida ishtirok etishga yozma rozilik bergan ixtiyoriy qatnashayotgan mijoz sinovni o‘tkazuvchi shifokordan bu uslubning ahamiyati, mohiyati va bunday sinov keltirib chiqarishi ehtimol tutilgan xavf to‘g‘risida oldindan batafsil tushuntirish olishi, shuningdek u istalgan bosqichda sinovda qatnashishni rad etish huquqiga ega ekanligidan xabardor qilinishi lozim.
Sinov voyaga etmagan yoki muomalaga layoqatsiz mijoz ishtirokida o‘tkaziladigan bo‘lsa, uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma tarzda rozilik olinishi kerak. Voyaga etmagan mijozlar ishtirokida o‘tkaziladigan sinovdan oldin, qoida tariqasida, sinov voyaga etganlarda o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Farmakologik vositaning klinik sinovini boshlashdan oldin sinovni o‘tkazayotgan davolash-kasallikning oldini olish muassasasi sug‘urta tashkiloti bilan mijozning salomatligi va hayotini sug‘urta qilish yuzasidan shartnoma tuzishi shart.

Preparatni qo‘llash jarayonida xavfli nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishining oldini olish uchun yangi dori yoki davolash usulini odamlardan sinovdan o‘tkazish zarur. Buning uchun ko‘p markazli klinik sinovlar, ayrim hollarda esa – millatlararo tadqiqotlar o‘tkaziladi.
Bunda ham axloqiy xususiyatga ega muammolar yuzaga keladi. Masalan, turli mamlakatlarning qonun hujjatlari va ijtimoiy shart-sharoitlari xususiyatlarini e’tiborga olgan holda randomizatsiya qilingan tadqiqotlarni qanday qilib to‘g‘ri tashkil etish, shuningdek ularda ishtirok etgan shaxslarning huquqlariga rioya etilishini ta’minlash hamda mazkur huquqlarni himoya qilish mumkin? Bu va boshqa ko‘plab axloqiy, yuridik va ijtimoiy muammolar alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi va butun dunyoda professionallar va jamoatchilik vakillari tomonidan bioetika, huquq, diniy an’analar nuqtai nazaridan muhokama qilinadi.