1992 yilning oktyabrida Oksfordda birinchi Kokran markazi ochildi. 1993 yilning oktyabrida birinchi Kokran kollokviumi o‘tkazildi, unda 9 mamlakatning 73 vakili Kokran hamkorligining hammuassislari bo‘ldi. Kokran hamkorligining asosiy vazifasi tibbiy aralashuvlar natijalarining tizimli sharhlarini yaratish, yangilab turish va tarqatishdan iborat. Mazkur sharhlar tibbiyotning turli sohalarida manfaatdor shaxslarga qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Tizimli sharhlar elektron shaklda «The Cochrane Database of Systematic Reviews» (Tizimli sharhlarning Kokran ma’lumotlar bazasi) nomi bilan muntazam e’lon qilinib boriladi. Bugungi kunda isbotlovchi tibbiyot nomini olgan tizimning kurtaklari XIX asrdayoq yuzaga kelgan va tibbiyotda qadimdan hukm surgan eskilik sarqitlari va xurofiy an’analarga qarshi ilg‘or vrachlarning kurashi bilan bog‘liq bo‘lgan. Uning asosiy prinsiplari Fransiyada bundan 150 yil muqaddam shakllangan. o‘sha davrda amaliy tibbiyotning fan bilan aloqasi juda zaif edi, vrachlarni esa patofiziologik mexanizmlar haqidagi ma’lumotlar juda qiziqtirardi.