Sharof Rashidov tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 17-umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti Metod birlashmasi -sonli yig’ilishining bayonnomasidan
KO’CHIRMA 2023-yil __ -mart 17-sonli maktab
Qatnashdilar: Jo’rayeva Zulfiya – metod birlashma raisi
Qatnashdi: Metod birlashmaning
8 nafar a’zolari
Qatnashmadi:- nafar
KUN TARTIBI Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Usmonova Sadoqat Faxriddin qizining ilg’or tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish to’g’risida
ESHITILDI: Yig’ilishni metod birlashma raisi Jo’rayeva Zulfiya ochib berdi. U o’z so’zida shunday dedi:O’qituvchilik sharafli va mashaqqatli kasb. Ayniqsa ona tili fanining ko’p jihatlariga o’quvchilar e’tibor berishmaydi. Ammo yangi darsliklar o’quvchilarni ko’proq fikrlashga undamoqda va fanga ham qiziqtirmoqda deyish mumkin. Yosh o’qituvchilarimizdan biri Usmonova Sadoqatning 7-sinflarda ona tili fanidan “Matn o‘qish (Ko‘chirmachilik taraqqiyotimiz ildiziga urilgan boltadir). Olinma so‘zlar” mavzusidagi bir soatlik dars ishlanmasi bilan tanishib chiqdim. Darsning ayniqsa guruhlarga bo’linishi o’quvchilarga ko’proq ma’qul keladi deb o’ylayman. Chunki darsda guruhlar boshqa tillarda so’zlashuvchi, so’z oladigan tillarimizda gaplashuvchi xalqlar nomi bilan atalgan. Bundan tashqari turli xil innovatsion metodlar ham mavzuning yaxshi o’zlashtirilishiga xizmat qiladi deb o’ylayman.
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Abduxalilova Nilufar so’zi: Ona tili darsligida grammatik topshiriqlarga ko’p ham o’rin ajratilmagan, ammo matn tarkibida olinma so’zlarni aniqlash va o’quvchilarga shu asosda tushunchalar berish lozim edi. O’qituvchi ko’zlagan maqsadiga erisha bildi, nazarimda. Boisi nutqiy va grammatik mavzular bog’landi. Shuningdek, o’tilgan va yangi mavzu ham o’zaro bog’lanib ketildi.
So’z maktabning o’quv ishlar bo’yicha director o’rinbosari, ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Muhayyo Salohiddinovaga berildi. U o’z so’zida darsda qo’llangan metodlarga to’xtalib, o’z fikr va mulohazalarini bildirdi.
Qodirova G. so’zi: Urazova Dilfuzaning darslarini muntazam kuzatib borishga harakat qilaman. Darslarini noodatiy tarzda tashkillashtiradilar. Har bir darsida yangi yangi metodlardan foydalanadi. Hamda òquvchilar bilan hamkorlikda ish olib boradi.Darslarida sinfdagi barca òquvchilar bilan ishlashga harakat qiladi.
Yig’ilishda metodbirlashma raisi va a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlar e’tiborga olinib tajribali o’qituvchining ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish bo’yicha Pedagogika kengashiga taqdim etish masalasi bir ovozdan maqullandi.
“Qarshilar”- yo’q, “Betaraflar”-yo’q. Yuqoridagi fikr mulohazalar asosida metodbirlashma yig’ilishi
QAROR QILADI: O’qituvchilarning ilg’or ish tajribalari yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ingliz tili fani o’qituvchisi Urazova Dilfuzaning ilg’or ish tajribalarini maktab miqyosida ommalashtirish yuzasidan Pedagogika kengashida ko’rib chiqish va muhokama qilish uchun kiritilsin.
Qaror ijrosini ta’minlash metod birlashma raisi Shukurullayeva Umsin zimmasiga yuklatilsin.
Maktab metod birlashma raisi: _________Shukurullayeva U.