Andijon shahar 8-umumta’lim maktabi pedagogik kengashi yig‘ilish bayonnomasidan
KO’CHIRMA Qatnashdilar: 8-maktab direktori I.Ibragimova, yetakchi o‘qituvchilar M.Umarova, N.Oxunova, o‘qituvchilar: M.Abdullayeva, H.Qambarova.
Kun tartibi: 1. Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Informatika o`qitish metodikasi yo‘nalishi 4 bosqich talabalarining pedagogik amaliyoti haqida.
Eshitildi 1: 8-maktab direktori I.Ibragimova so‘zga chiqib, yig‘ilish qatnashchilarini 2021 yilning 1 fevraldan 20 martgacha Axborot texnologiyalari fakulteti Kasb ta’limi (Informatika o`qitish metodikasi) yo‘nalishi bitiruvchilari (Jadval 1) pedagogik amaliyotda bo‘lganliklari to‘g‘risida to‘xtalib, amaliyotchilarning olib borgan ishlari haqida qisqacha axborot berdi va so‘zni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga berdi.
Jadval 1
№
Talabaning FIO
Kurs, guruh
Pеdagogik amaliyot o‘tkaziladigan ta’lim muassasasi
Eshitildi 2. Maktab direktori o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Umarova so‘zga chiqib, amaliyotchi talabalarning amaliyot davrida olib borgan ishlari haqida atroflicha axborot berdi. Jumladan, u shunday dedi: - “Har bir amaliyotchi talabaga amaliyotning birinchi kunidan boshlab guruh va fan o‘qituvchisi biriktirildi. Talabalar amaliyotning birinchi haftasida biriktirilgan guruhlari bilan tanishish, maktabimiz fan o‘qituvchilarining dars o‘tish metodikasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida darslarni kuzatish bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Fan o‘qituvchilarining me’yoriy hujjatlari, jumladan, fan dasturi va ish rejalari bilan tanishishdi. Guruh rahbarining guruhda olib boradigan ishlari rejalari bilan tanishdilar.
Amaliyotning ikkinchi haftasidan boshlab, fan o‘qituvchisining nazorati ostida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishdi, belgilangan guruhlarda guruh rahbari bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borishdi.
Amaliyot olib borgan talabalarning barchasi o‘zlariga belgilangan ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelishdi. Amaliyot davrida Informatika o’qitish metodikasi kafedrasidan biriktirilgan professor-o‘qituvchilar yaqindan ko‘maklashib kelishdi.
Bizning fikrimizcha, amaliyotchi Kasb ta’limi (Informatika o`qitish metodikasi) yo‘nalishi 4 bosqich talabalari amaliyot dasturida ko‘rsatilgan maqsadga to‘la erishdilar deb o‘ylaymiz va ularni kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ishonch bildiramiz”.
Yig‘ilish qatnashchilari ushbu fikrni ma’qulladilar va kerakli maslahatlar berishdi.
Yig‘ilish qaror qiladi: 1. Maktab direktori I.Ibragimova va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Umarovaning ma’lumoti axborot uchun qabul qilinsin.
2. Kasb ta’limi (Informatika o`qitish metodikasi) yo‘nalishi 4-bosqich talabalari amaliyotni muvaffaqiyatli tamomladi deb hisoblansin.
3. Yig‘ilishning ushbu qarorini ma’qullash 8-maktab rahbariyati o‘quv bo‘limidan so‘ralsin.
Yig‘ilish raisi: I.Ibragimova
Yig‘ilish kotibi: X.Qambarova Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti
5111000 – Kasb ta’limi
(5330200 – Informatika va axborot texnologiyalari)
yo’nalishi 4 bosqich talabasi Sulaymonov Yusupjonning
pedagogik amaliyoti davridagi faoliyatiga
TAVSIFNOMA
Sulaymonov Yusupjon 2019 yilning 1 noyabridan 7 dekabrgacha Toshkent Agrar universiteti Andijon filiali qoshidagi akademik litseyida pedagogik amaliyotni o’tadi.
Amaliyotni birinchi haftasida akademik litsey ma’muriyatining ishlari, hayoti, fanga oid hujjatlar hamda talabalar bilan tanishdi va fanga oid metodik darslarni kuzatdi.
Guruh kuratorlarining me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tanishdi. Guruh tarkibidagi o’quvchilar va ularning psixologiyasi va boshqa jihatlari bilan tanishdi.
Litseydagi malakali va tajribali o’qituvchilarning dars mashg’ulotlarini kuzatish davomida ularning darslarini tashkil etish, o’quvchilar bilan ishlash, o’qituvchi va o’quvchi orasidagi muomala madaniyatini yaxshi o’zlashtirdi va o’z darslarida ya’ni amaliyotda qo’llay oldi.
Amaliyotning 1-2 kunlarida uchinchi bosqichdagi 2 ta guruhga “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan mustaqil dars bera boshladi.
Sulaymonov Yusupjon o’ziga berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajardi. Darslarni o’tishning texnik vositalar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, test savollari, qiziqarli tezkor savollar bilan olib bordi.
Amaliyot davrida har kuni darsning texnologik xaritasi, modeli, reja va kundaliklarni to’liq yurgizdi. Guruh rahbarlari bilan birgalikda guruh tarbiyaviy ishlarini olib bordi. Guruhdagi past o’zlashtiruvchi talabalar bilan ishladi va talabalar ichida o’z hurmatiga ega bo’ldi.
Informatika va AT fani o’qituvchilari rahbarligida maslahatlashib ish olib bordi.
Litsey mamuriyati Sulaymonov Yusupjonni o’z ustida ishlaydigan, jonkuyar, o’z kasbini hurmat qiladigan pedagog bo’lib etishadi deb ishonadi.
Sulaymonov Yusupjon litsey ma’muriyati tomonidan ijobiy baholanishga loyiq deb tavsiya qiladi.