KOGNITIV TILSHUNOSLIK FANINING RIVOJLANHISH TARIXI,
MAQSADI VA UNING O‘RGANILISH OBYEKTI.
N.Abbasova
S.Inomjonova
Annotatsiya: Kognitiv semantika tilning ma’nosini insonlar miyasida qanday
aks etishiga qarab belgilaydi yoki ifodalaydi. An’anaviy semantikadan farqli ravishda,
kognitiv semantika lingvistik voqea–hodisalarni ekstra–lingvistik faktorlar ya’ni,
asosan psixologik va ijtimoiy–madaniy faktorlarga tayanib o‘rganadi.
Kalit so‘zlar:
Tafakkur, kognitiv tilshunoslik, sintaktik komponent,
kognitologiya psixolingvistka, lisoniy tahlil, ensiklopedik ma’no, kognitiv faoliyat,
kognitiv nazariya, kognitiv grammatika.
Kognitiv tilshunoslik bilan shug‘ullangan olimlar dastlab psixolingvistlar deya
atalgan. Ular o‘z tadqiqotlarida konseptual sistemaning bor yoki yo‘qligi ustida bahs
yuritganlar va shuning oqibatida noverbal o‘ylashning mavjudligini isbotladilar.
Konseptual tizim o‘zgarmaydigan hodisa emas, aksincha rivojlanib boradigan
tushunchalardan iboratdir. Olimlar belgilar bu juda muhim axborotlarni yetkazib
berish uchun xizmat qiladi va bu belgilar insonlar tomonidan yaratilgan deb xulosa
qilganlar. Lekin, ularning nazarida, konseptual tizim kattaroq va faqatgina uning
kichikina bo‘lagi belgilar orqali ifodalanadi. Konsept tushunchasi haqida esa hali yana
alohida to‘xtalamiz.
Kognitiv orqali tilshunoslikda ma’lumlik bilan birga mashhurlik ham keldi.
Kognitiv tilshunoslik aniq bir fan doirasiga kirmaydi. Shuning uchun ham bu soha
faqat falsafadagi bilish nazariyasi bilan cheklanmasdan, balki tilni ong bilan bog’laydi
va shu xulosadan kelib chiqqan holda, kognitiv tilshunoslik bir qancha fanlar
kesishmasida yotadi.
Kognitiv tilshunoslik psixologiya, falsafa, neyrofiziologiya, politologiya,
sotsiologiya, etnografiya, antropolingvistika kabi fanlarni o’z ichiga oladi. Biroq bu
kompleksda eng katta rol tilshunoslikka tegishli va bu bo’limning rivojlanishida asosan
tilshunoslar o’zlarining katta hissalarini qo’shmoqdalar.
Shunday qilib, kognisiya, ya’ni bilish jarayoni, ma’lumotni qabul qilish, uzatish
yoki yuborish va yaratish faoliyatini o’z ichiga oladi, bu holatlar lisoniy zahira bilan
bog’liq bo’lib shubhasiz, bu lison bilan bilvosita yoki bevosita aloqada bo’ladi. Shu
xususiyatiga ko‘ra bilish fenomeni lisoniy qobilyat bilan bog‘liqdir. 1989–yil
Deysburgda (Germaniya) Xalqaro tilshunoslik simfoziumi bo‘lgan va xuddi shu
vaqtda kognitiv tilshunoslik rasmiy “yaraldi” ya’ni o’sha paytda kognitiv tilshunoslik
bo‘yicha birinchi Xalqaro konfrensiya bo‘ldi. Bu simfozium qatnashchilari kognitiv
tilshunoslikning Xalqaro assotsiatsiyasiga asos soldilar, “kognitiv tilshunoslik”
jurnalini yaratdilar va bu yo’nalishga qo’shimcha ravishda “Cognitive Linguistics
Research” nomi ostida bir qancha monograflar yaratdilar.
Rasman paydo bo’lmasdan ilgari, 1980–yillarda ham kognitiv lingvistika
bo’lgan, buni bir qancha monografiyalar nashrga chiqarilganidan ham bilishimiz
mumkin (Lakoff, Johnson 1980; Johnson–Laird, 1983; Fauconnier, 1985; Lakoff,
1987; Langacker, 1987). Ammo rasmiy e’lon qilingandan keyin uning gullab yashnash
davri bo‘ldi va o‘sha davrda ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borildi
1
Geeraerts D. va Cuyckens H. fikricha, kognitiv tilshunoslik dunyo bilan bizning
o‘zaro aloqamizda uchraydigan o‘rtacha (qiyin ham emas) ma’lumotlar strukturasini
yetkazib beruvchi eng muhim omildir. Olimlar yana alohida shuni ta’kidlab o’tadilarki,
kognitiv tilshunoslik tushunchasi va psixologiya bir xil yo’l va usulda tuziladi. Shunga
qaramasdan kognitiv psixologiya kognitiv tilshunoslikdan ko’ra ancha umumiyroq
hisoblanadi. Chunki kognitiv tilshunoslik ma’lumot uchun ma’noni uyushtirish,
yuzaga keltirish va tashishdan iborat.
Til – bu ma’lumotlarni saqlash va yangi tajribalarni muloqotga kirishishiga
yordam beradigan bilim strukturalarining yig’ilgan holatdir.
Keyinchalik, kognitiv tilshunoslikda 3ta eng muhim xususiyatlar paydo bo’ldi.
Birinchisi, lisoniy tahlilda semantika, ikkinchisi, tilshunoslikda ensiklopedik ma’no va
oxirgisi tilshunoslikda “ma’no” munosabati.
Lisoniy tahlilda semantikaning muhimligiga quyidagilar mos keladi: kognitiv
nuqtai nazaridan oddiy va soddalilik: agar tilning birinchi xususiyati kategoriyalash
bo‘lsa, shunda “ma’no” tilshunoslikda ilk fenomenondir.
Tilshunoslikda ensiklopedik ma’no bu tilni kategoriyalash xususiyatlarini
muvofiq kelishidir: agar til dunyoni kategoriyalash tizimi bo‘lsa, dunyoviy bilim
lisoniy shakllar bilan aloqador bo‘lgan darajadan farq qiluvchi strukturaviy yoki tizimli
lisoniy ma’noni joriy qilishga hojat yo‘q.
Nihoyat oxirgisi, lisoniy ma’noning istiqbolli tabiati shuni anglatadiki, til
reallikni bor bo‘yicha tasvirlamaydi, chunki tilning kategoriyalash funsiyasi individual
yoki madaniy ehtiyoj, qiziqish va tajribani aks ettiruvchi bilimni shakllantiradi.
2
Yana bir mashhur tilshunos D.U. Ashurova o’zining “Matn lingvistikasi”
kitobida kognitiv tilshunoslik haqida quyidagicha yozadi: kognitiv tilshunoslik til va
idrokning o‘zaro bog’liqlikni o‘rganadi. Kognitiv tilshunoslikda til ma’noni
saqlaydigan tasvirlaydigan va yetkazib beradigan eng asosiy birlik sifatida qaraladi.
3
Muallif kognitiv tilshunoslikdagi bir qancha muhim prinsiplarni sanab o’tadi:
1
Беседина, H. Концептуальное пространство морфологии //Концептуальное пространство
языка: Сб. науч. трудов. — Тамбов,2005. — C. 149–156.
2
Стернин, И. Методика исследования структуры концепта. //Методологические проблемы
когнитивной лингвистики. — Воронеж,2001. — С. 58–65.
3
Ashurova D.U., Galieva M.R. Text Linguistics. – Tashkent: Turon-Iqbol, 2016 .-P- 96
1) til kognitiv mexanizmdek aqliy fenomen hisoblanadi;
2) til yaratuvchanlik, tasavvur qilish qobilyatlari orqali xarakterlanadi;
3) kognitiv tilshunoslik o‘zining asosiy e’tiborini til qolipi va aqliy strukturaga,
dunyoni kategoriyalash va qabul qilish jarayoniga, shu bilan birgalikda ularni tilda aniq
ko‘rsatishga, bilim strukturalari hamda ularni og‘izaki nutqqa namoyon qilishga
qaratadi;
4) til faqatgina tilshunoslikda tashqi qolip bo‘lmay, balki bilimni namoyish
qilishning ichki sistemasi hamdir .
Sh. Safarovning fikriga ko’ra, tilshunoslikning vazifasi til orqali bilimni saqlash,
qabul qilish uzatishdan iborat. Til funksiyalarini inson miyasidagi tafakkur bilan
bog’lab tadqiq etishdir. Olim buni aynan quyidagicha ta’kidlaydi “Bilimning
mavjudligi tilning mavjudligidan. Tilning o‘zi esa kognitiv tizimning faoliyati
mahsulidir, lisoniy tarkiblar tafakkur faoliyati natijasida shakllanadi. Shunday ekan
tilshunoslik psixologiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik kabi sohalar hamkorligi
kognitiv faoliyat asosida voqelanuvchi hodisadir. Kognitiv tilshunoslik inson
tomonidan til tizimini va ushbu tizimni harakatga keltiruvchi omillami o‘zlashtirishi
va ulardan foydalanish qoidalarini qay yo‘sinda tartibga solinishi kabi masalalar bilan
shug‘ullanadi. Kognitiv tilshunos lisoniy hodisalarning tafakkur faoliyatidagi o‘rni,
bajaradigan vazifalari bilan qiziqadi. U (kognitivist) lisoniy va tafakkur faoliyatlari
munosabatlarining yuzaga keltiruvchi sabablarni qidiradi va bu sabablar oqibati
bo‘lgan muloqat matnlari – lisoniy tuzilmalarni tarkiban va mazmunan anglashga,
tahlil qilishga harakat qiladi”
4
Kognitiv tilshunoslikning maqsad vazifasi shundan iboratki, til insoniyatni
qamrab turgan urf–odati, madanaiyati, tarixini anglashda tilning aniqlanishi, inson
tajribasi va xotirasida saqlagan bilimni muayyan bir sistemaga solishi va uni
boshqalarga yuborayotganda vositachi bo‘lgan tilning rolini tadqiq etishdir.
Insoniyatning kundalik voqeaga munsoabati kognitiv nazariyaga xosdir. Chunki
biz tajribalarimiz, bilim va ko’nikmalarimiz asosida voqelikni anglaymiz va uni nutqqa
aylantiramiz. Nutq hosil bo’lishi esa eng murakkab jarayon bo’lib u quyidagicha
jarayonda bo‘ladi: nutq bosh miya po ‘stlog‘i orqali boshqariladi va tashqi muhitdan
o’tgan impulslar uni qabul qilib tahlil qiladi va nutq markaziga yuboradi. Nutqimiz
bo’lishi uchun esa biz “bilish” tushunchasiga ham alohida to’xtalib o’tishimiz kerak.
Bilish – bu eng avallo sezish va his qilish orqali yuzaga keladi.
Til va tafakkur bir–biri bilan shunchalik bog’langanki, ularning birisiz ikkinchisi
mavjud bo’la olmaydi. Til taffakurni ifоdalash uchun yordamga keladi. Bu ikkiga
tushunchaga tegishli falsаfiy va psixologik ong tushunchasi mavjud. Ammo ong
tafakkurdan ham katta tushuncha hisoblanadi. Ong psixologik jihatdan insoniyatning
fikrlashiga tegishli bo’lsa, biologik tomondan esa manitiqiy faoliyatni o’z ichiga oladi.
Bilish hodisasining yuqori bosqichi – tаfаkkur. Aslida bilish nima degani? Bilish bu
4
Сафаров, Ш. Когнитив тилшунослик. — Жиззах: Сангзор. - 2006. — Б. 4-27
inson bo’layotgan voqea–hodisalarni ongida aks ettirishidir. Bilishning ikki turi
mavjud deyishadi tilshunoslikda. Ular: hissiy va aqliy bilishdir. Sezgi a’zolarimiz
orqali bilish bu – hissiy bilish sanaladi va bunday bilish hayvonlarda ham mavjud.
Aqliy bilish faqat odamzotning o’zigagina xos bo’lib, bunda his qilishdan tashqari
voqea – hodisani anglaydi, fahmlaydi, uni saqlaydi va xulosalay oladi. Shu jarayon esa
tilda tafakkur deyiladi va ushbu jarayonlarning har biri kognitologiyada muhim
ahamiyatga egadir. Chunki kognisiyada ham inson ongidagi bilimni olishi, saqlashi va
uzata bilishi eng muhim jarayondir.
Bilish tushunchasining mahsuli –оliy idrok fahmdir. Miyaning oliy hodisasi esa
tafakkurdir. Inson tafakkur orqali tabiat va jamiyatdagi narsa – hodisalarning o’xshash
va farqli tomonlarini ajratadi, tahlil qiladi va taqqoslaydi. Bular esa til yordamida
reallashаdi vа insoniyаt uchun tushunаrli bo‘ladi. Tafаkkur kishilarning ijtimоiy ishlаb
chiqаrish jаrаyonida paydo bo’lаdi. Insoniyаt voqealikdagi hodisalarni ongigа saqlaydi
va til yordamida uzatadi. Shu sababdan ham bilish tushunchasida ong muhim rol
o’ynaydi.
Biz оng vа bilish hodisаsi tаfakkur bilаn uzviy bog’liq ekаnligini ko‘rdik. Til
bilan esa chambarchаrs bog‘liqdir. Hаr qаnday fikr sо’zlаrda o‘z ifоdаsini tоpаdi.
Bilish nаzariyasining kengayishida tilning roli sezilarli dаrajada muhim sаnaladi.
Chunki biror bir ma’noni bera olmagan, mа’lum bir tovush berаdigan sо’zlаr muayyan
bir tushuncha bermаydi vа inson ongiga hech qаnday bilim kirib bormaydi. Ongimizda
mavjud bo’lgan ma’lumotlarni til orqali ifodalashimiz uning eng muhim belgilairdan
biri hisoblanadi. Tafakkurdagi fikrni bayon qilib bera olish funksiyasini bajar olmagan
bunday so’zlar nutqda ham o’z rolini bajarib bera olmaydi.
Til va tafаkkur ba’zi bir jihatlariga ko’ra farq qiladi. Masаlan, til qоnunlаri vа
tаfаkkur qоnunlari bir–birigа umuman to’g’ri kelmaydi. Til – grаmmаtikaning
o’rgаnish o’chog’i hisoblansa (egа, kesim, aniqlovchi …) tafakkur logikа mаntiq
ilimining mаnbayi hisoblanadi. Mantiq birliklari abstract tushunchadir. Til birliklаri
esa real voqeiyidir. Mаntiq faoliyati muhim bo’lgani bilan, ammo grammatik
kategoriyalarsiz mаqsadli bo’la olmaydi. Shu jihatlariga ko’ra kognitiv tilshunoslikka
lisoniy qobilyаtning tаrkib topishini tushuntiruvchi fan deb qaraydilar. Tafakkur bu
billimni qabul qilish uni egallash jarayonidir. Bu esa o’z ichiga аnglash, sezgi,
mantiqni qаbul qiladi. Kognitiv tilshunoslik uchun esa eng asosiy birlik tushunchаdir.
Asosiy tafakkur kаtegoriyalari, jumlаdan, makon va zаmon, borliq vа jarаyon,
harakаt vа joylashuv, sabаb vа oqibat, xohish vа intilish. Bu bilimlarni osonroq yodlab
qolish va ta’tbiq etish uchun turli xil mexanizmlаrdan foydalanildi. Biroq til turli xil
holаtlarda har doim ham bir xil ma’no bermaydi ya’ni ma’no tafakkur manbalariga
qarab turli xil usullarda ifodalanadi
5
.
5
Cайидирахимова, Н. Когнитив тилшунослик ва унинг вазифалари // V Global science and
innovatsions 2019: Central Asia. International-scientific practical conference. — Astana, 2019. —
Б. 25–29.
Til va tafakkurning rivojlanishi oqibatida ushbu kognitiv tilshunoslik fanida ham
turli yo’nalishlar vujudga keldi: kognitiv grammatika, kognitiv stilistika, kognitiv
semantika, jins tilshunosligi, etnolingvistika, kognetiv fonetika. Ular orasida kognitiv
grammatika va kognitiv semantika alohida ahamiyatga ega.
Kognitiv grammatika atamasining ikkita ma’nosi bor. Keng ma’noda kognitive
grammatika kognitive lingvistikaning sinonimidir. U tildagi bilishga oid harakatlar
masalan: xotira, sezish, e’tibor va o’ylash kabilarida namoyon bo’ladi. Tor ma’noda
esa kognitiv grammatika kognitiv lingvistikaning yo’nalishidir. Kognitive
grammatikaning paydo bo’lish o’chog’ida Talmy va Langacker eng mashhurlari
sanaladi. Grammatik kategoriyalar o’z ichida quyidagilarga bo’linishi sir emas:
Dostları ilə paylaş: |