Kirish Astrofizika, kosmologiya va koinot nurlari muammolari fani koinot nurlari xosil bo’lishi, tabiati, tadqiqot yo’nalishlari, ularning astrofizik va kosmologik jarayonlardagi roli to’g’risida tushincha beradi. Demak bu bo’limda, asosan koinot nurlari tabiati, xususiyatlari, ular bilan bo’ladigan turli jarayonlar o’rganilib, ularning astrofizik jarayonlarga ta’siri hamda olam tuzilishi bilan bog’liq kosmologik tomonlari ham qarab chiqiladi. Koinot nurlari fizikasi — koinot nurlarining hosil bo’lishi va tyezlanishi — koinot zarrachalari, ularning tabiati va xususiyatlari — kosmik fazoda, atmosferada, Yer va planetalar qobig’ida koinot zarralari bilan bo’ladigan jarayonlarni o’rganadi. Bu tadqiqotlarda yadro fizikasida yaratilgan asbob — uskunalar ishlatiladi. Lekin Yerning magnit maydoni va atmosferasi koinot zarrachalarini o’rganishda asosiy rol o’ynaydi. Baland tog’ stansiyalari, havo sharlari, Yer yo’ldoshlari, raketalar, planetalararo va orbital stansiyalarning ishlatilishi koinot nurlari fizikasini geofizika va koinot fizikasi bilan chambarchas bog’laydi. Koinot nurlari astrofizikasi yo’nalishi koinotdagi radionurlanishlarni o’rganadi. Bu nurlanish radioteleskoplar yordamida o’rganiladi. Bundan tashqari rentgen va — nurlanishlar elektronlar, protonlar va yadrolar yordamida hosil bo’ladi. Bu nurlanishlar yordamida Galaktikadan tashqarida bo’lgan jarayonlarni ham o’rganish mumkin. Bundan tashqari koinot nurlari fizikasi fan — texnikaning turli sohalariga, masalan, kosmik parvozlar, yuqori energiyalar fizikasi, zarrachalar o’zaro ta’siri va ularning xususiyatlarini o’rganishga bevosita daxldordir. Dastlab 20 —asrning 30 —yillarida koinot nurlari yuqori energiyali zarralar oqimi ekanligi ma’lum bo’lgach, ularning xususitlarini o’rganishiga kirishildi. Lekin yuqori energiyali tezlatgichlar qurilishi bilan bu soha tezlatgichlar yordamida, ya’ni o’ta yuqori energiyalarda o’rganila boshlandi.