TASNIFI. Tipik va atipik kukyutal tafovut kilinadi. Tipik xollarda yukorida keltirilgan davrlar ketma – ket kelib, xar bir davrga xos belgilar kuzatiladi. Ogirligi buyicha yengil, urtacha ogir va ogir turlari mavjud. Ogirlik kursatkichlariga kiradi: yutal xurujlari soni, yutal vaktida (1 xafta) kuzatilishi, nafas olishning buzilishi, yurak- tomir tizimidagi uzgarishlar, entsefalopatiya belgilari.
Kasallikning yengil shakllarida xurujlar soni 15 tadan oshmaydi. Bemorning umumiy axvoli konikarli buladi. Ba’zi xollarda kusish buladi. Bir necha bolada yutal paytida kuchayuvchi burun- lab uchburchagi kukarishi mumkin. Doimiy belgilardan biri- bola yuzi, ayniksa kovoklardagi shishdir. Gemorragik sindrom kam uchraydi. Upka tomonidan upka kengayishi belgilari kuzatiladi. Yengil kechishiga karamay spazmatik davr 4-5 xafta davom etadi. Tuzalish davri 1-2 xafta bulib, yutal kamayadi va yengillashadi.
Kasallikning urtacha ogir shaklida yutal xurujlari soni 16- 25 tagacha boradi, reprizlar kuzatiladi. Bemorning axvoli ancha uzgaradi. Boshlangich davr 6-9 kun, spazmatik davri 5 xaftadan oshadi. Kasallik avjida bezovtalik, uykuning buzilishi, xolsizlik buladi. Xuruelar charchatadigan, tsianozli buladi. Nafas yetishmovchiligi xuruj bulmagan paytda xam kuzatiladi. Doimiy ravishda bola yuzi shishgan, gemorragik belgilar kuzatiladi. Upkada 1-2 ta kuruk va nam xirillashlar bulishi mumkin. Konda limfotsitoz, normal yoki past EChT. Ogir shaklida xurujlar soni 30 va undan ortikrok buladi. Boshlangiya davr 3-5 kun. Spazmatik davrida bolaning umumiy axvoli yomonlashadi, xolsizlik, uykuning buzilishi kuzatiladi. Yutal xurujlari uzok vakt davom etadi, apnoe xolatlari yuzaga keladi. Xuruj bulmagan vaktda xam taxipnoe, terining tsianozi kuzatiladi. Yurak- tomir tizimi faoliyati buziladi. Entsefalopatiya rivojlanib, talvasalar bulishi mumkin.
Atipik bilinar- bilinmas kukyutal uchun davrlar ketma- ketligi xos bulmay, yutal xam xos bulmaydi. Yutal odatda kuruk, asosan kechasi paydo bulib, spazmatik davrga utish (2 xafta) paytiga mos vaktda kuchayadi. Bu turi biroz yutalib yurish yoki Tomok kichishi bilan xam namoyon bulishi mumkin. Upkada biroz emfizema kuzatiladi. Yutal davomiyligi 7-50 kun, urtacha 30 kun buladi. Bakteriya tashuvchilik kuprok kattarok bemorlarda, emlanganlar yoki avval kasal bulganlarda uchraydi. Davomiyligi odatda 2 xaftadan oshmaydi.
Asoratlari aynan kukyutal kuzgatuvchisi va uning toksini tufayli yoki ikkilamchi infektsiya kushilishi okibatida yuzaga keladi. Kukyutal bronxit uchun zaxarlanish belgilari va nafas yetishmovchiligi belgilari bulmasligi xos. Auskulьtativ uzgarishlar xam kam ifodalanadi.
Mayda bronx va bronxiolalar kuprok boshka URVI kushilganda yuzaga kelib, nafas yetishmovchiligi belgilari, nam mayda va urtacha pufakli xirillashlar, obustruktiv sindrom bilan kechadi. Ikkilamchi infektsiya kushilgandagi bronxitlarda bemorning axvoli yomonlashadi, yutal xurujlari soni ortadi, balgam loyka bulib, okish- sargish tusga kiradi.
Zotiljam kukyutalda asosan ikkilamchi infektsiya xisobiga buladi. Uning klinikasi boshka kasalliklardagi zotiljamga uxshash buladi.
Entsefalopatik asoratlarning soni oxirgi paytlarda ancha kamaydi. Kukyutalda yana bir kancha asoratlar kuzatilishi mumkin. Bularga upka emfizemasi, atelektaz, pnevmotoraks, chov va kindik churrasi, kuplab kon kuyilishlar kiradi.
Kukyutal erta yoshdagi bolalarda kuprok ogir kechishi bilan izoxlanadi. Boshlangich davri kiska, bilinar- bilinmas bulib spazmatik davr 50-60 kunga chuziladi va bu davrda uziga xos reprizlar kuzatilmaydi. Yutal paytida bola kuchanadi, kizaradi, keyin tezda tsianotik tusga kiradi. Erta yoshdagi bolalarda yutal xuruji nafas tuxtab kolishi- apnoe bilan kechadi. Sinkopal apnoe asosan shu yoshda uchraydi. Bunday bolalarda kukyutal kuprok zotiljam va entsefalopatiya bilan asoratlanadi. Xozirgi zamonda kukyutal xususiyatlariga kasallik ogir turlarining kam uchrashi, asoratlar sonining kiskarishi xam kiradi. Bundan tashkari, kukyutal kuprok mikst- infektsiyasi shaklida uchramokda. Bunda kukyutal bilan birga URVI, mikoplazmali, tsitomegalovirusli infektsiya uchramokda.
Tashxisotida prodromal davrida oddiy yutalishning asta – sekin kuchayib borishi, zaxarlanish, nafas yullari katari, isitmalashning bulmasligi axamiyatga ega. Spazmatik davrda uziga xos yutal tashxisotni yengillashtiradi. Tashxisotda yana epidemiologik anamnezga xam katta axamiyat berish lozim.
Laborator tashxisotda bakteriologik usul yordam beradi. Buning axamiyati kasallik boshlarida katta buladi. Bunda yutal plastinkachalari usulidan foydalaniladi yoki tomokdan surtma olinadi. Serologik usullardan RPGA va RA kullaniladi.