Kalit so’zlar: o’
smirlik,intensiv davr, axloq, ideal, axloqiy
–
ideal, qarashlar va
e’tiqodlar,ma’naviyat.
Kirish. Shaxsning axloqiy jihatdan intensiv tarkib topishi, axloqiy ongining shakllanishi,
hatti-
harakatlarning yetik normalarini o‘zlashtirishi o‘smirlik yoshining muhim psixologik
xarakteristikalaridandir. O‘smirlik yoshi
-
o‘z hatti
-harakatlarida suyana boshlaydigan
dunyoqarashning, ma’naviy e’tiqod, prinsip hamda ideallarni baholash mu
lohazalari
tizimining tarkib topish davridir. Agar bola kichik maktab yoshi davrida kattalarning,
o‘qituvchilarning va ota
-
onalarning bevosita ko‘rsatmalari bilan yoki o‘zining tasodifiy,
impulsiv istaklari ta’siri bilan harakat qilgan bo‘lsa, endilikda un
in
g uchun o‘z hatti
-
harakatlarining prinsipi, o‘zining qarashlari, e’tiqodlari asosiy ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi
va tarbiyachi shuni nazarda tutishi lozimki, xuddi ana shu yoshda axloqiy ong taraqqiyotiga
zamin qo‘yiladi.
Avvalo biz so’z boshimizda a
xl
oq so’zi mazmun
-
mohiyati to’g’risida fikr yuritsak “
Axloq” ( arabcha –
xulq-
atvor ma’nosini bildiradi)
-
ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib ijtimoiy
munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
Axloq-
ma’navi
yatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi.
Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismoniy yetukligining mezoni bo’lgan
ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi. Axloq
-shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali
jamiyatdagi munosabatlarni boshqarish mexanizmi. Axloq shunchaki munosabatlarni tartibga
keltirish uchungina emas, balki ularni uyg’unlashtirish uchun ham zarur. Munosabatlarni
boshqarish ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: xulq-
atvorni rag’batlantiri
sh va jazolash.
Axloq jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soladi va ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari
ifodalanadigan maqsadlarni ilgari suradi.
Kamolotning krizislar, tanazzullar bosqichi bo’lmish o’smirlik davrida har bir o’smir
qay usulda axloqiy tajriba orttirishiga, qanaqangi axloqiy faoliyatni amalga oshirishiga qarab
uning shaxsi ham tarkib topa boshlaydi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, o‘smirlik yoshi
axloqiy jihatdan intensiv rivojlanish yoshi bo‘lganligi tufayli ko‘pincha o‘smir ongida,
tarb
iyachi o‘quvchi ongiga singdirmoqchi bo‘lgan hislatlarga qarama
-qarshi axloqiy
tushunchalar tarkib topishi mumkin. Biz bolani mehnat bilan jazolash mumkinmi, deb tez-tez
muzokara qilamiz. Bu muammoni o‘smirga nisbatan qo‘yadigan bo‘lsak, u yanada ortiqro
q
ahamiyat kasb etadi.
Chunki o‘smirlarda axloqiy maslaklarning ma’lum tizimi ham, shu jumladan mehnatga
munosabat ham tarkib topa boshlaydi. Ba’zi odamlar mehnat bilan jazolash mumkin deb
qaraydilar va bu holatni oqlashga harakat qiladilar. Ammo, kishilarg
a va mehnatga bo‘lgan
munosabat tarkib topa boshlagan o‘smir bu masalani tushunishga urinib ko‘radi. U o‘z
tajribasidan biladiki, katta kishilar hech qachon biron yaxshi narsa bilan jazolamaydilar.
Modomiki, jazolar ekanlar, demak biron yoqimsiz narsa bilan jazolaydilar. Agar mehnat bilan