www. kokanduni.uz •
ikkinchi bosqich
–
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
bo‘yicha 2022 yil iyunda.
Brend imidji bo‘yicha mutaxassis S.Anholt “hozirda shaharning turistik brendi bo‘lishni
istasa, uchta narsa strategiya, boshqaruv va ommaviy rasmiy tadbirlar bo‘lishi lozim” deb
ta’kidlab o‘t
gan.
S. A. Globova ta'kidlaganidek, MICEni hududni targ’ib qilish vositasi sifati
da quyidagi
natijalarga erishish mumkin
Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, MICE turizm yaxshi tashkil etilgan va targ'ib
qilinadigan tadbirlar shahar, mintaqa va mamlakatning PR-kompaniyasining asosiy
elementiga aylanishi mumkin. MICE turizmni tashkil etish sohasida yetakchilar sifatida AQSh,
Fransiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Janubiy Koreya tan olingan. Bugungi
kunda bir necha o‘nlab yo‘nalishla
rning iqtisodiy faoliyati tadbirlarga qaratilgan. Har yili MICE
turizm infratuzilmasi m
uhim va yillik voqealar maqomiga ega bo‘lgan yangi tadbirlar bilan
to‘ldiriladi. Minglab muxlislar sevimli jamoalari o‘yinlarini tomosha qilish uchun dunyo
bo‘ylab sayoh
at qi
lishga tayyor bo‘lishadi.
MICE reytingida qishki va yozgi Olimpiya o‘yinlari munosib o‘rin egallaydi. Olimpiadani
tashkil etish natijasida turizm sohasini rivojlantirish, ular o‘tkazilayotgan shahar va
mamlakatlarning imij jozibadorligini oshirishga xizmat qiluvchi yuzlab loyihalar amalga
oshirilmoqda. Birgina 2016 yil Olimpiada o‘yinl
ari paytida Braziliyaga tashrif buyurgan
xorijlik sayyohlar o‘rtasida sotsiologik tadqiqot usuli bilan aniqlangan quyidagi faktlar ushbu
sa'y-
harakatlarning natijasi bo‘
ldi: 110 ming shahar mehmonlarining 88 foizi Braziliyaga yana
turist sifatida tashrif buyurish istagini bildirdi. Bundan tashqari, Olimpiada davrida
Braziliyaga tashrif buyuruvchilar soni qariyb yetti baravarga oshgan, bu esa mamlakatning
turistik salohiyatiga qiziqishning mutanosib ravishda oshganidan dalolat beradi.