Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə353/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
davlatlar -
Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmanistondan mehmonlar kelishgan edi. 
Mazkur tadbirda 150 nafar gulchilik bilan shug‘ullanuvch
i tadbirkorlar, shuningdek, 300 dan 
ortiq havaskor gulchilar ishtirok etib, festival tarixida ilk bor 10 million 
tup gul ko‘chatlari 
ekildi. Festival 2018 yilda xalqaro maqom oldi. Unda O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan gul 
yetishtiruvchilar ishtirok etmoqda. Bayram mahalliy aholi va sayyohlar orasida katta qiziqish 
uyg‘otmoqda.
Namanganda joriy yilning 21-maydan 4-
iyunga qadar xalqaro gullar festivali bo‘lib 
o‘tadi. Oltmish ikkinchi bor o‘tkaziladigan festivalga 2,5 milliondan ortiq mehmonlar tashrifi 
kutilmoqda. Tadbir Madaniyat va turizm vazirligi, Namangan viloyati hokimligining 
Madaniyat va turizm boshqarmasi 
hamkorligida tashkil etiladi. Ta’kidlash kerakki, festival o‘z 
tarixida ikkinchi bor ikki hafta (joriy yil may oyining so‘nggi haftasi va iyun 
oyining birinchi 
o‘n kunligida) davom etadi. 2022 yilda festivalga 30 dan ortiq xorijiy davlatlardan mehmonlar 
t
ashrif buyurgan bo‘lsa, bu yil 40 dan ortiq mamlakatdan mehmonlar tashrifi kutilmoqda. Ular 
orasida diplomatik korpus vakillari, Namangan bilan birodarlashgan viloyat va shaharlar 
mutasaddilari, hamkor qo‘shma korxonalarning chet ellik rahbarlari ham qatna
shishi 
rejalashtirilgan. Qolaversa, bayramda ishtirok etadigan gulchilar geografiyasi ham kengaydi: 
o‘tgan yili Janubiy Koreya, Hindistondan gulchilar ko‘rgazmada ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil 
Germaniya, Hindiston, Polsha, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston va 
Italiya gulchilari qatnashadi. 
Bundan tashqari, festival bo‘lib o‘tadigan Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad 
Bobur nomli istirohat bog‘ida 15 million, shahar ko‘chalarida 10 million, jami 25 million gul va 
ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan. Shuningdek, shahar ko‘chalari turfa xil shaklda bezatiladi. 
Hozirgi kunda Namangan viloyatidagi 25 ta mehmonxona, 9 ta xostel, 526 ta oilaviy mehmon 
uylari, 6 ta yotoqxona, 18 ta sanatoriy va 4 ta dam olish maskani 8,5 mingdan ortiq mehmonni 
qabul qilish imkoniyatiga ega. Festival arafasida esa yana 5 ta mehmonxona ishga tushiriladi. 
Shu bilan birga, festival mehmonlariga xizmat ko‘rsatish uchun jami 80 kis
hidan iborat 
volontyorlar guruhi shakllantirilmoqda. Xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan yoshlar shaharning 
mo’jaz xaritalari va bukletlar bilan ta’minlanadi. Festivalning madaniy dasturi ham boy va 
qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, «Zahiriddin Muhammad Bobur» nomli istirohat bog‘i, 
«Afsonalar vodiysi» tematik parkida o‘rnatiladigan sahnalarda shoir va yozuvc
hilar, sirk 
ustalari, o‘zbek estradasi yulduzlari va folklor ansambllari chiqishlari namoyish etiladi.
Xulosada shuni aytish mumkinki O‘zbekisto
ndagi festevallar turizimni rivojlantirish va 
o‘zimizni milliyligimizni kuchaytirish uchun katta ro‘l o‘ynaydi hamda o‘z navbatida xalqlarni 
o‘rtasidagi ummum milliy yangiliklar an‘analarni o‘rganish. Shuningdek mamlakatlar o‘rtasida 
chambarchas bir ko‘prikni bog‘lash va xalqaro jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishini ko‘rsatib 
o‘tmoqda hamda milliy madaniyatni ko‘rsatilinganligi ularni o‘z malakasiga yetarli bo‘lgan 
mutaxasislar ishlab chiqganligini. Zamonaviy dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va o‘z millatnin

o‘z merosini saqlaganligi bu juda quvonarli holat ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan yuqoridagi bari 
ma‘lumotlarda. 

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin