324
www.
kokanduni.uz
TOSHKENT VILOYATI MDH MAMLAKATLARI BILAN TASHQI SAVDO A’L
OQALARI
Mamasoliyev Javlonbek Ortiq o‘g‘li
Qo‘qon universiteti 3
-bosqich talabasi,
Toxirov Rustam Solijonovich
Qo‘qon universiteti doktoranti
Annotatsiya.
Xususan mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul
qilingan qarorlar mahalliy kompan
iyalarga sog‘lom raqobat muhitida sifatli va
raqobatbardosh hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, o‘z vaqtida xaridorlarga
etkazilishida bir qator q
ulayliklar tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirishga imkon beradi.
Shuningdek, korxona va tashkilotlarga davlatimiz tomonidan bir qator imtiyoz va qulayliklar
yaratib berilmoqda, xususan, davlat soliqlarining ma’lum bir muddatga uzaytirilishi va
belgil
angan vaqtda qisman bo‘lib to‘lanishi, eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha ham
qulaylik va yengi
lliklar yaratilishi savdo aloqalarining o‘sishiga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar.
MDH davlatlari, Eksport, TSAda, Import, Mashina va transport asbob-
uskunalari, Oziq-ovqat xom-ashyosi.
Toshkent Viloyatda tashqi savdoni qo‘llab
-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu
sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora
-tadbirlar
natijasida 2021- yilning yanvar-may oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining
ulushi 45,5 %ni hamda tashqi savdo aylanmasi 2020- yilning shu davriga nisbatan 121,5 %ni
tashkil etdi. Boshqa xorijiy davlatlarning viloyat tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2020-
yilning yanvar-may oylarida 53,3 %ni, 2021- yilning ushbu davrida tashqi savdo
aylanmasidagi ulushi 54,5 %ni tashkil qilgan bo‘lib, o‘tgan yilni
ng shu davriga nisbatan 127,5
% ni tashkil etdi. MDH davlatlaridan Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi bilan faol tashqi savdo
balansi hamda boshqa davlatlard
an (qo‘shni davlatlardan tashqari) esa Turkiya, Afg‘oniston,
Singapur va Qatar bilan faol tashqi sa
vdo balansi kuzatilganini ko‘rish mumkin. TSAda eng
yuqori ulush Turkiya, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy davlatlari hissasiga to‘g‘ri
keldi.
Dostları ilə paylaş: