325
www.
kokanduni.uz
Hozirga kunda
davlat tomonidan eksportyo
rlarni qo‘llab
-quvvatlash va eksportbop
mahsulotlarni yaratishda imtiyozlar hamda iqtisodiy ko‘mak berilmoqda. 2021
-yil
yanvar-
may oylari yakuni bilan 789,4 mln. AQSh dollari qiymatdagi (2020- yilning shu davriga
nisbatan 141,7 %) tovar va xizmatlar eksport qilindi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,5
%ni
tashkil etib, bular asosan sanoat tovarlari (71,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik
hayvonlar (11,2 %), turli xil tayyor buyumlar (7,5 %),
oziq-ovqat xom-
ashyosi (yoqilg‘idan
tashqari) (4,3 %), kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (3,0 %), shuningdek, mashina
va transport asbob-
uskunalari (1,6 %) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
3-rasm. Eksport tarkibiy qismi.
2021-yilning yanvar-may oylarida eksport qilingan tovarlar
va xizmatlar tarkibining
tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 2020
- yilning yanvar-may oylariga nisbatan,
ichimliklar va
tamaki hamda oziq-ovqat xom-
ashyosidan tashqari barcha tovar va xizmatlarda o‘sish
kuzatildi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritmayotgan
korxona va tashkilotlar hola
ti o‘rganilib,
xususan ishlab chiqarish korxonalariga import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab
chiqarishda davlatimiz tomonidan moddiy va moliyaviy yordamlar berilmoqda. Joriy yilning
yanvar-may oylari mobaynida import hajmi 1235,3 mln. AQSh dollarni (2020-
yilning shu
davriga nisbatan o‘zgarish sur’ati 115,8 %) tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush
mashinalar va transport asbob-uskunalari (26,2 %), sanoat tovarlari (18,9 %),
oziq-ovqat
xom-as
hyosi (yoqilg‘idan tashqari) (19,2 %), oziq
-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (15,1
%) hamda kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (7,5 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.