Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə854/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   850   851   852   853   854   855   856   857   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
targ‘ib etadi. Shu yo‘l orqali ham kasbiy shakllanishi takomillashib boradi. O‘qituvchilik 
kasbini va p
edagogik mahoratni egallash, maktab o‘qituvchilar
j
amoasiga kirishib, unda o‘z 
o‘rnini topib keta olishi yosh o‘qituvchining o‘ziga bog‘liq. Jamoaning yordamidan yuz 
o‘girmaslik, qiyinchiliklarga duch kelganda ruhan tushmay, o‘z xatolarini ko‘ra bilish va
uni 
bartaraf etish uchun harakat qilish uning o‘qituvchi bo‘lib shakllanishidan darak beradi.Shu 
bilan birga, o‘qituvchining kasbiy shakllanishi o‘z
-
o‘zini tarbiyalab borishga, o‘z ustida tinmay 
ishlashga va o‘z vaqtida malakasini oshirib borishga uzviy b
o
g‘liq. Bularning hammasi kasbiy 
fazilatlarning ajralmas qismihisoblanadi. 
O‘zbekistonda ta’lim tizimini o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim
-tarbiyasining milliy 
g‘oyalari, talablari asosida tashkil etish, uni jamiyat taraqqiyoti istiqbollari va jahon 
andoza
lariga javob bera oladigan darajada bo‘lishini ta’m
inlash bugungi kunning dolzarb 
masalasidir. Ta’lim
-
tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni o‘tmish qoldiqlaridan tozalash va 
rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga ko‘tarish, jamiyat ravnaqi uchun 
y
uksak ma’naviy 
va axloqiy talablarga javob beruvchi 
yuqori malakali kadrlar tayyorlash ta’lim tizimi 
xodimlarining umumiy vazifasidir. Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
ta’lim
-tarbiya tizimini nazariy-metodologik jihatdan qurollantirish 

bugungi kunda 
pedagogika fanining bosh maqsadi sifatida belgilangan. Yuqorida bayon etilgan yuksak, 
ammo, sharafli vazifalarni muvaffaqiyatli uddalash har bir pedagogik xodimdan yuksak kasbiy 
mahorat, bilimdonlik va keng dunyoqarashni talab etadi. Pedagogik mahorat 

o‘qituvchi 
ijodkorligining oliy namu
nasi bo‘lib, u yillar davomida shakllanadi. Uning yuksak mahoratni 
egallashi g‘oyat murakkab jarayon bo‘lib, pedagogika fanining eng dolzarb muammolaridan 
biri hisoblanadi. O‘qituvchi kasbiga xos bo‘lgan 
k
o‘pgina fazilatlar bilan birga uning pedagogik 
maho
ratni egallashi katta ahamiyatga ega. Yuqori pedagogik mahoratga ega bo‘lgan 
o‘qituvchigina o‘z kasbiga layoqatli, iste’dodli bo‘lishi mumkin.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi yuqori pedago
gik mahorat va keng 
dunyoqarashga ega bo‘lishi kerak
. Shundagina oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, 
ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina 
pedagogik mahorat egasi bo‘lishi mumkin. Pedagogik
faoliyatning samarali bo‘lishi uchun 
o‘qituvchi o‘z
fanini chuqur bilishi, unga turdosh fanlar haqida ham tushunchaga ega bo‘lishi, 
o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olishi, o‘quvchilarda mustaqil 
ravishda faol fikrlashga qiziqish 
uyg‘otishi, o‘quvchilarning bilim, kamolot darajasi
va 
ruhiyatini hisobga olishi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini tasavvur eta 
olishi lozim. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladi, u kattalarga 
a
niq va tushunarli bo‘lgan narsalarni o‘quvchilarga 
tushunilishi qiyin va mavhum bir narsa 
bo‘lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning xarakter va 
shaklini alohida o‘ylab chiqadi hamda rejalashtiradi.
O‘qituvchi o‘quvchi
n
ing, ichki dunyosiga kira olishi, o‘quvchi shaxsini
va uning 
vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilishi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik 
kuzatuvlar olib borishi kerak. Bunday o‘qituvchi o‘quvchining ruhiyatiga ko‘z ilg‘amas 
o‘zgarishlarni 
h
am tez fahmlab oladi. O‘qituvchida nutq o‘z fikr va
tuyg‘ularini aniq va ravshan 
ifodalash qobiliyati hisoblanadi. Bu o‘qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O‘qituvchining 
nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jihatdan yorqin, ifodali, his-
hayajonli bo‘
lib, unda stilistik, 
grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. 
O‘qituvchi kasbiga xos bo‘lgan xislatlar, ya’ni yuksak pedagogik mahorat unda birdaniga 
shakllanmaydi. U o‘z ustida tinmay ishlash, izlanish va ko‘nikmalar asosida rivojlanadi. 
O‘qituvch
ining yuqori kasbiy mahoratni egallashi bevosita uzl
uksiz ta’lim tizimi orqali amalga 
oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimida asosiy o‘rin egallagan malaka oshirish o‘quvchi faoliyatini 
tahlil qilish va unga istiqbol yo‘nalishlar berishga imkon beradi.


780

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   850   851   852   853   854   855   856   857   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin