414
www.
kokanduni.uz
Shunday qilib, o‘quvchi yoshlar bilan o‘tkazilgan anketa so‘rovi natijalari quyidagilarni
aniqlash imkonini berdi:
- yoshlarimiz harq
anday kutilmagan savol berilganda ham o‘zlarini yo‘qotmagan holda
hozirjavoblikni va yetarli darajada bilimdonlikni namoyish eta oladilar;
-
“Sog‘lom turmush tarzi” bizga, xususan yoshlarga kerakmi? degan savolga
respondentlarning 14 tasi (27,2 %) “Juda kerak va muhim” va yana 47 tasi (53,6 %) “Albatta
kerak” deb javob berganlar.
Demak, asosiy qism (80,8 %) talaba
lar sog‘lom turmush tarzi
qadriyatlarini va zaruriyatini tushunadilar. Yana 3 tasi (8,8 %) ikkilanib javob berdi.
Jismoniy madaniyat yo‘nalishi ishchi o‘quv rejasi asosida o‘quv jarayoni
umummetodologik, gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar, umumkasbiy fanlar, ixtisoslik fanlari,
qo‘shimcha fanlar bloklari doirasida tashkil etiladi va ixtisoslik doirasidan kelib chiqib fanlar
taqsimlangan:
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fan dasturi.
Nizomiy nomidagi Toshkent
davlat pedagogika universitetida ishlab chiqilgan va QDPI uchun tayanch OTM sifatida
namunaviy fan dasturlari sifatida foydalanib kelinadi.
Ushbu fanda nazariy qism uchun fanning maqsadi va vazifalari, sport boshqaruvining
nazariy asoslari, jismoniy tarbiya tarixi va fanga doir nazariy ma’lum
otlar yorit
ib o‘tilgan. Fan
asosida bo‘lg‘usi o‘qituvchilar uchun Jismoniy tarbiya va sport boshqaruvida ishtirok etuvchi
davlat idoralar, boshqarishning jamoat tashkilotlari ya’ni “Mahalla”, “Navruz”, “Ekosan”,
”Nuroniy”, “Sog‘lom avlod uchun”, xayriya jamg‘arma uyushmalari, “Ma’naviyat va ma’rifat”
jamoatchilik markazlari, “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” kengashining jismoniy tarbiya va sport
sohasidagi faoliyati haqidagi nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lishlari yuzasidan ma’lumotlar
berib o‘tilishi belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda aholi turar joylarida ommaviy sog‘lomlashtiruv
jismoniy tarbiyasini va milliy va harakatli o‘yinlarni tashkil qilish orqali Ommaviy
sog‘lomlashtirish va milliy va harakatli o‘yinlarni aholi turar joylarida, um
umiy ishlab
chiqarish va ta’lim muassasalarida tashkil etish, ijtimoiy turmush madaniyatini rivoshlantirish
uchun turli siyosiy partiyalar, jamg‘arma va uyushmalarning o‘rni va ularning mazmuni
hamda vazifalari, aholi o‘rtasida “Alpomish va Barchinoy” maxs
us testlari asosida olib
boriladigan ishlar mazmuni haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lish belgilab qo‘yilgan.
Mavzular asosida yoritib berilayotgan ma’lumotlar bo‘yicha jismoniy tarbiya va sportning
ijtimoiy-
tarbiyaviy va manaviy moxiyatini o‘rgatish, i
nsonning ruhiyati uning ijtimoiy
turmushi va ta’lim tarbiya jarayonida asosiy omil ekanligi inobatga olingan.
Shu sababdan o‘qitish tarbiya berish yoshlarning va aholining barcha qatlamini
ma’naviy va jismoniy komolotini tarbiyalab yetishtirish, ijtimoiy p
sixologik va pedagogik
jarayonlarni alohida o‘rni borligi buni esa bo‘lajak o‘qituvchilar bilishi va o‘rganishi lozimligi
bo‘yicha mavzular sifatida kiritilganini ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: