Ko'kyo'tal



Yüklə 22,41 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü22,41 Kb.
#207544
  1   2
Ko\'kyo\'tal


Ko'kyo'tal
Ko'kyo'tal - pertussis - xarakterli spazmatik yo'tal xurujlari bilan kechadigan, asosan emadigan yoshdagi bolalarda og'ir o'tadigan o'tkir infektsion kasallik hisoblanadi.
Etiologiyasi. Kasallik ko'zg'atuvchisi 1906 yilda J. Borde va O. Jangu tomonidan kashf etilgan, tashqi muhitda nihoyatda chidamsiz bo'lgan, ko'kyo'tal tayoqchalaridir.
Epidemiologiyasi. Infektsiya manbai kasal odam bo'lib, u kasallikning kataral davri bilan quv-quv yo'tal tutadigan davrining birinchi haftalari davomida hammadan ko'ra ko'proq yuqumli hisoblanadi. Keyingi haftalardan u unchalik xavf tug'dirmaydi va kasallik boshidan 6 hafta o'tgandan keyin esa yuqumli hisoblanmaydi. Kasallik asosan havo-tomchi yo'li bilan yuqadi.
Ko'kyo'tal hamma yoshda ham kuzatilmaydi, lekin bu kasallik 2 yoshgacha bo'lgan bolalar, ayniqsa, hayotining dastlabki 6 oyini yashab kelayotgan bolalar uchun hammadan xavfli. Kasallik xattoki chaqaloqlarni ham chetlab o'tmaydi.
Klinikasi. Hozirgi vaqtlarda kasallikning yengil o'tadigan formalari ko'proq kuzatilmoqda. Ko'kyo'tal kechishida ketma-ket yuzaga keladigan to'rtta davr farqlanadi:

  1. Inkubatsion davr - 3-4 kundan - 2 haftagacha davom etadi.

  2. Kataral davr - 3-5 kundan - 2 haftagacha davom etadi.

  1. Quv-quv yo'tal tutadigan davr - 3-4 hafta va bundan ko'ra ko'proq davom etadi.

  1. Sog'ayish davri.

Kasallik asta-sekinlik bilan avj oladi, awaliga kuchayib boradigan yo'tal, tumov paydo bo'ladi, ba'zan tana harorati ko'tariladi. Bola besaranjom bo'lib, injiqlik qilaveradi, uyqusi, ishtaxasi buziladi, rangi oqarib, ko'z qovoqlari biroz shishib chiqadi.
Hayotining dastlabki oylarini va xususan dastlabki kunlarini yashab kelayotgan bolalarda kasallik odatda yuqori nafas yo'llarida sezilarli kataral o'zgarishlar paydo bo'lishi, harorat ko'tarilishi bilan birga davom etib boradi.
Yo'tal kun sayin zo'rayib kataral davr tipik - tutib-tutib, quv-quv yo'tal tutadigan (spazmatik) davrga asta-sekin o'tib boradi. Dam-badam, bir-birining ketidan kelib turadigan yo'tal zarblari orasida hushtak chalib, chuqur-chuqur nafas olish harakatlari - reprizlar bo'lib turadi.
Yo'tal xurujining oxirida yopishqoq, cho'ziluvchan shilimshiq keladi, ba'zan bola qayt qilib yuboradi. Bo'yin va bosh venalari juda bo'rtib chiqadi, bolaning yuzi bilan shilliq pardalari ko'karib ketadi (10-rasm). Tili osilib qoladi, yuganchasida yaracha paydo bo'lishi mumkin (11-rasm). Kasallikning og'ir-yengilligi spazmatik yo'tal xurujlarining qanchalik uzoq va tez-tez takrorlanib turishiga bog'liq.
Emadigan bolalarda va asosan hayotining dastlabki oylarini yashab kelayotgan bolalarda yo'tal odatda reprizlarsiz bo'ladi. Qisqa, bir-biridan keyin uzluksiz, tez-tez kelib turadigan yo'tal zarblari bola yuzining qizarib ketishiga sabab bo'ladi, bu qizillik tez'orada tsianoz bilan almashinadi, tsianoz boshlanganidan keyin ko'pincha nafas to'xtab qolib, asfiksiya boshlanadi va ba'zan talvasa tuta boshlaydi. Oqibat xayrli bo'lganida nafas asliga kelib, tsianoz yo'qoladi. Bola qanchalik yosh bo'lsa, nafasining to'xtab turishi shuncha uzoqroq cho'ziladi.
Ko'pincha 3-4 haftadan so'ng yo'tal susaya boshlaydi, xurujlar kamroq qaytanalanuvchan, qisqaroq bo'lib qoladi va bola asta-sekin sog'aya boshlaydi.
Spazmatik yo'tal davrida boshqa sistema va organlarda ham o'zgarishlar yuzaga keladi. Nafas organlarida o'tkir emfizema, bronxit, o'pka interstitsial to'qimasining anchagina zararlanishi, yirik segmentlar yoki bo'laklar atelektazlari kabi o'zgarishlar kuzatiladi.
Noqulay sharoitlar natijasida yosh go'dak bolalarda uzoq cho'ziladigan pnevmoniyalar rivojlanishi va bunday pnevmoniya davo qilingani bilan ha deganda qaytavermaydigan va shu kasallikdagi o'lim hollarining asosiy sababchisi bo'lib qolishi mumkin.
Teri qoplamlari rangining oqarib turishi, lablar tsianozi, yuzning biroz kerikkan bo'lishi, qo'1-oyoqlarning muzdek bo'lib turishi, taxikardiya, arterial bosimning ko'tarilishi, yuz, bo'yin, gavdaning yuqori qismida mayda-mayda gemorragiyalar, ko'z skleralariga qon quyilishi, burundan qon kelib turishi yurak-tomirlari sistemasida o'zgarishlar paydo bo'lganidan dalolat beradi.
Laborator tekshiruvlar 80-87% hollarda qondagi leykotsitlar bilan limfotsitlar sonining ko'payganligini ko'rsatadi.
Kasallik og'ir kechganida, ayniqsa go'dak bolalarda asab sistemasiga taalluqli o'zgarishlar: mimika muskullarining qisqa muddat tortishib turishidan to ancha vaqtgacha talvasaga tushib, o'zdan ketib qolish, bosh miya nervlarining zararlanishi (ko'rlik, garanglik), o'tib ketuvchi parez hamda falajlar (yuz nervi, qo'1-oyoqlarning parez va falajlarigacha) paydo bo'ladi.
Diagnostikasi. Spetsifik diagnostika metodi tariqasida bakteriologik tekshirish usuli qo'llaniladi. Yo'tal tutganda oziq muhiti solingan Petri kosachasini bemorning og'ziga (og'zidan 4-6 sm qochirib turib) 10-20 sekund tutib turiladi (12-rasm), keyin uni bekitilib, 35-37°S haroratli termostatga qo'yiladi.
Ko'kyo'talning oqibati hozirgi sharoitlarda xayrli.

Yüklə 22,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin