MA\'NAVIYAT VA MAFKURANING JAMIYAT TARAQQIYOTIDA KOMIL INSONNI kopiya
(I. Karimov, «Barkamol avlod orzusi», 10-bet «Sharq» nashriyoti, Toshkent – 99yil) I.Karimov О‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbirining savolariga bergan javoblarida «Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz – jamiyatimiz a’zolarining, avvalombor voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida Milliy g‘oya, Milliy mafkura, о‘z vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish, о‘zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir» deb alohida ta’kidladilar.
Ziyolilar bu burchni qanchalik iftixor bilan ado etsa, mustaqillik imoratining poydevori shunchalik baquvvat bо‘ladi.
Tarbiya, ayniqsa, komil inson tarbiyasi bugunimiz uchungina emas, balki kelajagimizning ham hayot-mamot ishidir. Hozirgi yosh avlod tо‘g‘ri tarbiya topsa, mustaqillik istiqbolini tо‘g‘ri tushunsa, shubxasiz, erishilgan yutuqlar istiqbolda о‘z samarasini beradi.
Milliy g‘oyamizning asosiy maqsadlaridan biri – har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalashdan iborat.
Komillik nima?
Komillik – mukammallikdir.
Mukammallik – maqsadga muvofiqliklikdir.
Komil inson g‘oyasiham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bо‘lgan, odamzodga xos yuksak ma’naviy va jismoniy mukammallikni о‘zida mujassam etgan oliyjanob g‘oyadir.
Yuksak tarbiya olgan komil inson erkin fikr yurituvchi, о‘z xalqi ideallari uchun kurashuvchi vatanga xalol xizmat qiluvchi insondir. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» da xalol mehnat komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.
Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Farobiy, Navoiy kabi mutafakkirlarning komil insonni tarbiyalash tо‘g‘risidagi fikrlari jamiyat taraqqiyotiga yangi ma’naviy imkoniyatlar izlash maqsadlari bilan bog‘langan.
Farobiy Fozil shahar aholisi g‘oyasini ilgari surar ekan, shaxs kamolati adolatli jamiyat qurish sharti deb hisoblaydi.
Insonning komilligi uning axloqiy yetukligida, bilimi va harakatlarida kо‘zga kо‘rinadi. Komil inson о‘z maslagi, vatani, xalqi manfaatlariga yot, zararli g‘oyalarni tarqatayotgan kimsalar ortidan kо‘r-kо‘rona ergashib ketavermaydi. Tariximizda komillik timsollari kо‘p: Alpomish- xalqimizning ideal qaxramoni, mardlik, vatanparvarlik timsoli. Farxod- jismoniy kamolat egasi. Navoiy romanidagi Navoiy- ideal obraz, tarixiy shaxs- komil insondir.
Ma’naviyat komil inson tarbiyasining eng ta’sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish, bolalarimizni vatanparvarlik, rostgо‘ylik, insonparvarlik, xalqsevarlikka о‘rgatishimiz kerak.
I.Karimov «Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak sharqona axloq Kodeksini ishlab chiqqanlar, kishi qalbida xaromdan xazar, nopoklikka adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bо‘lishi kerak», - degan fikrlari о‘rinlidir.
Ma’lumki, insonparvarlik g‘oyalari bilan oziqlangan Hoja Ahmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro kabi insonlarning о‘gitlarini eslaylik.
Xazrat Baxovuddin Naqshband har bir insonni doimo xudoni diliga jo qilgan xolda, uni doimo о‘ziga madadkor deb bilib, kasb о‘rganishiga, о‘z ishining ustasi bо‘lishiga, qisqasi mehnat qilishga chaqirgan. (Dil bayoru, dast bakor)
Yoshlarning keng dunyoqarashi, mustaqil fikrlash salohiyati – shaxs ma’naviyatini muhim mezoni.
Barkamol inson о‘zida ma’naviy axloqiy xislatlar majmuini mujassamlashtirgan, keng dunyoqarashga ega bо‘lgan jamiyatda о‘zligini va о‘z qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, dunyoviy va uxraviy bilimlarni mukammal egallagan, aqlan yetuk, yuksak iste’dod va salohiyatga ega bо‘lgan axloqan pok shaxs tushuniladi.
Shaxsning bu tarifi hozirgi davrda katta ahamiyatga ega va amalda inson shaxsi tarbiyasining namunasi bо‘lib hisoblanishi va ta’lim tizimida barkamol shaxs tarbiyasi texnologiyasiga asos bо‘lishi kerak.