Shaxs ma’naviyatini yuksaltirish – jamiyat rivojining
asosiy omili.
Xalqimizning kelajagi, eng avvalo, uning о‘ziga, ma’naviy qudratiga va milliy ongning ijodiy kuchiga bog‘liqdir. Moddiy farovonlikka tabiiy intilish, millatning ma’naviylik va ma’rifiyligi xalqimizning kо‘p asrlik tarixi davomida uning eng kuchli о‘ziga xos xususiyati bо‘lib keldi.
Birinchi prezidentimiz. I.A. Karimov, «Kelajakda О‘zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodiyoti bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim.
Mamlakatimizning mard, fidoiy kishilari yurtiga, mehr-shavqat, muhabbat barqaror bо‘lgan, tafakkur va ijod qaynagan muqaddas makonga aylanishiga aminman». – deya ishonch bildirgandilar.
(I. A. Karimov, О‘zbekistonning siyosiy- ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. 57 bet, Toshkent, О‘zbekiston-1995 yil) .
Xulosa shuki, barkamol inson deganda о‘zida ma’naviy-axloqiy xislatlar majmuini mujassamlashtirgan, jamiyatda о‘zligini va о‘z qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, aqlan yetuk, yuksak iste’dod va salohiyatga ega bо‘lgan ma’naviy jihatdan yuksak, axloqan pok, jismonan sog‘lom, hayot gо‘zalliklarini xis eta oladigan, erkin, ijodkor shaxs tushuniladi.
Shaxsning bu tarifi hozirgi davrda katta ahamiyatga ega va amalda inson shaxsi tarbiyasining etaloni (namunasi) bо‘lib hisoblanishi va ta’lim tizimida barkamol shaxs tarbiyasi texnologiyasiga asos bо‘lishi kerak.
II bob. Tasavvuf va kalom ilmi (Imom G‘azzoliy qarashlari)
2.1. Tasavvuf va kalomi ilm komil inson tarbiyasidagi roli
Tasavvufdagi о‘zini-о‘zi takomillashtirish g‘oyasi, axloqiy yuksalish, ezgulik, xayr, himmat, mardlik haqidagi qarashlar butun musulmon olamiga keng tarqalib, katta ijtimoiy hodisaga aylangan edi. Darveshlar, sо‘fiylar, shayxlar, valiysifat ruhoniylarni xalq juda hurmat qilgan, ularga e’tiqod qо‘yish orqali Tangri taolo qudratini chuqurroq his qilgan, amaliy turmushda odamlar shu darveshlar kabi qanoatli, halol bо‘lishga intilgan, nafsini tiygan. Shuning uchun ham tasavvufga ta’rif berganda, juda kо‘p shayxlar uni shaytoniy nafsni jilovlash va rahmoniy xislatlar kasb etish ilmi deb kо‘rsatganlar.
Endi bu о‘rinda shuni aytish kerakki, agar tasavvufning negizida chin insonparvarlik g‘oyasi, xalqning adolat va haqiqat haqidagi orzulari yotmaganda, u bunchalar keng tarqalmas, bunchalik keng ommaviylashib, ijod ahli qalbidan о‘rin olmasdi, bu qadar qaynoq va jozibali bir she’riyat yaratilishiga turtki bо‘lmas edi.
Biroq, yana bir nuqtani ta’kidlash muhim: tasavvufning sathi keng, yо‘nalishlari kо‘p. Hamma sо‘fiylarni falsafaga daxldor deb bо‘lmaydi. Umuman, faylasuflarni yoqtirmaydigan shayxlar ham bо‘lgan.
Tasavvufning «falsafiylanish» davri XIII–XIV asrlarda bir qator mutafakkir adiblar, orif sufiylar yetishib chiqdiki, biz ularni tasavvufni falsafa bilan bog‘lovchilar deb aytamiz. Chunonchi, Ibn al Arabiy, Abu Homid Muhammad G‘azzoliy, Fariddidin Attor, Aziziddin Nasafiy, Yahyo Suhravardiy, Ibn Saboin, Abdurazzoq Koshoniy, Abdulkarim Jiliy, Mahmud Shabistariy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Abdulqodir Bedil shunday mutafakkirlar sirasiga kiradi. Bularning ijodida olam va odam haqida о‘ylar, qazovu qadar, erk va ixtiyor, suvrat va ma’no, aql va ruh, vaqt va zamon, inson tiynati xususida kо‘plab yangi qarashlar bayon etilgan. Bu zotlar ilohiyshunoslikni butunlay yangi pog‘onaga kо‘tardilar. Ularning asarlarida insoniy ma’rifat, insoniy kechinmalar tasviri va tahlili bilan olib boriladi, komil inson xislatlari batafsil ishlab chiqildi.
Bu mualliflar о‘z qarashlari bilan Ibn Sino, Ibn Rushd, Umar Xayyomga yaqinlashib bordilar, ya’ni irfoniy tasavvufni rivojlantirdilarki, bu, masalan Ibn Sino tomonidan ham iliq qarshi olingan edi. Ibn Sino irfoniy bilish yо‘lini inkor etgan emas, aksincha, «Hayy ibn Yaqzon», «At tayr», «Salomon va Absol» nomli asarlarida ramzlar orqali sufiyona ma’rifatga erishishni tasvirlaydi. «Risola fil ishq» asarida esa muhabbatni aynan irfoniy mazmunda talqin etgan.
Umar Xayyom ruboiylari ichida ham biz Abusaid Abulxayr, Avhauddin Kirmoniy, Xо‘ja Hofiz ruboiylari kabi sufiyona g‘oyalarni ifodalaganlari bor. Shuning uchun aslida sof ratsionalizm tarafdori bо‘lgan olimlar ham tasavvufning orifona yо‘nalishini о‘ziga xos bir yо‘l deb qabul qilganini kо‘ramiz. Umuman, bizning tariximizda falsafiy tafakkur bilan badiiy tafakkur baqamti rivojlangani kabi aqliy (ratsional) va vajdiy (irrotsional) bilimlarni egallash birga rivojlangan.
Shu bois sо‘fiy shoiri yoki olimi deb nom chiqargan kishilarning asarlarida dunyoviy bilimlar, hikmat va donishmandlikning butun bir sandig‘ini ochish mumkin. Masalan, Jaloliddin Rumiyning asarlarida qanchadan-qancha falsafa bor, qanchadan-qancha insoniy muammolar tilga olinib, hanuz tozaligini yо‘qotmagan fikrlarni topish mumkin. Eron olimi Mu-hammad Taqi Ja’fariy о‘zining «Mavlavi va Sharqu G‘arb maktablaridagi dunyoqarashlar» nomli kitobida kо‘pdan-kо‘p misollar qiyosi bilan isbotlanganki, Rumiyning «Masnavii ma’naviy» nomli olti daftaridan iborat muhtasham asari butun bir falsafiy qomusdir. Unda nafaqat Sharq ruhiyat falsafasi, irfoniy ilmlar qaymog‘i aks etgan, balki keyinchalik G‘arbiy Ovrupoda kashf etilgan qarashlar tizimining dastlabki tagzaminini kо‘rsa bо‘ladi. Chunonchi, Rumiy birinchi bо‘lib, olamning zarradan koinot qadar о‘zaro vobastaligi, bir-biri bilan tortilib turishi, dialektik taraqqiyoti (oddiydan murakkab sari rivojlanish, hamma yerda ziddiyat va qarama-qarshiliklar birligining mavjudigi) haqida fikrlar bayon etgan edi. Bu bir necha asrdan keyin Hegel tomonidan rivojlantirildi.
Ruhning ichki intizomi, fikrning paydo bо‘lishi va yо‘qo-lishi, tasavvur va tafakkur, xayol va borliqning ongga, ongning borliqqa ta’siri, inson mavjudligini aniqlaydigan belgilar, insonning aldanishi, yolg‘on tasavvurlar va chin bilim, tajriba va tahlil, juzv va kull, konkretlilik va mavhumlik, haq sifati va odam sifati kabi yuzlab masalalar ustida bahs yuritiladi «Masnavii ma’naviy»da.
Tasavvuf musulmon xalqlarining axloqiga chuqur singib borgan, bu shu darajadaki, darvesh, sо‘fiy axloqi bir ibrat, namuna sifatida olib qaralgan. Darvesh kо‘pdan-kо‘p badiiy asarlarning qahramoniga aylangan. «Axloqi Nosiriy», «Axloqi Jaloliy», «Axloqi Mо‘hsiniy» kabi о‘rta asr axloq kitoblarida davlatchilik, adolatli jamiyat, odil hukmdor tushunchalari ham sо‘fiyona qarashlarga bog‘lab talqin etiladi. Bu g‘oyalar badiiy adabiyotdan chuqur о‘rin oladi va о‘ziga xos tasavvuf estetikasi shakllanadi.
Shular asosida komil inson axloqi, ma’avniyati haqidagi qarashlar majmui tо‘plangan. Tasavvuf g‘oyalari bora-bora xalqning yaxshilik, oliy haqiqatlar haqidagi g‘oyalari, orzulari bilan qо‘shilib ketadi va folklorga ham singadi.
Bu qisqa bayonimiz shuni kо‘rsatadiki, tasavvuf biror-bir falsafiy tizim о‘rnini egallashga da’vo qilgan emas. U bir tomondan diniy, ikkinchi tomondan, falsafiy-irfoniy qarashlardan oziqlangan о‘ziga xos ta’limot va axloqiy ustavlar majmuidir. U inson ruhiyati erki, inson ichki olami, hislari parvozini ifodalab, Sharq falsafiy tafakkurida muhim о‘rin egallagan, ma’naviyatimizni boyitishga ulkan hissa bо‘lib qо‘shilgan ezgu g‘oyalar, najib hikmatlar silsilasidir.
Dostları ilə paylaş: |