Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib
turibdiki, mamlakatimiz 3-
guruh tijorat banklarining kredit portfeli sifat jihatdan tahlil qilingan. 2017-yil 1-
yanvar holatiga banklarning sanoatga ajtatilgan standart kreditlari miqdori
149 510.6 mln.so‘mni
tashkil qilib, unga mos ravishda 816.2 mln.so‘m miqdorida
umumiy rezerv shakllantirilgan.Umidsiz kreditlar tasnifiga kiruvchi aktivlar
mavjud emas, unga shakllantirilgan maxsus rezerv mavjud emas.Bu tijorat banklari
uchun ijobiy holat hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi soahsiga ajratilgan kreditlarning standart qismi 6 246.7
mln.so‘mni
tashkil qilib, ushbu kreditga mos ravishda ajratilgan umumiy rezerv
miqdori 32.6 mln.so‘mni tashkil qilgan. Ushbu sohaga ajratilgan kreditlar tarkibida
substandart aktivlar sifatida baholangan kreditlar mavjud emas va ular bo‘yicha
rezervlar shakllantirilmagan.
Transport va kommunikatsiya sohasiga berilgan kreditlarning standart qismi
31 831.7 mln.so‘mga yetib, unga mos ravishda shakllantirilgan umumiy rezerv
miqdori 131.5 mln.so‘mni tashkil qilgan. Ushbu
sohaga ajratilgan kreditlar
tarkibida qoniqarsiz aktivlar sifatida baholangan kreditlar mavjud emas va ular
bo‘yicha rezervlar shakllantirilmagan.
Banklarimiz tomonidan qurilish sektoriga berilgan kreditlarning standart
qismi 21 772 mln.so‘mni tashkil qilib, ushbu kreditning miqdoriga mos ravishda
shallantirilgan rezerv hajmi 163 mln.so‘mga yetdi.Ushbu sohaga ajratilgan
kreditlar tarkibida shubhali aktivlar sifatida baholangan kreditlar
mavjud emas va
ular bo‘yicha rezervlar shakllantirilmagan.
3-guruh tijorat banklarimiz tomonidan savdo umumiy ovqatlanish sohasiga
ajratilgan kreditlarning standart qismi 89 735.5 mln.so‘mni tashkil qilib, unga mos
ravishda tijorat banklari tomondan shakllantirilgan umumiy rezerv hajmi 315.7
mln.so‘mni tashkil qilgan. Banklar tomonidan ajratilgan kreditlarning umidsiz
qismi ushbu sohada mavjud emas, ushbu kredit bo‘yicha tijorat banklari tomonidan
shakllantirilgan maxsus rezerv miqdori mos ravishda mavjud emas va boshqa
sohalarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha ham umumiy
va maxsus rezervlar tashkil
qilingan.
Ushbu jarayonni АT “Aloqabank” misolida ko‘rib chiqamiz.
Xususan, 2017-yilda АT “Aloqabank”ning kredit portfeli 4570,6
mlrd.so‘mni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: