Yuqoridagi jadval ma’lumotlarini tahlil qilib shunni aytishimiz mumkinki,
2015-yil 4-chorak holatiga ajratilgan kredit va lizing aktivlari 29 693 208
mnl.so‘mni tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2016-yil 4-chorak holatiga esa
39 590 914 mln.so‘mni tashkil etgan va ushbu aktivlar bo‘yicha muddati o‘tgan
qismi mos ravishda 827 997 va 954 511 mln.so‘mga yetgan. Ushbu jadvalda
nomoliyaviy kompaniyalar va tashkilotlarga berilgan aktivlar 2016-yil 4-chorak
holatiga 30 600 128 mln.so‘mni tashkil etib jamidagi ulushi 77.44 foizga yetgan.
Jismoniy shaxslarga ajratilgan aktivlar hajmi ushbu davrda 8 923 365 mln.so‘mni
tashkil qilib, jamiga nisbatan 22.54 foizni tashkil etgan va muddati o‘tgan qismi
esa 21 431 mln.so‘mni yoki 0.05 foiz.
Xususan, iqtisodiyotning real sektoriga yo'naltirilgan kredit qo'yilmalari
hajmi 2016 yilda 25,1 foizga oshib, 53,4 trln. so'mga yetdi. Mazkur kreditlarning
80 foizini investitsiyaviy maqsadlarga yo'naltirilgan uzoq muddatli kreditlar tashkil
etdi (4-rasm).
Dostları ilə paylaş: