Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


-rasm. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kredit portfelini sifat



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/33
tarix30.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#91468
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
2-rasm. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kredit portfelini sifat 
jihatidan tasnifi (foizda, 2017-yil 1-yanvar holatiga)
18
 
Yuqoridagi rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, respbulikamiz tijorat 
banklari kredit portfeli ijobiy holatda deb aytishimiz mumkin. Chunki kredit 
portfelida standart kreditalrning ulushi jamiga nisbatan 87,36 foizni yoki 
45466593.2 mln.so‘mni tashkil qilmoqda hamda substandart kreditlar esa 12,00 
foizni yoki 6245411.16 mln.so‘mni tashkil qilgan. Qoniqarsiz, shubhali va umidsiz 
kreditlar jami kredit portfelidagi ulushi sezilarli darajada yuqori emas. Bu holat 
tijorat banklarimiz uchun ijobiy jarayon hisoblanadi. 
Sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar qaytarilishida muammolar 
kuzatilmaydi. Bunda asosiy qarz summasining va foizlarining hech qanday qismi 
muddati o'tgan yoki shartlari qayta ko'rib chiqilmagan bo'lishi lozim. Asosiy qarz 
18
“AHBOR-REYTING” reyting agentligi sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi 

standart
87.36%
substandart
12.00
qoniqarsiz
0.35
shubhali
0.20%
umidsiz
0.09%
standart
substandart
qoniqarsiz
shubhali
umidsiz


summasi yoki foizlardan muddati o'tgan va shartlari qayta ko'rilgan aktivlar sifati 
“standart” deb tasniflanishi mumkin emas. 
Tijorat banki zaxira kapitali tarkibida sifati “standart” deb tasniflangan 
aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 1 % 
miqdorida standart aktivlarga yaratiladigan zaxira shakllantirishi lozim. 
Standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar tijorat banklari tomonidan soliqlar 
va boshqa majburiy to'lovlar to'langandan so'ng qolgan sof foyda hisobidan, 
hisobot sanasiga sifati «standart» deb tasniflangan aktivlar qoldig‘idan kelib 
chiqqan holda tashkil qilinadi. 
Qarzdorning moliyaviy holati barqaror hisoblangan, lekin ayrim salbiy 
holatlar yoki tendentsiyalar mavjud bo'lib, agar ular bartaraf etilmasa, 
moliyalashtirilgan loyihaning amalga oshishiga yoki qarzdorning aktivni o'z 
vaqtida to'lash qobiliyatiga nisbatan shubha paydo bo'lishi mumkin bo'lgan aktivlar 
sifati «substandart» deb tasniflanadi. Bunda moliyaviy holati yoki ta'minotni 
nazorat qilish borasida bir muncha shubhalar bo'lgan, kredit hujjatlarida yetarlicha 
axborot bo'lmagan yoki ta'minot bo'yicha hujjatlari bo'lmagan “standart” deb 
tasniflangan aktivlarning sifati ham «substandart» deb tasniflanishi lozim.
Tijorat banki sifati “substandard” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning 
qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 10 % miqdorida maxsus zaxira 
shakllantirishi lozim. 
Quyida keltirilgan omillardan hech bo'lmaganda bittasi mavjud bo'lsa, 
aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi: 

asosiy to'lov manbalari qarz to'lash uchun yetarli bo'lmasa, ta'minotga 
qo'yilgan mulkni va qarz oluvchining boshqa asosiy vositalarini sotish, to'lanishi 
lozim bo'lgan qarzlarni uzaytirishlarni hisobga olgan holda qo'shimcha to'lov 
manbalarini topish talab etiladigan bo'lsa; 

qarz 
oluvchining 
joriy 
moliyaviy 
holati 
yoki 
uning 
pul 
mablag‘larining mo'ljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli 
bo'lmasa; 

qarz oluvchining kapitali yetarli darajada bo'lmasa; 



ushbu sohaga nisbatan tendensiya va istiqbollar barqaror bo'lmasa; 

ta'minot qiymati asosiy qarz summasidan oshmagan, hech 
bo'lmaganda asosiy qarzning to'lanmagan summasiga teng bo'lsa; 

asosiy qarz va foizlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik mavjud 
bo'lib, uning muddati 90 kundan oshmagan bo'lsa. 
Tijorat banki sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning 
qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 25 % miqdorida maxsus zaxira 
shakllantirishi lozim. 
Sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlarga xos barcha xususiyatlarga ega 
bo'lib, mavjud sharoitda aktivlarning to'liq qaytarilishini shubha ostiga va kam 
ishonchli qilib qo'yadigan aktivlar sifati “shubhali” deb tasniflanadi. Bunda 
yo'qotishlar ko'rish ehtimoli yuqori bo'lgan, lekin ayrim ijobiy omillari mavjud 
bo'lgan aktivlar sifati sharoit oydinlashguncha “umidsiz” deb tasniflanmaydi. 
Quyida keltirilgan omillardan hech bo'lmaganda bittasi mavjud bo'lsa, 
aktivlarning sifati «shubhali» deb tasniflanadi: 

“qoniqarsiz” aktivlarning hech bo'lmaganda birorta ko'rsatkichi, 
shuningdek ayrim boshqa salbiy tavsiflari mavjud bo'lsa (bozorda oson sotiladigan 
ta'minotning mavjud emasligi yoki ta'minlanmagan aktivlarning mavjudligi yoxud 
qarz oluvchining bankrot deb e'lon qilinishi); 

yaqin kelajakda aktivning qisman to'lanish ehtimoli mavjud bo'lsa; 

asosiy qarz va foizlar bo'yicha 90 kundan ortiq lekin, 180 kundan 
oshmagan muddati o'tgan qarzdorlik mavjud bo'lsa. 
Tijorat banki sifati “shubhali” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning 
qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 50 % miqdorida maxsus zaxira 
shakllantirishi lozim. 
Shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki qaytmasligidan 
dalolat beruvchi omillar yoki alomatlar mavjud bo'lgan hamda qaytmaydigan yoki 
qiymati juda pastligi tufayli hisobini balansda aktiv sifatida yuritilishi maqsadga 
muvofiq emas deb baholanadigan aktivlar sifati “umidsiz” deb tasniflanadi.Bunday 
tasniflash aktivlarda umuman hech qanday tugatiladigan qiymat mavjud emasligini 


bildirmaydi.Biroq, tijorat banklari o'z balanslarida bunday aktivlarning hisobini 
yuritishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emas.Tijorat banki tomonidan 
ta'minotga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish yoki uni 
qaytarish choralari qo'llanishi lozim. 
Quyida keltirilgan omillardan hech bo'lmaganda bittasi mavjud bo'lsa, 
aktivlarning sifati «umidsiz» deb tasniflanadi: 

aktivlarni undirilishi sud jarayonida bo'lsa; 

qarzdor va lizing oluvchidan undirilgan, garovga qo'yilgan mol-
mulkka bo'lgan huquqlardan foydalanish yo'li bilan tijorat banki tomonidan 
balansga qabul qilingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan va bank 
faoliyatini kengaytirish uchun sotib olingan binodan ikki yil mobaynida 
foydalanilmagan hamda bank faoliyati uchun ortiq foydalanilmay qo'yilgan 
paytdan boshlab bir yil mobaynida sotilmagan bo'lsa; 

aktivlarning to'lash muddati uzaytirilgan bo'lsa; 

asosiy qarz va foizlar bo'yicha 180 kundan ortiq kunga muddati o'tgan 
qarzdorlik mavjud bo'lsa. 
Tijorat banki sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning 
qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 100 % miqdorida maxsus zaxira 
shakllantirishi lozim
19

Agar tijorat bankida bitta qarzdorga berilgan bir necha aktivlar mavjud 
bo'lsa, qarzdor tomonidan tijorat bankiga qaytariladigan barcha aktivlar sifati 
ulardan eng past toifada tasniflangan aktivlar sifatidek tasniflanishi lozim. 
Agar qarzdorning bir nechta tijorat banklari oldida qarzi mavjud bo'lib, 
ularning birida qaytarilishi lozim bo'lgan aktivlar sifati eng past toifada 
tasniflangan bo'lsa, boshqa tijorat banklari ham ushbu qarzdorga berilgan aktivlar 
sifatini mazkur toifada tasniflashlari shart.Bunda tijorat banklari qarzdorga boshqa 
tijorat banklari tomonidan berilgan aktivlar sifatining tasnifini aniqlash uchun 
kredit axboroti ma'lumotlar bazasidan foydalanishlari lozim. 
19
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 14-iyun 2015-yilda tasdiqlangan 2696-sonli “Aktivlarni 
sifatini tasniflash, mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bo‘yicha tijiorat banklari tomonidan rezervlar tashkil qilish va 
undan foydalanish to‘g‘risida”gi Nizomi. 


Ta'minotga qo'yiladigan talablar asosan tijorat banklarining kredit portfelini 
shaklantirishdagi asosiy jarayon hisoblanadi. 
Ta'minot kredit to'lashning ikkilamchi manbai hisoblanadi.Tijorat banklari 
tomonidan ta'minotga kreditni qoplashning asosiy manbai sifatida qaralmasligi 
lozim. 
Ta'minotni tahlil qilishda tijorat banklari tomonidan uning likvidliligi 
e'tiborga olinishi lozim. Bunda tijorat banki ta'minotni sotishdan asosiy qarz va 
foiz summalarining qaytarilishini baholashi shart. 
Aktivlarning yuqori likvidli ta'minotiga: 

O'zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati; 

tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlardagi milliy va xorijiy valyuta 
shaklidagi garov; 

Hukumatning qimmatli qog‘ozlari shaklidagi garov; 

Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlari shaklidagi garov; 

qimmatbaho metallar shaklidagi oltin va kumush quymalari shaklidagi 
garov kiradi. 
Aktivlarning yuqori likvidli bo'lmagan ta'minotiga: 

ko'chmas mulk, shu jumladan yer uchastkasiga bo'lgan huquq; 

ko'char mol-mulk; 

xo'jalik jamiyatidagi ulushga bo'lgan huquq; 

hukumatning qimmatli qog‘ozlaridan boshqa qimmatli qog‘ozlar 
shaklidagi garov; 

yuridik va jismoniy shaxslarning kafolat va kafilliklari kiradi. 
Aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hech bo'lmaganda bittasi
o'zgartirilgan bo'lsa, ular shartlari qayta ko'rib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi: 

foiz stavkasining pasaytirilishi, Markaziy bankning qayta moliyalash 
stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi holatlari 
bundan mustasno; 

asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan qisman voz kechilishi; 



foizlar va (yoki) asosiy qarzga doir to'lovlarning bir qismi yoki 
barchasidan voz kechilishi; 

aktivning asosiy va (yoki) foizlarining to'lash muddati kechiktirilishi 
yoki uzaytirilishi; 

qarz oluvchi va (yoki) ta'minot turining o'zgartirilishi, kreditning bir 
qismi qaytarilganligi munosabati bilan ta'minotdan chiqarilgan holatlar bundan 
mustasno. 
Shartlari qayta ko'rib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflashda quyidagi omillar 
hisobga olinishi kerak: 

shartlar qayta ko'rib chiqilishining asoslari yoki sabablari; 

bir qarz oluvchiga qarzni qaytarish muddatining necha marta 
uzaytirilganligi; 

dastlabki bitim shartlariga nisbatan yangi bitimda keltirilgan 
shartlardagi o'ziga xos o'zgartirishlari. Bunda foiz stavkasining bozor stavkasi 
darajasidan pasayishi, qo'shimcha ravishda aktiv bo'yicha qabul qilingan 
ta'minotning o'zgarishi yoki kreditni qaytarish muddatining uzaytirilishi shartlari 
qayta ko'rib chiqilgan aktiv sifatini tasniflash va tahlil qilish jarayonida inobatga 
olinishi lozim. 
Shartlari qayta ko'rib chiqilgan aktivlar sifati «substandart», «qoniqarsiz», 
“shubhali” va “umidsiz” toifalarning mezonlaridan foydalangan holda tasniflanadi. 
Agar shartlari qayta ko'rib chiqilgan aktiv bo'yicha almashuvchi yoki 
qo'shimcha qarzdor dastlabki qarzdorning sho'basi yoki daxldor bo'lgan qarzdor 
bo'lsa, bunda aktivlar sifatining dastlabki tasnifi o'zgarmasligi kerak.Qarz beruvchi 
tomonidan qarzga doir xizmat ko'rsatilishi salbiy tasniflashning o'zgartirilishini 
talab etuvchi hollar bundan mustasno. 
Agar almashuvchi yoki qo'shimcha qarzdorning dastlabki qarzdor bilan hech 
qanday aloqasi bo'lmasa, aktivlar sifatini tasniflash mezonlari almashuvchi yoki 
qo'shimcha qarzdorga nisbatan qo'llaniladi. 
Aktivlar sifati ularning shartlari qayta ko'rib chiqilishidan oldingi 
tasniflangan toifadan yuqori yoki yaxshiroq toifada tasniflanishi mumkin 


emas.Hech qanday holatda aktivga uning shartlari qayta ko'rib chiqilgandan so'ng 
darhol «standart» toifani berish mumkin emas. 
Aktiv ikki va undan ortiq marta shartlari qayta ko'rib chiqilganda, aktiv 
sifatini tasniflash toifasi shartlari qayta ko'rib chiqilishidan oldingi toifasidan bir 
pog‘onaga past bo'lishi kerak. 
Quyida keltirilgan omillardan hech bo'lmaganda bittasi mavjud bo'lishi, 
Markaziy bank tomonidan muayyan aktivlar sifatini yanada salbiy tasniflash uchun 
asos bo'ladi: 

tijorat banki kredit portfeli umumiy holatining yomonlashuvi; 

tijorat bankida kreditlar berishga doir yetarli tahlil va tekshiruvlarning 
o'zgarishi yoki mavjud emasligi; 

tijorat banki shu tarmoq va sohaga berilgan kreditlar bo'yicha amalda 
zararlar ko'rganligi; 

yirik aktivlarning to'planishi; 

nomaqbul iqtisodiy yo'nalish va sharoitlar, xususan, qarzdorlarning bir 
yoki bir necha sanoat tarmoqlari yoki ma'muriy-hududiy birlikda katta miqdorda 
to'planishi; 

tijorat banki tomonidan taqdim etilgan hisobotni tahlil qilish yoki 
Markaziy bank tomonidan o'tkazilgan inspektsiya tekshirishlari natijasida 
aniqlangan qarzdorning yoxud tijorat bankining moliyaviy ahvoliga taalluqli 
boshqa holatlar. 
Tijorat banklarida kredit portfeli sifat jihatdan tasniflanishi bo‘yicha 
majburiy zaxiralarni tashkil qilib borish shart hisoblanadi. Chunki ushbu zaxirlar 
tijorat banki uchun himoya vazifasini bajaradi.Ushbu zaxira summalari 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida saqlanadi. 



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin