Mazkur bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy jihatlari sifatida
shuni aytishimiz mumkinki, O'zbekiston Respublikasining bank tizimi va banklar
faoliyatiga oid qonunlari, prezidentimizning bank tizimini isloh qilishga oid qaror
va farmon, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari,
O'zbekiston Markaziy bankining me'yoriy hujjatlari, O'zbekistonlik va xorijlik
iqtisodchi olimlarning tijorat banklarining kredit siyosatiga oid ilmiy izlanishlari
xizmat qiladi.
Amaliy ahamiyati shundaki,
undagi
alohida
amaliy
takliflar
mamlakatimizning tijorat banklari faoliyatida kredit portfelini boshqarishni
takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin
Yuqoridagi maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda tijorat banklarining
kreditlash faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilsak, banklarning kredit portfelidagi turli
darajadagi risklarni oldini olgan bo‘lamiz. Chunki banklar iqtisodiyotning qon
tomiri ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz.Ushbu fikrni inobatga olgan holda
banklar kredit portfelini shakllantirishda iqtisodiyotdagi holatni o‘rganib hamda
tarmoqlarning faoliyat yuritish darajasini tahlil qilish zarur holat hisoblanadi.
Mazkur bitiruv malakaviy ish kirish, uchta bob, xulosa va takliflar,
foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovalarni o‘z ichiga oladi. Bitiruv malakaviy
ishining birinchi bobi tijorat banklarida kredit portfelini boshqarishning iqtisodiy-
huquqiy asoslari, ikkinchi bobda bugungi kunda respublikamiz tijorat banklarida
kredit portfelining amaldagi holati tahlili yoritilgan, uchinchi bobda esa tijorat
banklarining kredit portfelini boshqarishni takomillashtirish hamda xorij tajribasini
respublikamiz tijorat banklari faoliyatida qo‘llash imkoniyatlari qaratilgan. Shu
asosda xulosa va takliflar qismida mavzu yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.