Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


I. TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELINI BOSHQARISH



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/33
tarix30.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#91468
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
I. TIJORAT BANKLARI KREDIT PORTFELINI BOSHQARISH 
VA UNING AHAMIYATI 
1.1. Tijorat banklari kredit portfelining mohiyati va uni boshqarishning 
ahamiyati 
Banklar faoliyatida kredit operatsiyalari asosiy o'rinni egallagani uchun 
ularning kredit portfelini to'g‘ri tashkil qilish banklarning samarali va barqaror 
faoliyat ko'rsatishi uchun imkoniyat yaratib beruvchi asosiy omillardan biri 
hisoblanadi. Kredit operatsiyalarini olib borishda yo‘l qo'yilgan kamchiliklar 
banklar daromadining kamayishiga, ba'zi hollarda ularning sinib ketishiga olib 
kelishi mumkin. Shu sababli, banklarning kredit portfeli va uning sifatini nazorat 
qilib borish tijorat banklarining samarali faoliyatining garovidir. Banklarning 
kredit portfeli, uning holati to'g‘risida biron fikr bildirishdan oldin, dastlab kredit 
portfelining iqtisodiy mohiyatini tushunib olishimiz lozim. Berilgan kreditlarning 
o'z vaqtida banklarga qaytarilishi kreditlash jarayonining qay darajada tashkil 
qilinishiga, kredit berish va qaytarilishining muddatlariga rioya qilinishiga
ssudalar, ayniqsa muddati o'tgan yoki uzaytirilgan kreditlar bo'yicha hisob-kitob 
operatsiyalarining to'g‘ri olib borilishiga, ssudalar bo'yicha zararlarni qoplash 
rezervi miqdoriga, banklararo kredit va markazlashtirilgan kreditlar bo'yicha 
operatsiyalarning qonuniyligiga va kreditlarni to'g‘ri turkumlash bo'yicha 
banklarda o'tkaziladigan analitik operatsiyalarning sifatliligi va boshqa omillarga 
bog‘liq bo'ladi. 
Tijorat banklari kredit portfeli mohiyatini tushunib yetishda turli xil qarashlar 
bo‘lib, ular banklarning kredit portfeli, uning iqtisodiy mohiyati, tarkibi, qiyosiy 
ta'rifi to'g‘risida barcha tomonidan ma'qullangan aniq bir fikrni ifoda qilmaydi. 
Turli mualliflar kredit portfelining mohiyatini turlicha talqin qilishadi. Masalan, 
amerikalik iqtisodchilar Kris J. Barlton, Diana Mak Noton kredit portfeli - bu 
kreditlarni turkumlashni o'z ichiga oladi, deb ta'riflashsa, boshqa bir guruh 


iqtisodchilar kredit portfelini bankning aktiv operatsiyalarining yig‘indisi sifatida 
ta'riflaydilar
2

K.J.Barlton va D.Mak Noton tomonidan berilgan ta'rif bank kredit 
portfelining faqat bir qisminigina ifodalaydi. Huddi shunga o'xshash ta'rif bir guruh 
rus iqtisodchilari tomonidan keltirilib, ular tijorat banklarining kredit portfeli, “bu - 
kreditlarni ma'lum belgilar bo'yicha turkumlashdir” degan fikrni oldinga suradilar. 
L.I.,Panova, G.S,Lavrushin va boshqa bir guruh iqtisodchilarning fikricha 
“Tijorat banklarining kredit portfeli - bu kreditlarning sifat va tarkibi bo'yicha 
turkumlanishidir”
3

Kredit portfelining sifat bo'yicha tavsifi kreditlarning qaytarilishi va kredit 
riskining qisqartirilishini bank tomonidan ta'minlanishini baxolashda qo'llaniladi. 
Kreditlarning belgilangan muddatda qaytarilishi quyidagi qator sabablarga 
bog‘liq: 

alohida olingan banklarda kredit berish jarayonining tashkil qilinish 
darajasi; 

ssudalar berilishi va qaytarilishi tartibiga amal qilinish darajasi; 

ssudalar va ayniqsa, muddati uzaytirilgan va muddati o'tgan ssudalarni 
hisobga olish jarayonining to'g‘ri aks ettirilishi; 

ssudalarning to'g‘ri tasniflanishi; 

ssudalar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarga ajratilgan zahiralar miqdori 
va boshqalar. 
Kredit portfelining mohiyatini ochib berishda quyidagi omillarni inobatga 
olish zarur. Bular: 

kreditlar bo'yicha risklilik darajasi o‘rganib chiqish; 

kredit berish ob'ektlarini monitoring qilish; 

kreditdan foydalanish muddati; 

kreditning hajmi va ta'minlanganligi; 

mijozning moliyaviy xolati tahlil qilish, mulk shakli va boshqalar. 
2
Крис Дж. Барлтрон, Диана Мак Нотон“Банки на развиваюшихся ринках”. М, 1997. 45-62с 
3
Денъги, кредит, банки / [Г.С. Панова и др.] ; под ред. О.И. Лаврушина. - 9-е изд.,
исправл. и доп. - М.: КНОРУС, 2011, 54-с. 


Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda shuni aytishimiz mumkinki
banklarning kredit portfeli - bu turli xil kredit risklarga asoslangan muayyan 
me'zonlarga qarab turkumlangan kreditlar miqyosidagi bank talablarining 
yig‘indisidir. 
Bank kredit portfelini tahlil etishning asosiy bosqichlari quyidagi jadvalda 
ko'rsatib o'tilgan. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin