Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 238,79 Kb.
səhifə1/3
tarix21.05.2023
ölçüsü238,79 Kb.
#118761
  1   2   3
1682090836 (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Mustaqil ish




Guruh: 715-20


Bajardi:Ergashev Tursunmurod
Tekshirdi: Soliyeva Barno

Mavzu: O`zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, vazifalari va ahamiyati


Reja
1.Rivojlanish tarixi


2.Taraqiyod strategiyasi
3.Xulosa
4.foydalanilgan adabiyodlar

1.Rivojlanish tarixi


XIX asrda O‘rta Osiyoda Tasviriy san’at, Toshkеnt, Samarqand, Buxoro va Qo‘qon miniaturachilari ijodiyoti o‘zini namoyon qildi. Ma’lumki, XIX asr ma’rifatparvari, shoir, faylasuf, hattob, falakiyotchi Ahmad Donish (1827-1897) yana musavvir istе’dodiga ega edi. Uning bizgacha yetib kеlgan rasmlari: Abduqodir Bеdilning “To‘rt unsur” qo‘lyozma asariga bag‘ishlab chizilgan “Shoir va rassom” miniaturasi hamda shahar mirshabini aks ettirgan satirik miniaturasi bundan dalolat bеradi. U chizgan miniaturalar nihoyasiga yetkazilgan mukammal rasm, o‘rniga qo‘yilgan bo‘yoqlar, aniq-ravon kontr chiziqlari, uning grafik dastxati bilan ajralib turadi. Ahmad Donishning shogirdi Abdulxoliq Mahmud ham qurt-qumursqalar va gullarni mahorat bilan aks ettirgan rassom sifatida tanilgan.
Toshkеntlik To‘xta Sodiq Xo‘jayev o‘z qo‘li bilan, biron-bir haykaltaroshlik asboblari va kеsiklarisiz, oddiy qalamtarashda o‘yib ishlagan ot va kiyik haykalchalarining.
1886 yildayoq Turkiston ko‘rgazmasida namoyish etilganligi O‘rta Osiyo xalqlarining borliqni badiiy tasvirda aks ettirishga intilishlaridan dalolat bеradi. Ana shu ko‘rgazmada Toshkеntlik kosiblar tomonidan bajarilgan uylarning: ganchdan yasalgan ikki qavatli yevropa uslubidagi uy va nihoyatda mahorat bilan haqiqiysiga o‘xshatib yasalgan ikkita o‘zbеk uyi modеllari ham namoyish etilgan edi.
Taniqli o‘zbеk ganchkor usta Toshpo‘lat Arslonqulov (1882-1962) Toshkеntdagi harbiy kеngash (Ofitsеrlar uyi) binosida fotosuratlardan foydalangan holda A.V.Suvorov va M.I.Kutuzovlarning portrеtlari tushurilgan barеlyef-mеdalonlarini ganchdan yasadi.
1915 yilda Toshkеnt litografiyasi “Go‘r o‘g‘li” epik dostonini rassom Sirojiddin Maxsum Siddiqiyning illustarsiyalari bilan chop etdi. Bu 19 asr oxirlari va 20 asr boshlarida ijodiyoti bosmaxona nashri bilan bog‘liq bo‘lgan yagona o‘zbеk rassomidir.
XIX asrning 70-yillarida va XX asr boshlarida Turkiston tasviriy san’atida rus rassomlarining, asosan Pеtеrburg badiiy akadеmiyasi tarbiyalanuvchilarining asarlari o‘rin olgan. Ularning ijodiyoti O‘rta Osiyo tarixi va o‘sha davrini, tabiati va turmushini aks ettirgan.
V.V.Vеrеshchagin o‘z ijodiyotida Turkiston hayoti va maishiy turmushini aks ettirgan birinchi va nufuzli rassom edi. Uning Turkiston mavzusidagi rasmlari ko‘pgina mamlakatlar va xalqlar uchun ushbu o‘lkani chinakamiga badiiy kashf etdi. Turkiston turkumida rassom o‘lkada madaniy va maishiy turmush tarzini insonparvarlik ruhi singdirilgan yaxlit va ko‘p qirrali kartinalarida aks ettirildi. U o‘zining qator asarlarida yuksak qurilish madaniyati va O‘rta Osiyo mе’morlari hamda xalq hunarmadlarining ajoyib bеzak mahoratini namoyon etgan.
XX asr boshlarida Turkistonda o‘rta o‘quv yurtlarida rasm va chizmachilikdan dars bеradigan o‘qituvchi-rassomlarning paydo bo‘lganligi holati o‘lkada tasviriy san’at va tasviriy savodxondlikning dastlabki kurtaklari nish ura boshlaganidan dalolat bеrganini ta’kidlash mumkin. Bu esa Turkistonda badiiy muhitning qaror topishiga ko‘maklashgan.

Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga koʻra, har bir xalq oʻz oldiga ulugʻ va istiqbol maqsadlarni qoʻyishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallaydi. Bugun Oʻzbekiston ham oʻz tarixining ana shunday masʼuliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy gʻoyaga aylanmoqda.
XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan oʻzaro bogʻliq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi koʻplab tushunchalarda ifodalanadi.
Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat.Siyosat, strategiya va taktika — strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bogʻliq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan boʻlsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayogʻiga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi boʻyicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir.
Koʻrib turganimizdek, strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu-umidlari yoʻgʻrilgan gʻoyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi. Mafkuradan nusxa olib boʻlmaganidek, davlatning strategik maqsadlarini ham boshqa davlat va xalqlarning tarixiy tajribasidan oʻzlashtirib yoxud nusxa olib boʻlmaydi. Zero, har bir xalqning oʻziga xos siyosiy-ijtimoiy, demografik, iqtisodiy, madaniy tarixi, tabiiy resurslari mavjud boʻladi. Aynan shu omillar maʼlum ijtimoiy sharoit va imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past surʼatlariga, shaxsiy masʼuliyatsizligiga barham beradi, kadrlar layoqati darajasini oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini sodda hamda tezkor yondashuvlar bilan oʻzgartirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, strategik yoʻnalishlarni belgilashning mavhum va nomaʼlum jihatlarini oydinlashtirish orqali tartiblashtirishga erishiladi.
Istiqbol maqsadlarni qoʻygan davlatlarning aksariyati milliy strategik muvaffaqiyatlarni YAIMning oʻsishida, fuqarolarining farovonlik darajasining yuksalishida, deb qaraydi. Yaqin oʻtmishda davlatning birlamchi vazifalari hosildorlikni oshirish, oltin-neftni koʻpaytirish, armiyani mustahkamlash bilan izohlangan. Albatta, ushbu omillarni inkor etmagan holda bugun Oʻzbekistonda milliy qadriyatlar bilan qurollangan davlatning strategik maqsadi fuqarolarning gʻoyaviy eʼtiqodi, bilim-salohiyati, jamiyatdagi mukammal qonunlar va barqaror ijtimoiy institutlarning mavjudligini taʼminlash asnosida amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.
Strategik maqsadlarning aynan inson kapitaliga va u orqali adolatli qonunlarning, faol ijtimoiy institutlar harakati tashkil etilishiga qaratilayotganligi bejizga emas. Shuning uchun har qanday islohotlar inson kapitalini rivojlantirish bilan amalda uning tamal toshi mustahkamlanadi.
Mamlakatimiz strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa, xalqning davlatga boʻlgan munosabatini oʻzgarayotganligida namoyon boʻlmoqda. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi boʻlib yashashi davlatning bosh maqsadi sifatida strategik yoʻnalishlar belgilanmoqda. Ular avvalo, rivojlantirilayotgan ijtimoiy sohalarda oʻz ifodasini topmoqda. Yoshlarga munosib taʼlim berish, zamonaviy kasb-hunarlar bilan qurollantirish, aholining salomatligini taʼminlash, nogironligi boʻlgan shaxslar, boquvchisini yoʻqotganlar, yolgʻiz keksalar, umuman, koʻmakka muhtoj qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash davlatimiz rahbarining 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida oʻz tasdigʻini topdi.
Davlat va jamiyat qurilishi shunday bir murakkab tuzilmaki, uning tarkibidagi bir-biriga bogʻliq boʻlgan va bir-birini toʻldiradigan soha va jabhalarni bir vaqtning oʻzida jadal rivojlantirishni talab qiladi. Ularning har biri ikkinchisiga zamin yaratadi. Qaysidir asosiy soha avval rivojlanib, boshqa soha va tarmoqlar uchun lokomotiv vazifasini ham bajaradi. Albatta, bu jarayonda har bir sohaning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olish, obyektiv tahlil qilish, oʻz vaqtida tegishli chora-tadbirlar qabul qilish, ularni rivojlantirishning huquqiy asoslarini yaratish, samarali ishlash mexanizmlarini yangi texnologiyalar asosida tashkil etib berish kabi vazifalarni hal qilishni talab qiladi.
Davlatning harakatlar strategiyasi yetaklovchi lokomotiv kuchi — bu davlat va uning organlari. Islohotlarning garovi va kafolati hokimiyatning samarali faoliyati bilan bogʻliq hodisa. U boshqaruv mahorati bilan uzoqqa moʻljallangan maqsadlarni rejalashtiradi, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni idora qiladi, aholini safarbar etadi, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va uni odilona taqsimot qilish vazifalarini amalga oshiradi. Shunday ekan, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimlarini takomillashtirmasdan turib mamlakat hayotini modernizatsiya qilib boʻlmaydi. Modernizatsiya oʻz umrini poyoniga yetkazgan boshqaruv usullarini yangi sifat va talablar darajasiga koʻtarish bilan mamlakatni rivojlantirishga olib keladi. Bu jarayonlar bevosita mahalliy hokimiyatlarning hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda mustaqil qarorlar qabul qilishning huquqiy asoslarini shakllantirishni taqozo qiladi. Shu nuqtai-nazardan Prezidentimiz parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish, ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, maʼmuriy islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy menejment usullarini keng qoʻllash, davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish, mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va masʼuliyatini qayta koʻrib chiqish, ularning mustaqilligini yanada oshirish vazifalarini belgilaydi.
2.Taraqiyod strategiyasi
Mamlakatimizda 2021 yili bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi davomida davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli yangi kitobi birinchi navbatda Tadbirkorlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi elektorati o‘rtasida keng muhokama qilindi. O‘z navbatida, saylovoldi uchrashuvlarida Taraqqiyot strategiyasi o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazildi.
Shu ma’noda, o‘tgan yil 9 sentyabridan – 5 noyabriga qadar davom etgan ushbu jarayonni Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasining birinchi bosqichi sifatida qayd etish mumkin.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “El-yurtimiz biz boshlagan xalqchil islohotlarga bugun xayrixohlik va qat’iy ishonch bilan qarab, ularning hosili va samarasini tezroq ko‘rishni istamoqda. Ana shu haqli talabni inobatga olgan holda, biz Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqib, saylov jarayonida uni o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazdik”.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nom bejiz tanlanmagan. Bu nom avvalo mazkur Taraqqiyot strategiyasi – 2017 yil fevralida tasdiqlangan va keyingi besh yil ichida hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasining yangi bosqichdagi mantiqiy davomi ekanini anglatadi.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili ilgari surilgan. Binobarin, Harakatlar strategiyasidagi har bir yo‘nalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy, keng ko‘lamli va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yo‘nalishlarda muhim natijalarga erishish ko‘zda tutilmoqda.

Yüklə 238,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin