300 dan ortiq qonun va kodeks, Prezidentimizning 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu tariqa Harakatlar strategiyasi yakuniga kelib, Yangi O‘zbekiston poydevorining huquqiy asoslari yaratildi. Kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida bir qator konsepsiya va dasturlar, 13 ta kodeks, 12 ta qonun, ya’ni har bir ustuvor yo‘nalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Binobarin, yangi hujjat – “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” endi Yangi O‘zbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va yilma-yil amalga oshirib boriladi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni takidlaymanki
Shuningdek, davlat organlari mas’ul xodimlari, soha mutaxassislari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, turli soha vakillari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi.
Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, fuqarolik jamiyati faollari alohida namuna ko‘rsatdi. Muhokama jarayonlariga xorijdagi vatandoshlarimiz ham keng jalb etildi.
Bundan tashqari, Taraqqiyot strategiyasiga xalqaro darajada va xorijiy ekspertlar tomonidan faol hamda yuksak baholar berildiki, bu haqda alohida to‘xtalamiz.
Qolaversa, internet, televidenie, radio va matbuot nashrlarining imkoniyatidan unumli foydalangan holda, muntazam ravishda jamoatchilik muhokamalari o‘tkazib borildi.
Shu qamrovdor jarayonlarda bildirilgan barcha taklif va fikr-mulohazalar tegishli soha mutaxassislari tomonidan diqqat bilan o‘rganib chiqildi. Natijada minglab takliflar Taraqqiyot strategiyasini tegishli ravishda boyitishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat qildi.