Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot t exnalogiyalari universiteti



Yüklə 108,01 Kb.
səhifə4/4
tarix02.06.2023
ölçüsü108,01 Kb.
#122929
1   2   3   4
Makroiqtisodiyotga kirish. 2-topshiriq

Qisqacha xulosalar


«Makroiqtisodiyot» fani umumiy iqtisodiy nazariyaning ikki muhim
bo‘limidan biri bo‘lib, iqtisodiyotni bir butun holda o‘rganadi va ishsizlik,
inflyasiya, iqtisodiy o‘sish, to‘lov balansi barqarorligi, davlat byudjeti, davlat qarzi kabi hozirgi zamon iqtisodining barcha muhim muammolarini tadqiq qiladi. Iqtisodchi olimlar tomonidan makroiqtisodiy tahlil elementlari XVIII asrdanoq qo‘llanila boshlagan bo‘lsada makroiqtisodiyot fani XX asrning o‘rtalariga kelib mustaqil fan sifatida shakllanib bo‘ldi va uning asoschisi deb J.M. Keyns tan olinadi.
Makroiqtisodiy tahlilning o‘ziga xos xususiyati unda agregat ko‘rsatkichlardan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub'ektlarini tashkil etadi. Makroiqtisodiy tahlilda matematik formula, grafik va chizmalar
ko‘rinishidagi makroiqtisodiy modellardan foydalaniladi. Iqtisodiyotdagi barcha muammolarni o‘rganish imkonini beradigan yagona model mavjud emas. Shuning uchun ham makroiqtisodiy tadqiqotlarda o‘zaro bir birini to‘ldiradigan ko‘pgina modellardan foydalaniladi.Davlatning iqtisodiy tizimning barqarorligini va iqtisodiy o‘sishni ta'minlash borasidagi hatti-harakatlari iqtisodiy siyosat deb ataladi.“Resurslar - tovarlar va daromadlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning doiraviy oqimi sxemasi soddalashtirilgan makroiqtisodiy model bo‘lib makroiqtisodiyot sub'ektlarining o‘zaro munosabatlarini va makroiqtisodiy jarayonlarning kechishini shartli tarzda aks ettiradi.
Yüklə 108,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin