Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot t exnalogiyalari universiteti


Makroiqtisodiy tahlil va uning vazifalari



Yüklə 108,01 Kb.
səhifə3/4
tarix02.06.2023
ölçüsü108,01 Kb.
#122929
1   2   3   4
Makroiqtisodiyotga kirish. 2-topshiriq

2 Makroiqtisodiy tahlil va uning vazifalari
Makroiqtisodiyot tushunchasi ikki ma’noda tushuniladi:
1. Ta’limot. Milliy ishlab chiqarishning yangi darajasi, ishsizlik va inflyatsiya haqida ta’limot. Iqtisodiy tizimning bir butun yaxlit holdagi xususiyatlari, milliy iqtisodiyotning rivojlanish omillari va natijalarini o‘rganadi.
2. Tahlil etish sohasi. Makroiqtisodiy tahlilda jamiyat miqyosida yuz beradigan iqtisodiy jarayonlarning kechishi tahlil etiladi. Bunda iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlarini, xo‘jalik yurituvchi turli subyektlarning faoliyat ko‘rsatishi, ishsizlik, inflyatsiya, pul – kredit va moliya tizimlari, iqtisodiy o‘sish muammolarnii yaxlit holda o‘rganadi.
Milliy iqtisodiyotning pirovard maqsadi mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o‘sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirishdan iborat. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy maqsadga erishish borasida o‘z oldiga qo‘ygan vaziafalar naqadar samarali bajaralayotganligi makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – tegishli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berish, milliy iqtisodiyotda yuz berayotgan o‘zgarishlarni tushuntirish va uning faoliyatini yaxshilash uchun iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishga yordam berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1) avvolo makroiqtisodiy tahlilni amalga oshirish uchun tegishli uslubiy yondashuvlarning ishlab chiqilganligi shu jumladan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun statistik ma’lumotlarning mavjudligi;
2) milliy iqtisodiyotni tahlil qilishga tarixiy jihatdan va har taraflama keng yondashuv;
3) iqtisodiy tizim salohiyatini makroiqtisodiy tahlil natijalariga asoslanib obyektiv baholamasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lishini anglash;
4) makroiqtisodiy tahlil natijasida to‘plangan tajribadan boshqa mamlakatlar amaliyotida foydalanish imkoniyatlariga obyektiv baho berilganidan so‘ng undan ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;
5) ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi mamlakat aholisining bandligini ta’minlash va daromadlar oshishining manbai ekanligini tushunish.
Makroiqtisodiy tahlilning asosiy o‘ziga xos usuli – bu makroiqtisodiy agregirlash, ya’ni hodisalar va jarayonlarni yaxlit holatga keltirish, birlashtirish tushuniladi. Agregirlangan kataliklar bozorning holatini va uning o‘zgarishini tavsiflaydi (YaMM, YaIM, narxlarning umumiy darajasi, inflyatsiya va ishsizlik darajalari va boshqalar).
Makroiqtisodiy agregirlash xo‘jalik subyektlariga (uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat, xorijiy davlatlar) va bozorlarga (tovarlar va xizmatlar, qimmatli qog‘ozlar, pullar, ishchi kuchlari, real kapital, xalqaro valyuta) nisbatan qo‘llaniladi.
Makroiqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan keng foydalaniladi - turli xil iqtisodiy hodisalar va jarayonlar ular orasidagi funksional munosabatlarni aniqlash uchun rasmiylashtirilgan tavsiflar (mantiqiy, grafik, algebraik). Makroiqtisodiy modellar tizimning asosiy elementlari va ularning aloqalariga e’tibor qaratish uchun ikkinchi darajali elementlardan qochishga imkon beradi. Iqtisodiy voqelikning mavhum ifodasi sifatida paydo bo‘lgan makroiqtisodiy modellar umumiy bo‘la olmaydi, shuning uchun, makroiqtisodiyotda turli xil mezonlarga ko‘ra tasniflanishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p turli xil modellar mavjud.
 Makroiqtisodiy tahlil bizga butun jamiyat darajasida hal qilinishi mumkin bo‘lgan bir qator muammolarni aniqlashga imkon beradi:

  • barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish ;

  • iqtisodiy sikllarni tahlil etish;

  • inflyatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlik;

  • iqtisodiyotning real va pul sektorlarini o‘zaro harakati;

  • mamlakat savdo balansining tahlili.

  • mamlakat ichida milliy bozorlar bilan iqtisodiyotning tashqi sektori o‘rtasida o‘zaro aloqalar;

  • davlatning samarali makroiqtisodiy siyosatni olib borishiga erishish.

Makroiqtisodiy tahlil iqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida olib boriladi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida ma’lum vaqt oralig‘ida milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga baho beriladi, rivojlanish tendensiyalari undagi ijobiy va salbiy, ya’ni muammoli holatlarni aniqlaydi, undan so‘ng mavjud muammolarning yechimini topish maqsadida tadbirlar ishlab chiqiladi. Boshqacha aytganda, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshirilgan makroiqtisodiy tahlil natijalariga asoslanib, davlatning ijtimoiy - iqtisodiy siyosati ishlab chiqiladi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi. Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.


3.“Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli.Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya'ni davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firmalar va uy xo‘jaliklari o‘rtasida amalga oshiriladi Uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so‘ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar -tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo‘nalishda “daromadlar –xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya'ni, uy xo‘jaliklari o‘zlari yetkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste'mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilarSof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar - mahsulotlar” va “daromadlar – xarajatlar” ning doiraviy aylanishi modeli.Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi jami talabni ko‘rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo‘lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro teng bo‘lishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo‘jaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo‘lishi shaklida namoyon bo‘ladi.Bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflyasiya va ishsizlik darajalarining ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ladi. Davlat aralauvi mavjud bo‘lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko‘rinish OladiBunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlarxarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat aralashuvi bilan ta'minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi. Davlat korxonalar va uy xo‘jaliklarini soliqqa tortish bilan birga korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert to‘lash orqali ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta'sir etadi. Ayni paytda davlat resurslar bozoridan hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi. Davlat o‘z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va uy xo‘jaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdolari to‘g‘risidagi qarorlari o‘zaro mos kelmagan hollarda ro‘y beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. Endi unda to‘rtinchi makroiqtisodiy sub'ekt- tashqi dunyo ham paydo bo‘ladi. Chet el investisiyalarinig kiritilishi va xorijga investisiya qilish, eksport va import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg‘armalarning investisiyalarga oqib o‘tishi va moliyaviy mablag‘larning qayta taqsimlanishini e'tiborga olsak ko‘rib o‘tilgan model mukammal emasligiga iqror bo‘lamiz. Ammo shu ko‘rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan xulosa shuki,davlat, firmalar, uy xo‘jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari(ya'ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya'ni pul oqimlari) o‘zaro teng bo‘lishining asosiy shartidir Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o‘sishiga olib keladi . Bu esa o‘z navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo‘ladi. Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat bog‘lanishlari o‘rin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish ko‘rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar to‘xtovsiz o‘sib borishi shart. Bu vazifa byudjet-soliq siyosati vositalari bo‘lgan soliqlarni hamda davlat xarajatlarini o‘zgartirish hamda pul-kredit siyosati vositalari yordamida mul massasini o‘zgartirish orqali bajariladi.



Yüklə 108,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin