164
IKKINCHI BO’LIM:ONTOLOGIYA - BORLIQ FALSAFASI
IV-BOB: BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL
KATEGORIYASI
4.1.Borliq tushunchasi va uning turlari.
Borliq muammosi barcha falsafiy ta’limotlarda asosiy o’rin egallab kelgan.
Bu bejiz emas, albatta. Kishilar azaldan voqelikni falsafiy nuqtai nazardan
tushunishga intilib kelganlar. Borliq tushunchasi voqelikni falsafiy anglash uchun
ishlatiladigan asosiy tushunchadir.
Ilmiy falsafa nuqtai nazaridan borliq tushunchasi sermazmun, ko’p qirrali
bo’lib, voqelikdagi barcha narsa va hodisalar, jarayonlarni ifodalash, aks ettirish
uchun ishlatiladi. Borliq tushunchasi yordamida kishilar o’z ongida dunyoning
mavjudligi, uning cheksizligi, abadiyligi, yaxlit va bir butunligi haqida umumiy
tasavvurga ega bo’ladilar.
Borliqning asosiy shakllarini moddiy predmetlar, jarayonlar borlig’i, inson
borlig’i, ijtimoiy borliq, ma’naviy borliq tashkil etadi.
Moddiy predmetlar borlig’i turkumiga tabiatdagi barcha narsalar, eng mayda
zarrachalardan tortib yer, Quyosh, koinotgacha kiradi. Shuningdek, moddiy
borliqga kishilar tomonidan yaratilgan «ikkinchi tabiat», ya’ni har xil moddiy
ne’matlar (zavod, fabrika, binolar, turli mashina, mexanizmlar, asbob-uskunalar
va h.k.) ham kiradi.
Diniy ta’limotlarda olamning asosi, uning mohiyati ilohiy kuch, ruh bilan
bog’lab qo’yiladi. Ilk borliq bu olamdagi barcha narsa va hodisalarni yaratuvchi
Xudodir. Ilk borliq, ya’ni birinchi mavjud — Tangri Olloh barcha mavjudot
Dostları ilə paylaş: