154 e'tiqod va bilim o'rtasida to'la garmoniya mavjud, xudo tomonidan berilgan ikki
haqiqat manbai sifatida ular bir-birini inkor etmaydi, balki bir-birini to'ldiradi.
Neotomistlar bilim bo'lmagan joydagina e'tiqod kerak, deb tan oladi, ularni ko'r-
ko'rona irratsional e'tiqod qoniqtirmaydi. Ular e'tiqod oqilona bo'lishi va mantiqiy
asosga suyanishi kerak, degan qat'iy fikrda turadilar. Haqiqiy e'tiqodning manbai
ular fikriga ko'ra, muqaddas kitobga o'xshagan ilohiy qudratdir. Uning mazmuni
g'ayritabiiy va teologiya sohasiga to'la taalluqli bo'ladi. Inson «muqaddas
kitoblar»da yozilgan narsalarga ishonishi uchun u xudoning borligiga shak
keltirmagan va unga e'tiqod qo'ygan bo'lishi kerak. Xudoning mavjudligini
isbotlash - bu falsafaning ishi va buni u sof mantiqiy vositalar bilan yetkazishi
lozim.
Hozirgi zamon tomistlari Foma Akvinskiy tomonidan kiritilgan xudo
borligining barcha “dalillari”ni qabul qiladilar, shu bilan birga, dunyo xudo
ishtirok etishining yangi “guvohlarini” izlaydi, buning uchun u yoki bu
muammolarni yechishda fan oldida turgan qiyinchiliklardan foydalanadilar. Xudo
mavjudligi va dunyoning yaratilishini asoslash uchun «koinotning issiqlikda halok
bo'lish nazariyasi», koinotning «benihoyaligi» haqidagi gipoteza, hayot va
psixikani tushuntirishning murakkabligi va hokazolar qo'llaniladi.
Neotomistlar ta'limotiga moddiylik va ma'naviylik dualizmi xarakterlidir,
ammo bu o'rinda har doim moddiylik ma'naviylikka bo'ysungan bo'lishi kerak.
Neotomistlarning asosiy usuli shundan iboratki, yagona ob'ektiv moddiy
dunyoning turli xil qarama-qarshi tomonlari xilma-xil dunyoga taalluqli bo'ladi va
pirovardida ular xudoning aralashishi bilan tushuntiriladi. Ular abadiylik va
benohoyalilikni xudoga, nihoyalik va vaqtinchalikni esa dunyoga bog'laydilar.
Neotomistlar dunyoni o'zgaruvchanlikda va nisbiy doimiylikda, harakat va
strukturada ko'radilar. Birok, shu bilan birga, bu qarama-qarshiliklar yagona
moddiy dunyoda qanday munosabatda bo'lishligini tahlil qilishda harakatni,
narsalarning moddiyligini o'tkinchi nihoyali narsalarga, sukunat, turg'unlikni esa
xudoga tirkab qo'yadilar. Bu bilan neotomistlar harakatni o'zidan kelib chiqqan