T. Gobbsning ijtimoiy va falsafiy qarashlari



Yüklə 1,21 Mb.
tarix07.07.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#136096
T.Gobbsning ijtimoiy va falsafiy qarashlari

T.GOBBSNING IJTIMOIY VA FALSAFIY QARASHLARI

REJA:

  • 1. Tomas Gobbsning hayoti va ijodi.
  • 2. Tomas Gobbs bilishning uslublari haqida.
  • 3. Tomas Gobbsning ijtimoiy-siyosiy qarashlari.
  • Gobbsning xizmati shunda bo‘ladiki, unga qadar davlat ollohning yerk-xohishi deb tushuntirilgan va ilohiylashtirilgan edi. Gobbs esa, bunday qarashga barham beradi va davlat inson manfaatlari va ehtiyojlari bilan bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. Chunki davlatning odamlaro‘rtasidagi “ijtimoiy kelishuv” natijasida vujudga kelganligi haqidagi Tomas Gobbsning ta’limoti va uning o‘sha davrdagi boshqa faylasuflar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida G‘arbiy Yevropada falsafani ilmiy dunyoqarash darajasiga o‘tish davri boshlandi. Gobbsning ta’limoticha, fikr yurituvchi narsa ruhga, aqlga nisbatan subyekt bo‘lsa ham, qandaydir moddiy narsani tashkil qiladi. Bekondan farq qilib, Gobbs mexanist-faylasuf edi. U Bekon ta’limotidagi ko‘p sifatli va ko‘p rangli dunyo haqidagi tasavvurni inkor qiladi va hamma narsani mexanika va matematikaga bog‘lab tushuntiradi. Bunday holat Gobbs falsafasini o‘ziga xos asketizmga aylantiradi. Hatto Gobbsning o‘zi ham tan oladiki, uning falsafasi quruq va asketikdir. Uning fikricha, «haqiqiy falsafa yoki aniq falsafa faqat oq va qizil ranglarni emas, balki umuman har qanday bo‘yoqni inkor qiladi. Har qanday fanning birinchi asoslari haqiqatdan ham o‘zidan ziyo taratishi bilan inson ko‘zini qamashtirmaydi, balki ko‘pincha ular quruq va obrazsiz bo‘ladi». Gobbs izchil va isbot-dalil keltiruvchi mantiqiy fikrlashning eng yorqin timsoli deb Evklid geometriyasini tushunadi. Tabiatshunoslikning ideali deb, Galileyning mexanikasini tan oladi. Gobbs hodisalarni miqdoriy, mexanik talqin qilish yo‘lidan boradi. Shu bilan u tabiiy-ilmiy metodning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi va falsafadan ma’nosiz mistik «mohiyatlar»ni siqib chiqarib tashlashga harakat qiladi.
  • XVII asrning boshqa faylasuflari kabi Gobbs falsafa amaliy ehtiyojlarga, hayot farovonligi darajasining oshishiga xizmat qilishi kerak, deb hisoblaydi. Lekin bu tasavvur Gobbsda sodda holda namoyon bo‘ladi. «Lekin hammasi ravshanki, - deydi Gobbs, - biz falsafaning, ayiiqsa, tabiat falsafasi va geometriyaning foydasi naqadar salohiyatli ekanligini, uning insoniyat farovonligiga qanday ta’sir qilishini tasavvur qilsak va undan foydalanayotgan xalqlar hayotining obrazini, undan mahrum bo‘lgan xalqlar hayot obrazi bilan solishtirsakkina yaxshi tushunamiz. Axir birinchisi ikkichisiga nisbatan qobiliyatliroqmi? Axir har bir odam ham bir xil ma’naviy tabiatga va bir xil ma’naviy qobiliyatga ega emasmi? Bir guruh xalqlar boshqa guruh xalqlar ega bo‘lmagan qaysi narsaga ega bo‘lishi mumkin? Axir faqat falsafaga-ku! Shunday qilib, falsafa ushbu hamma foydalarniig sababchisidir». Falsafa Gobbs ta’limoticha, jismlar (tanalar) haqidagi fandir .
  • Falsafani Gobbs ikki turga ajratadi. «Tabiiy» falsafa va «fuqaro» falsafasi. Tabiiy falsafa tabiiy jismlar, fuqaro falsafasi esa sun’iy jismlar yoki inson jamiyati bilan shug‘ullanadi. Inson o‘z tabiati jihatidan ikki turlidir. U shunday tabiiy jismki, u sun’iy jismni Yaratadi, ya’ni jamiyatni yuzaga keltiradi va o‘zi ham unda ishtirok etadi. Gobbs falsafasining eng ahamiyatli va ajralmas qismlaridan biri - uning determinizmidir. «Falsafa voqea va hodisalarni bizga ma’lum bo‘lgan sabablar yoki ularni keltirib chiqaruvchi asoslar orqali ratsional bilishdir. Yoki aksincha, bizga ma’lum bo‘lgan narsalardan ularni keltirib chikdruvchi asoslarni ratsional bilishdir».
  • Gobbs obyektiv dunyoni ayrim moddiy jismlarning yig‘indisi deb bilgan. Ularning zaruriy xususiyatlari esa geometrik belgilarda ifodalangan ko‘lam va figuradir. Gobbsning fikricha, jismlarning yumshoq va qattiqlik kabi xususiyati ham sof miqdoriy belgilar bilan belgilanadi, Gobbsning fikricha, substansiyaniig belgisi shuki, u ma’lum ko‘lam va figuraga ega. Gobbs ta’kidlaydiki, hamma (fanlarning predmeti ham harakatdir. Harakat materiyaning ichki mohiyatiga xos narsa emas. Harakat va sukunat bir xildir. Harakat deganda, Gobbs jismlarning makonda o‘rin almashinishi tushunadi. Materiya abadiydir. Masalan, Gobbs shunday deb yozadi: «Uzil-kesil hal qilinganki, materiyani Yaratish ham, yo‘q qilish ham mumkin emas, ko‘paytirish ham, bizning xohishimiz bilan uni joyidan qo‘zg‘atish ham mumkin emas»! Makon deganda ikki xil makon tushuniladi. Ya’ni jismlarning obyektiv ko‘lami bo‘lgan makon va makonning «subektiv obrazi». Shu bilan birga obyektiv ko‘lam subyektiv obrazning sababidir, deydi Gobbs. Zamon deganda ham ikki xil zamonni, ya’ni harakatni aks ettiruvchi obektiv zamonni va unga bog‘liq bo‘lgan «zamon obrazi»ni nazarda tutadi, olim. Gobbs ta’limoticha, odam moddiy narsadir, mustaqil ruhiy substansiya mavjud emas, chunki u ko‘lamga ham, figuraga ham ega emas. Jon masalasida Gobbs fikrlovchi substansiyaning moddiyligi haqidagi faraz haqiqatga yaqin keladi, deydi. Ruhiy narsani u qandaydir nozik jismiy harakat deb tushungan.
  • Gobbs mexanik bo‘lganligi uchun organik dunyoning spetsifik xususiyatlarini tushunib etmadi. Masalan, odam tanasining a’zolari haqida gapirib, shunday deb yozadi: «YUrak prujinadan boshqa nima narsa bo‘lishi mumkin? Nyervlar nima? Axir ular tomirlarga o‘xshash iplar emasmi? Butun tanani harakatga keltiruvchi g‘ildiraklar emasmi” . Harakat tushunchasi Gobbs uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Harakat boshqa hamma narsalarning izohi sifatida qatnashadi va miqdoriy tushuniladi, Harakatlanuvchi narsalar bu o‘zaro to‘qnashuvlar natijasida o‘zining makondagi o‘rnini o‘zgartiruvchi moddiy zarralardir. Bu tushunish imkoniyatlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda harakatlantiruvchi va yakuniy sabablar nuqtai nazaridan qaraluvchi o‘zgarishni asosiy deb hisoblagan Aristotelning qarashiga mutlaqo ziddir. Gobbs hamma o‘zgarishlarni jismoniy harakat bilan tushuntiradi va faqat bitta harakatlantiruvchi sababni joriy qiladi. Aytish mumkinki, Aristotel jismoniy harakatni o‘zgarishning sifat konsepsiyasi yordamida tushuntirishga urinadi, Gobbs esa sifat o‘zgarishlarini miqdoriy harakat konsepsiyasi yordamida tushuntirishga intiladi. Olmaning ko‘kdan qizilga aylanishini Aristotel olmaning pishish jarayonida uning qizil bo‘lish imkoniyati aktuallashuvchi o‘zgarish sifatida tushuntiradi. Ko‘k olma qizil olmaning moddiy “sababi” hisoblanadi. Olmaning pishishi harakatlantiruvchi sababdan tashqari maqsad (maqsadli sabab)ni hamda shaklning o‘zgarishi (shakliy “sabab”)ni nazarda tutadi. Gobbs bo‘yicha bunday pishishni moddiy zarralarning harakatlanishi sifatida tushuntirish mumkin.
  • Adabiyotlar ro‘yxati:
  • Pо‘latova D., Ruzmatova G. G‘arb falsafasi. О‘quv qо‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. – 525 b.
  • 2. Karimov R., Toshov X. Falsafa tarixi: O’rta asr G’arb falsafasi. O’quv qo’llanma. – Toshkent: Universitet, 2017.
  • 3. Рузмaтовa Г. Фaлсaфa тaрихи: Ғaрб мaмлaкaтлaри Уйғониш вa Янги дaвр фaлсaфий тaфaккури хусусиятлaри. – Тошкент: Янги нaшр, 2015. – 404 б.
  • 4. Copleston F. History of philosophy. Vol.1-9. - New York-London-Toronto-SydneyAuckland, 2003.
  • 5. Kenny A. A New History of Western Philosophy. Vol.1-4. - United States by Oxford University Press Inc., New York, 2006.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin